O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi andijon qishloq xo’jalik instituti



Yüklə 301,62 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/14
tarix12.05.2023
ölçüsü301,62 Kb.
#112260
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
audit fanidan kurs ishini tayyorlash va himoya qilish boyicha uslubiy

Talaba kurs ishi uchun mavzuni (1-ilovada keltirilgan) tanlab bo’lgach, 
uni bajarishga ruxsat berishni so’rab kafedra mudiri nomiga ariza (2-
ilovada keltirilgan) yozadi. 
Arizada kurs ishi mavzusining nomlanishi aniq ifodalanadi va tadqiqot 
o’tkazilib, olingan materiallar hisobiga kurs ishi yoziladigan xo’jalik yurituvchi 
sub’ektlarning nomi aniq ko’rsatiladi. 
Kafedra arizani ko’rib chiqadi va kurs ishi mavzusini talabaga birkitish 
to’g’risida qaror qiladi hamda ilmiy rahbarni tayinlaydi. 



3. KURS ISHINING MAZMUNI 
«Audit” fani bo’yicha kurs ishi mazmuni uning mavzusidan kelib chiqib 
yoziladi. Kurs ishi 3 qismdan, ya’ni kirish, asosiy qism hamda xulosa va 
takliflardan iborat buladi. Kurs ishi rejasi rahbar tomonidan ko’rib beriladi 
va kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi (3-ilovada keltirilgan). 
Kirish qismida tanlangan kurs ishi mavzusining dolzarbligi va 
iqtisodiyotdagi ahamiyati, aniq sharoitlarda bu masalaning qo’yilishi va 
yechimining o’ziga xos jihatlari asoslab beriladi. SHunindek, kirishda kurs 
ishining maqsad va vazifalari aniq ko’rsatiladi. 
Kurs ishining asosiy qismida o’rganilayotgan mavzuning nazariy va amaliy 
jihatlari ochib beriladi, iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida xo’jalik yurituvchi 
sub’ektlar faoliyatini hisobga olish va tahlil qilishning asosiy yo’nalishlari, 
vazifalari, tanlangan mavzuning umumnazariy masalalari ko’rib chiqiladi. Kurs 
ishida amaliy ma’lumotlardan foydalanilgan xolda auditga iqtisodiy tavsifnoma 
beriladi, tanlangan mavzuga oid barcha nazariy bilimlardan, iqtisodiy 
jarayonlarni o’rganish usullaridan foydalaniladi. 
Moliyaviy-iqtisodiy ko’rsatkichlar ro’yxati, tahlil qilish shakllari va 
jadvallari, chizmalar rahbar bilan kelishiladi va kurs ishida ketma-ket ravishda 
raqamlanib hamda ma’lumotlar olingan manbalari yozma ravishda ko’rsatiladi. 
Jadvallarning barcha materiallari auditni tashkil kilishdagi kamchiliklarni 
ochib ko’rsatishga va samarasiz foydalanilayotgan moliyaviy resurslarni 
ko’rsatib berishga, auditni samarali tashkil kilishga imkon beruvchi xulosalar 
bilan tugallanishi lozim. 
Asosiy 
qism 
o’rganilgan mavzudagi tashkiliy-moliyaviy ishlarni 
takomillashtirish va xarajatlarni samaradorligini oshirish bo’yicha takliflar bilan 
tugallanadi. 
Xulosa va takliflarda o’tkazilgan tadqiqotga qisqacha yakun yasalib, 
tanlangan kurs ishi mavzusi yo’nalishlariga muvofiq holda moliyaviy hisobni 
tashkil etish, xo’jalik faoliyati hisobini shakllantirish, hamda ularning 
samaradorligini oshirish bo’yicha aniq takliflar bayon etiladi. 
Kurs ishi talaba tomonidan mustaqil holda mantiqiy jihatdan savodli 
uslubda yozilgan bo’lishi kerak. Ko’p so’zli bayonnomalarga, shunindek o’quv 
qo’llanmalar va iqtisodiy adabiyotlardan to’g’ridan to’g’ri ko’chirib yozishga 
ruxsat etilmaydi.

Yüklə 301,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin