O’ZBEKISTON
RESPUBLIKASI AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI VA
KOMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH
VAZIRLIGI
Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent
axborot texnologiyalari universiteti
Samarqand filiali
Labaratoriya ish-2
Fan:
Geoaxborot texnologiyala
ri
102-19 – guruh talabasi.
Bajardi: Mingliboyev A.
Tekshirdi: Raxmonov H.
Samarqand-2022
Mavzular
1.
Matritsali maʼlumotlar, vektorli va rastrli kartalar.
2.
Radar sun'iy yo'ldosh tasvirlari.
3.
Zamonaviy GIS paketlari. Tematik kartografiya.
Mavzu 1; Matritsali maʼlumotlar, vektorli va rastrli kartalar.
Reja:
1. Rastrli grafika
2. Vektorli grafika
3. Rastrli va vektorli
grafikada tasvir yaratish
Kompyuter grafikasi uch turga bo’linadi: rastli grafika, vektorli grafika va
fraktal grafika. Ular bir-biridan monitor ekranida tasvirlanishi va qog’ozda
bosib
chiqarilishi bilan farqlanadi.
Rastli grafika.
Rastli grafikada tasvir nuqtalar (kog’ozda), piksellar (nuqtalar ekranda
shunday deb ataladi) yordamida hosil qilinadi. Tabiiyki, nuqtalar soni qancha ko’p
bo’lsa (ular zich qilib joylashtirilsa), unga asoslangan rasm, shakl,
grafik va
hokazolar shuncha aniq ko’rinib turadi. Shu munosabat bilan ekranning ruxsat etish
qobiliyati tushunchasi kiritilgan bo’lib, unda gorizontal va vertikal yo’nalishlardagi
nuqtalar soni muhim ahamiyatga ega va u ekranning ruxsat etish imkoniyati
deyiladi.
Odatda, bunday ko’rsatkich 640x480, 800x600, 1024x768 yoki bulardan
yuqori piksellarda beriladi. Tasvir o’lchovi ruxsat etish qobiliyati bilan bog’liqdir.
Bu parametr dpi(dots per inch-nuqtalar soni zichligi) bilan o’lchanadi.
Ekran
dioganali 15 dyuymli (1dyuym=2,54 sm) monitorda tasvir o’lchovi 28x21 sm ni
tashkil qiladi. Buni hisobga olsak, 800x600 pikselli monitor ekranining tasvirlash
qobiliyati 72 dpi ga teng bo’ladi. Demak, kompyuter xotirasidagi rangli tasvir ko’p
joy olinishini tushunish qiyin emas. Misol uchun 10x15
sm li rasm taxminan
1000x1500 piksellardan iborat bo’ladi.
Agar har bir rangli nuqtani tasvirlash uchun 3 bayt xotira ishlatilishini hisobga
olsak, bitta o’rtacha kattalikdagi rasmning o’zi xotirada taxminan 4 mln. bayt joyni
egallaydi. Bunday ma`lumot, xususan, Internet sahifalarini yaratishda e`tiborga
olinishi zarur. Shuning uchun ham hozirgi kunda yaxshi multimedia dasturlarini,
videorolikni yaratish uchun operativ xotirasi 128 Mbaytdan kam bo’lmagan va mos
ravishda, tezligi katta bo’lgan kompyuterlardan foydalanish maqsadga muvofiq.
Demak, rastli grafika bilan ishlash uchun yuqori unumli kompyuter talab qilinadi.
Rastli grafikaning kamchiligi sifatida shuni aytish mumkinki,
tasvirni
mashtablashtirish (kattalashtirish, kichiklashtirish) jarayoni natijasida nuqtalar
o’lchovi kattalashishi bilan tasvir aniqligi yomonlashishi mumkin va hatto, tasvir
tanib bo’lmaydigan darajada o’zgarishi mumkin.
Rastli grafika elektron (multimedia) va matbaa nashrlarida keng qo’llaniladi.
Nashrlarda turli illyustratciyalarni yaratishda, odatda, skaner orqali olingan raqamli
foto yoki videokamera (hozirda bunday fotoapparat
va videokameralar keng
tarqalgan) yoki rassom, loyihachi tomonidan tayyor-langan tasvirlardan
foydalaniladi. Shuning uchun ham rastli grafikada
tahrir qiluvchi dastur
vositalaridan keng foydalaniladi. Bu dasturlar, odatda, tasvirlarning aniqroq
ko’rinishda bo’lishini ta`minlaydi.