audit fanidan kurs ishini tayyorlash va himoya qilish boyicha uslubiy
6. KURS ISHINI RASMIYLASHTIRISH Kurs ishini bajarish jaryonida to’plangan va qayta ishlangan ma’lumotlar
aniq, tartibli va haqqoniy bo’lishi kerak. Materiallar bayoni mantiqiy izchil,
jumla tuzilishlari qisqa va aniq, mavhumlik va qaytariklar bo’lmasligi, xulosalar
isbotlangan va tavsiyanomalar asoslangan bo’lishi kerak.
Rejada kurs ishining qismlarini, savollarining nomlanishlarini tartibini
o’zida ifoda etadi. «Kirish», «Xulosa va takliflar» istosno etgan holda barcha
savollar, arab raqamlari bilan raqamlanishi kerak.
Kurs ishi betlari ketma-ket raqamlanishi lozim, birinchi betning pastki
qismini o’rtasida arab raqami qo’yiladi. Agar kurs ishida turli xil chizmalar,
jadvallar, diagrammalar bo’lsa ularni ma’lum turkumlari bo’yicha umumiy tartib
asosidagi raqamlanishga qo’shish kerak. Masalan, jadvallar alohida ketma-
ketlikda raqamlanadi, diagrammalar alohida ketma-ketlikda raqamlanadi.
Muqova varag’iga tartib raqami qo’yilmaydi.
Har bir jadval o’z mazmunidan kelib chiqib nomlanishi va tegishli jadval
tepasida «jadval» so’zi yozilishi kerak. Jadval ma’lumotlarining manbalari
jadvalning tagiga manba sifatida yozilishi kerak.
Adabiyotlar ro’yxatida foydalanilgan barcha manbalar alfavit tartibi
bo’yicha
raqamlanadi.
Birinchi
tartibda
O’zbekiston
Respublikasi
Konstitutsiyasi, foydalanilgan Prezident asarlari, qonunlar va farmonlar,
me’yoriy hujjatlar, darslik va o’quv qo’llanmalari, jurnal maqolalari,
ro’znomalar, internet manzillari va hokazolar kiritiladi.
Ilova kurs ishining oxirida beriladi. Har bir ilova yangi betdan boshlanadi,
sahifaning ung tomonida yuqori burchagida ketma-ket tartib raqamida ilova
so’zi yoziladi. Har qaysi ilova sarlavhaga ega bo’lishi kerak. Ishdagi
illyustratsiyalar ularning mazmuniga qarab belgilanadi.
Kurs ishini yozib tugatgach uni savollarining o’zaro bog’lanishiga va
bayon etilish usuliga alohida e’tibor bergan holda qayta o’qib chiqish kerak.
Ko’pincha qayta o’qilishda ilgari bilinmagan xatolarga qarama-qarshi fikrlarga,
noto’g’ri tanlangan qiyoslashlarga va hoqazolarga dush kelinadi. Ayniqsa,
formulalarni, raqamlarni, ko’chirmalarni, bibliografik yozuvlarni dastlabki
manbalar bo’yicha diqqat bilan tekshirib chiqish talab etiladi. Zarurat
tug’ulganda ko’lyozmani to’ldirib, maromiga yetkazish lozim.