O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi andijon qishloq xo’jalik instituti


KURS ISHINI BAJARISHNI TASHKIL ETISH



Yüklə 301,62 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/14
tarix12.05.2023
ölçüsü301,62 Kb.
#112260
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
audit fanidan kurs ishini tayyorlash va himoya qilish boyicha uslubiy

4. KURS ISHINI BAJARISHNI TASHKIL ETISH 
Kurs ishini topshirish muddati o’quv rejasiga binoan belgilanadi. Kurs ishi 
rahbari talaba bilan birgalikda kurs ishi topshiriqlarini va ularni bajarishning 
taqvimiy jadvalini ishlab chiqadi.



Kurs ishini bajarish rahbar tomonidan tasdiqlangan topshiriqlarga va 
taqvim jadvaliga kat’iy muvofiq holda amalga oshirilishi lozim.
5. ADABIYOTLARNI O’RGANISH, MA’LUMOTLARNI
TO’PLASH, XULOSA VA TAKLIFLARNI ASOSLASH 
Tanlangan kurs ishiga muvofiq talaba mustaqil ravishda adabiyotlarni, 
rasmiy hujjatlarni va idoraviy materiallarni o’rganadi. 
Adabiyotlarni o’rganish talabaga tadqiqotning nazariy asoslarini aniqlab 
olish, ya’ni mavzuga aloqador bo’lgan masalalarini hamda tushunchalarini, 
o’rganilayotgan jarayonlarning rivojlanish qonuniyatlarini va ilmiy atamalar 
tizimini bilib olish imkonini beradi. Adabiy manbalarni va mavzuga taaluqli 
masalalarning hozirgi ahvolini chuqur o’rganish kurs ishini yozish uchun zarur 
materiallarning hajmini va xarakterini aniqlashga imkon yaratadi.
Kurs ishini bajarish iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishni, bozor 
iqtisodiyotiga o’tishni ta’minlovchi O’zbekiston Respublikasi qonunlarini
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov asarlarini va farmonlarini, 
shuningdek O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy qoidalarini, 
Moliya vazirligi tomonidan qabul qilinayotgan me’yoriy hujjatlarni o’rganishni 
nazarda tutadi. Mavzu bo’yicha materiallarni o’rganayotganda «Bozor, pul va 
kredit», «Soliq va bojxona xabardari», «Buxgalterskiy uchet», «Iqtisodiyot va 
ta’lim» va boshqa jurnallarida bosilgan maqolalarga, internet ma’lumotlariga 
alohida e’tiborni qaratish lozim.
Adabiy materiallarni o’rganayotganda fikr-mulohazolarni homaki tarzda 
yozib borish maqsadga muvofiqdir. Bu keyinchalik kurs ishi rejasiga binoan 
materiallarni tartibga solishni va umumlashtirishni yengillashtiradi. 
To’plangan haqiqiy materiallar o’rganayotgan masalaning hozirgi ahvolini 
ifodalashga, rivojlanish jarayonlari va yo’llarini aniqlashga imkon beradi, ko’rib 
chiqilayotgan muammoni hal qilish va uni takomillashtirish uchun zamin 
yaratadi.
Ayrim hollarda o’rganayotgan muammo bo’yicha zarur ma’lumotlarga ega 
bo’lish uchun maxsus kuzatuvlar o’tkaziladi. 
To’plangan raqamli ma’lumotlar tahliliy jadvallarda tartibga solinib 
umumlashtiriladi. Bu jadvallar iqtisodiy tahlillar, xulosa va tavsiyanomalar 
uchun asos bo’lib xizmat qiladi.
Olingan materiallarni tahlil qilish natijalari o’rganib bo’lingach, kurs ishini 
bajarishning yanada qiyinroq bosqichiga–xulosa va takliflarni asoslashga 
kirishiladi. Xulosa va takliflar kurs ishining mazmunidan kelib chiqishi hamda 
aniq 
bir 
xo’jalik yurituvchi sub’ektning ahvolini yaxshilashga va 
takomillashtirish yo’naltirilishi lozim.




Yüklə 301,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin