Dedline pdf


O’tkir nur kasalligi belgilari



Yüklə 149,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix12.05.2023
ölçüsü149,69 Kb.
#112344
1   2   3   4   5
dedline-1

O’tkir nur kasalligi belgilari.  Kasallikning boshlanqich d a v r i. Kasallikning 
dastlabki, belgilari bemor qancha nur olganiga qarab namoyon bo’ladi. Nurlanish 
kam bo’lganda 18-24 soat, urtacha miqdordagi nurlannshda 4-10 soat, kuchli 
nurlanish olganda esa 1 - 3 soatdan so’ng odam kam harakat bo’lib, uyqu bosadi, 
tana harorati ko’tarilib, ko’ngli ayniydi, qusadi. Ko’p miqdorda nurlanganlar ko’p 
qayt qiladi, sillasi qurib, ba'zan qushidan ketadi.
Chernobil shaxridagi AES portlaganda 1986 yil 25 apreldan 26 aprelga o’tar
kechasi "tez yordam"da navbatchilik qilgan Pripyat shaxrilik shifokor V. P. Beloko


shunday hikoya qiladi: "Un sakkiz yashar yigitni olib kelishdi. U ko’ngli aynib,
boshi qattiq og’riyotganligidan shikoyat qilib, qusa boshladi. Uni mashinaga olib
kirmasimdanoq ahvoli og’irlasha boshladi. Aqli ozib, tildan qola boshladi, rangi
oppoq oqarib ketdi. Yana uch-to’rt kishi ham boshi qattiq og’rib, tomoq bug’ilishi,
ko’ngli aynishidan shikoyat qilishar va qusishardi. Ertalab soat oltilarda o’zimning
ham boshim og’rib, tomog’im qusayotganini, oyoqlarimdan mador ketayotganini
his etdim".
Chernobil AES da zarar ko’rganlarni saralash paytida bemor tinimsiz qusa bersa,
samolyotda Moskvadagi maxsus 6 - shaqar shifoxonasiga yuborib, o’tkir nur
xastaligidan davolashardi. Agar bemorning ko’ngli sal-pal aynib, kasallikning
boshqa belgilari bo’lmasa, uni Kiev shaxrida qoldirishardi. Afsuski,
nurlanganlarning qay darajada nur olganligini kursatuvchi asboblar ishdan chiqqan
edi. Oz va o’rtacha miqdorda nur olganda qon tarkibida bir oz neytrofilli
leykositoz, og’ir hollarda tezda leykopeniya yo’zaga keladi, eritrositlarning
cho’kish tezligi (EChT) odatda bir qadar sekinlashadi. 3-4 kundan so’ng kasallik
yashirin davrga o’tadi va u 3-5 kundan 14-21 ko’ngacha davom etadi. Bunda
bemor ahvoli odatda yaxshilanadi, lekin periferik qon o’zgarishlari zurayadi,
neytro va limfopeniya, trombositopeniya va retikulositlar soni kamaygan holda
leykopeniya avj oladi.
O’tkir nur kasalligiga ko’pincha zotiljam, sepsis, tomoq va quloq og’riqi
qo’shilishi mumkin. Barcha yuqumli xastaliklar nurlangan bemorlarda og’ir
kechadi. Bunda tana harorati ko’pincha ko’tarilib ketadi. Kasallyk qo’zg’algan
davr uchun xos belgilardan biri teri va shilliq qavatlar ostiga qon quyilishidir.
Og’ir hollarda katta hajmdagi joylar, ichki a'zolarga (me'da-ichak, bachadon va b.
q.) qon quyilishi va qon ketishi kuzatiladi. Bunday qon ketish va qon quyilishlarga
trombositlar sonining kamayib o’z vazifasini bajara olmay qolishi, tomirlar devori
o’tkazuvchanligining oshib ketishi, qon ivituvchi omillarning yetishmasligi sabab
bo’ladi. To’sh suyagi tekshirib ko’rilganda qon hujayralarining yetilishi susayib,
keyinchalik suyak iligida hujayralar qolmasligi - pansitopeniya ko’zatiladi. Og’ir
hollarda mielokariositlar soni 3-3 o 109/ l. gacha kamayadi. Suyak iligida
gipoplastik anemiyaga xos retikulyar hamda plazmatik hujayralar, tiniq bo’lmagan
donador neytrofillar va limfositlar paydo bo’ladi.
Isitma. O’tkir nur kasalligi xuruj qilganda tana harorati odatda juda yuqori ho’ladi.
Gipertermiya vaqt jihatidan agranulositoz bilan bir vaqtga to’qri keladi.
Yurak – tomir tizimi. Nurlangan bemorlarning tomir urishi tezlashib, yurak hajmi
kattalashadi, yurak zarblari bo’g’iq bo’lib, yurak ustida sistolik shovqin eshitiladi,
qon bosimi pasayadi. Elektrokardiograf miokardning diffo’z zararlanishiga xos
belgilarni ko’rsatadi.
Ovqat hazm qilish a'zolari. O’tkir nur kasalligida ingichka ichak epiteliysi
zararlanib, ichak devori o’tkazuvchanligi oshadi va organizmning kasalliklarga
qarshi kurashish qobiliyati pasayib, turli xil yuqumli


xastaliklar avj oladi. Natijada ovqat hazm qilish va oziq moddalari surilishi
bo’zilib, organizm zaharlanadi. Bemorning ishtahasi pasayib, ko’ngli ayniydi,
qorni shishib qusadi, ichi ketadi. Gastroenteritga xos bu belgilardan tashqari,
ingichka ichak teshilishi, ichak o’ralib qolishi va ichak shilliq qavati shishib ketishi
ham mumkin.
Nerv sistemasi. Bemor asabi tekshirib ko’rilganda unda loqaydlik, karaxtlik, pay
reflekslarining susayishi ko’zatiladi. Og’ir hollarda miya po’stloqining ta'sirlanishi,
nerv sistemasining organik zararlanishi kabi belgilar namoyon bo’ladi. Sog’ayish
davrida qondagi ko’rsatkichlar yaxshilanadi. Periferik qonda leykogrammaning
chapga to mielosit va promielositlargacha surilishida ifodalangan neytrofillar,
retikulositlar, trombositlar va limfositlar soni tezda ko’payadi. Suyak iligida
regenerasiya holati ko’zatiladi. Bunda eritroleyko va trombopoez jarayonida
uchraydigan, hali yetilmagan hujayralar soni oshib, mitoz davrini boshdan
kechirayotgan hujayralar hamda mielokariosntlar miqdori ko’payadi. Sog’ayish
davrida bemorning tana harorati pasayib, ishtahasi ochiladi, umumiy ahvoli
yaxshilanib, qon quyilishi to’xtaydi, yuqumli asoratlar yuqoladi". Qon
ko’rsatkichlari, yurak va qontomirlar faoliyati yaxshilanadi. Nerv sistemasining
zararlanish belgilari kamayadi. Lekin sog’ayish uzoq davom etib, astenik belgilar,
qon kursatkichlari o’zgarib turadi. Buning uchun yillar o’tishi bilan o’tkir nur
kasalligining uzoq asoratlari: kataraktalar, xavfli o’smalar, leykozlar, irsiy
kasalliklar kelib chiqishi mumkin.
Neytronlardan zararlanishning klinik xususiyatlari. Gamma nurlar kabi neytron
nurlari ham subletal va letal dozalarda ta'sir etganida organizmni zararlab, asosan
qon ishlab chiqaruvchi to’qimalar va me'da ichak shilliq pardasiga ta'sir etadi.
Kasallik belgilari ham ana shularga qarab namoyon bo’ladi. Lekin neytron nurlari
ta'sirida kelib chiqadigan o’tkir nur kasalligining o’ziga xos tomonlari ham bo’lib,
xastalikni aniqlash va oqibatini belgilashda ularni hisobga olish zarur. Neytron
nurlar ta'sirida kelib chiqadigan o’tkir nur kasalligining klinik belgilari bu nurlar
tanada notekis taqsimlanishi va me'da-ichak o’zgarishlarining namoyon bo’lishi
bilan aniqlanadi. To’qimalar neytronlarni o’ziga kuchli singdirib oladi va bu
yutilgan nur dozasi juda tez o’tib ketadi. Garchi neytron
nurlari yirik biologik ob'ektlar (odam tanasi)dan o’tayotib quvvati pasaysa
ham, neytronlar reaksiyasi oqibatida hosil bo’luvchi gamma nurlanish ham
umumiy nurlanish ta'srini oshiradi. Natijada suyak ko’migi va ichaklarga o'tadigan
neytron nurlari to’qimalarda ushlanib qolib (umumiy dozaning 20 foizigina o’tadi)
organizm asosan ikkilamchi gamma nurlanishdan zarar kuradi. Neytron nurlari
ta'sir etganda yashirin davr o’tkir nur kasalligidan qisqa bo’ladi. Agranulositoz tez
rivojlanib, kasallik avj olgan paytidagi belgilar va yuqumli asoratlar tez namoyon
bo’ladi. Ichaklardagi o’zgarishlar ham yaqqol seziladi. Kasallikning asoratsiz
turida qon tarkibidagi ijobiy o’zgarishlar tezroq bo’lib, bu suyak ko’migining
zararlanmagan joylari va qon ishlab chiqaruvchi a'zolarning zo’r berib ishlashi
tufaylidir. Neytron nurlanishning asosiy belgilari mahalliy ko’rinishdadir. Bunda
ayniqsa teri va shilliq qavatda yaralar paydo bo’ladi.


O’tkir nur kasalligining turlarini aniqlash. Bu xastalikni erta aniqlash uchun
periferik qon va suyak ko’migiga nur ta'sir etgan paytdagi dastlabki o’zgarishlarni
bilish juda muhimdir. O’tkir nur kasalligi yengil kechganida (1-2 gy) qon va suyak
iligida dastlabki ta'sir belgilari deyarli bilmaydi. Ba'zi bir nurlangan kishilar 3-5
soatdan so’ng ko’ngli aynishi, qayt qilishi mumkin. Yashirin davr 30-35 necha
kundan iborat. Kasallik yengil kechib, bemorlar davolanmasdan sog’ayib ketadilar.
O’tkir nur kasalligi o’rtacha og’irlikda kechganda (2- 4 gy) nurlanishdan ikki soat
o’tgach, bemorning ko’ngli aynib madori quriydi, qayt qiladi, tana harorati
ko’tariladi. Bunday alomatlar faqat bir kecha-kunduz davom etadi. Yashirin davr
15-20 kundan iborat. Jabrlanganlarga maxsus tibbiy yordam ko’rsatilishi zarur.
O’tkir nur kasalligi og’ir kechgan hollarda (4-6 gy) nur ta'sir etgandan so’ng 30-60
minut o’tgach, bemor ketma-ket qusadi, boshi og’riydi, madorsizlanadi. Terisi
qizib, tana harorati oshadi. Dastlabki reaksiya 3 kun davom etib, yashirin davr 8-17
kunni tashkil etadi. Bemorga maxsus tibbiy yordam ko’rsatilishi zarur. O’z vaqtida
davo qilinsa, u sog’ayib ketadi.O’tkir nur kasalligi o’ta og’ir o’tgan hollarda (6- 10
gy) 15 daqiqadan so’ng bemor qusa boshlaydi. Teri va shilliq qavati qizarib tana
harorati ko’tariladi. Dastlabki alomatlar 3-4 kun davom etadi. Ikkinchi hafta
oxiriga borib bemorning joni uziladi. Suyak kumigini ko’chprib o’tkazish ham
kamdan-kam hollardagina yaxshi natija beradi. O’tkir nur kasalligining ichak
formasi 10-12 gy nur olganda kelib chiqadi. Kasallikning rivojlangan davri og’ir
enterit, tananing suvsizlanishi, qon ketishi va yuqumli asoratlar bilan kechadi.
Nurlanganlar birinchi hafta oxiriga borib o’ladilar. 20-25 gy va undan ko’p
nurlangan kishilarda o’tkir nur kasalligining toksik va serebral turlari ko’zatiladi.
Nurlar ta'sir etishi bilan to’xtovsiz qayt qilish, ich ketishi, es-hushni yuqotish, kun
oxiriga borib miya shishish belgilari, tirishib qolish va Bulbar buzilishlar
ko’zatiladi. Bemor odatda uch kun ichida hayotdan ko’z yumadi.
O’tkir nur kasalligini davolash. Kasallikning dastlabki noxush simptomlarini
bartaraf etnsh maqsadida qusishga qarshi, ichish va in'eksiya uchun dorilar
yuboriladi. Zararlanishning yengil turida ichishga aeron, etaperazin va aminazin
tayinlanadi. O’rtacha og’ir, og’ir va juda og’ir kechadigan nur kasalligida qusishga
qarshi aminazinning 2,5 foizli eritmasidan 2 ml, etaperazinying 0,6 foizli
eritmasidan 1 ml va atropinning 0,1 foizli eritmasidan 1 ml mushaklar orasiga
yuboriladi. Yuqorida qayd etilgan barcha dori moddalari kuniga 2-3 martadan
tavsiya etiladi. Og’ir hollarda, ya'ni qusish tuxtovsiz uzoq davom etganda, qonda
xlor miqdori kamayib ketganda elektrolitlar almashinuvini yaxshilash uchun 500-
800 ml natriy xloridning izotonik ervtmasi yoki 400-800 ml to’zli "Disol",
"Xlorosol", shuningdek siydik haydovchi dorilar (laziks va b. q.) tomirga
yuboriladi.
Yashirin davrda kasallik belgilariga qarab organizm quvvatini oshiruvchi hamda
gistaminga qarshi vositalar qo’llanadi. Yashirin davr og’ir kechganda organizmni
toksinlardan tozalash davom ettiriladi, qon quyilishining oldini oluvchi dori-
darmonlar, antibiotiklar tayinlanadi. Bu davrda bemor trombositlarini olib,
muzlatib, undan qon quyilishi hollarida foydalanish tavsiya etiladi. Kasallik


rivojlangan davrda yuqumli asoratlarning oldini olish maqsadida leykopeniya va
agranulositoz holatlarida ham antibiotiklar tayinlanadi. Odatda keng miqyosda
ta'snr etuvchi antibiotiklar (klofaran, tarivid, sefomizin, ampioks, gentamisin va b.
q.) dan foydalaniladi. Yuqumli asoratlarning oldini olish uchun antistafilokokk
plazmasi va antistafilokokk gamaglobulini tavsiya etiladi. Og’iz bo’shliqi shilliq
qavatidagi yarali nekrotik o’zgarishlarning oldini olish va davolash uchun og’iz
bo’shliqini antiseitiklar eritmasi (rivanolning 0,1% li va furasillinning 0,02% li
eritmasi) bilan chanqash, shundan so’ng chakanda moyi yoki vitamin A ning yog’li
eritmasini surtish zarur. Leykositlar soni niqoyatda kamayib, suyak iligida aplaziya
holati ko’zatilganda suyak kumigi kuchirib utkaziladi. Bu tadbir maxsus qon
quyish shifoxonasida bemor hamda suyak kumigi ko’chiriladigan sog’lom kishi
qon guruxi, rezus omili va N - A sistemaga mos kelganda amalga oshiriladi.
Leykopeniyani davolashda leykositlar massasi yoki yangi tayyorlangan qondan
foydalaniladi. Leykositlar massasi 5-7 milliard qujayradan to’rt kun davomida
quyiladi. Chernobil AESi fojiasi davrida qon quyulnshining oldini olish uchun
trombositlar maseasidan keng foydalanildi. Bir marta quyishga bir donordan
olingan trombositlar (urtacha 300109. trombosit olish uchun 200- 250 ml qon
zardobi kerak bo’ladi) kifoya qildi. Trombositlar (ular miqdori bemor qonida
20109/l dan kamayganda yoki qon quyulish belgilari sezilishi bilan) oradan 1-3
kun o’tkazib quyiladi. Ikkilamchi kasalliklar kelib chiqishining oldini olish uchun
donor qonidagi immun hujayralar faolligini kamaytirish maqsadida quyiladigan
qon preparatlari, shu jumladan trombositlar ham 15 grey quvvatidagi nur bilan
nurlantirildi. Natijada bemorlarda qon quyilish hollari kuzatilmadi. Ba'zi
bemrolarga suyak iligi zararlanishi yashirin davrda kechuvchi bemorlardan olingan
trombositlar quyildi. Bunday trombositlar qonida trombositi kamayib ketgan
boshqa bemorlarga yaxshi foyda berdi. II va III darajali o’tkir nur kasalligi bilan
og’rigan bemorlarga o’rtacha 3-8 marta (300 10e qujayra) trombositlar massasi
quyildi. Chernobil falokatidan zararlanganlarni davolashda agranulositozni
davolash yoki oldini olish uchun leykositlar massasidan foydalaniladi. Suyak
ko’migan ko’chirib o’tkazish nurlanish 6 grey va undan yuqori bo’lganda
qo’llaniladi. Bunda qon ishlab chiqaruvchi hujayralarga boy va immun xususiyati
kam odam embrioni hujayralari 6 marotaba kuchirilib, ikkilamchi kasalliklar kelib
chiqishi xavfi keskin kamaytirildi. Biroq bu bemorlar nurlanishdan 14-18 kun
o’tgach, teri va ichak zararlanishidan vafot etdilar. 13 marotaba allogen suyak
ko’migi ko’chirib o’tkazildi. Afsuski, bemorlardan yettitasi teri, ichaklar
va o’pkaning kuchli zararlanishi tufayli nurlanishdan so’ng 15-25 kun ichida
hayotdan ko’z yumdi. Allogen suyak ko’migi kuchirib o’tkazilganlardan (nurlanish
dozasi 4, 3, 107 ,gy) faqat ikki bemor hayoti saqlab qolindi. Ulardan biri 5,8 gy,
ikkinchisi 10,7 gy nurlangan bo’lib, har ikkalasiga ham opasikgillardan olingan
suyak ko’migi ko’chirib o’tkazildi. Oradan 32 kun o’tgach, bu bemorlarda kuchirib
o’tkazilgan ko’mikning bir qismi ajralib, ularning o’zi qon ishlab chiqarish a'zolari
faoliyatini tiklandi. Chernobil fojiasi kunlarida qulog’i og’rigan bemorlarga
"Sandoz" firmasi ishlab chiqqan gammaglobulin; terisi kuyganlarga esa lioksanol
tayinlandi. Antibiotiklardan keng miqyosda ta'sir etuvchi sefalosporinlar va
ularning hosilalari klorofan, sefamizin va boshqalar qo’llaniladi. Qon quyilishining


oldini olish maqsadida tomirlar devorinini mustaqkamlovchi - serotonin va
askorutin qo’l keladi (Cheriobnlda bu dorilardan foydalanilmadi). Shuningdek,
bunday hollarda disinonni 2-4 ml dan kuniga 3-4 maqal tomirlarga yuborish yaxshi
foyda beradi. Fibrinolizinni faollashtirish maqsadida ingibitorlar: aminokapron
kislota, amben (pamba) ishlatiladi. Shilliq qavatlarga qon quyilishining oldini olish
maqsadida qon oqishini to’xtatuvchi trombindan foydalaniladi. Yuqumli
kasalliklarni davolash va oldini olish uchun ichaklarni steril holga keltirish zarur.
Buning uchun 5- 7 kun mobaynida qonga surilmaydigan
antibiotiklardan kanamisin sulfat 2 g, 2 g gistomisinga 2 mln nistatni qushib
beriladi. Keyinchalik esa agranulositoz holatidan chiqqunga qadar qonga
surilmaydigan antibiotiklardan eritma tayyorlanadi. Buning uchun 150 ml suvda 3-
4 g neomisin yoki kanamisin, 1,5 g ristomisin, 1 g polimiksin M eritiladi. Ana shu
antibiotiklar aralashmasi 30 ml dan kuniga 5 marta (avval oqiz va tomoq 1 mln
birlik nistatin bilan chanqalgach) ichiladi.
O’tkir nur kasalligining ichak simptomini davolash uchun bemorga vitaminlarga
boy, yumshoq, kimyoviy tarkibi ichaklarni ta'sirlamaydigan parxez taomlar
berilishi zarur. Bundan tashqari, festal, pankreatin kabi dorilar tavsiya etiladi.
Organizmga radioaktiv moddalar tushishi natijasida kelib chiquvchi nur
kasalliklari. Radioaktiv moddalar tushgan joylarda odamlarga
bir vaqtning o’zida gamma nurlar va betta zarrachalar ta'sir etadi. Bunda
radioaktiv moddalar, ayniqsa ularning radioaktiv bulut tarkibidagi qismi odamning
ichiga tushishi mumkin. Bunday nur kasalligining qanday kechishi, qay
ko’rinishlarda namoyon bo’lishi radioaktiv moddalarning miqdoriga, erish va
surilishiga, organizmga qanday yo’l bilan tushganiga va uning parchalanish davri
hamda izotoplarning qanday chiqib ketishiga bog’liq. Radioaktiv moddalar
organizmga nafas yo’li va og’iz orqali yara hamda kuygan joylardan kiradi.
Organizmga tushgan ba'zi izotoplar (stronsiy, ittriy, sirkoniy) suyaklarda to’plansa,
boshqalari (seziy, lantan) jigarda (gepatotroplar), yana birlari (seziy, ruteniy,
natriy) u yoki bu miqdorda butun tana bo’ylab tarqaladi. Uran buyrakda ushlanib
qolsa, yod butunlay qalqonsimon bezga singiydi. Organizmga radioaktiv moddalar
tushishi natijasida kelib chiqadigan o’tkir nur xastaligi dastlabki simptomlarining
yuqligi yoki juda kam sezilishi, kasallik davrlarining cho’zilishi, ko’proq
radioaktiv moddalar tushgan joylar (nafas yullari, me'da-ichak) zararlanishi va
organizmga tushgan radioaktiv modda qaysi a'zoni ko’proq zararlashiga qarab har
xil kechadi. Zararlanishni davolash va uning oldini olish. Izotoplar odam ichiga
nafas yo’li orqali tushganda oqizni chayish, nafas yullarini esa balg’am
kuchiruvchi vositalar bilan tozalash zarur. Og’iz orqali ichga tushganda o’sha
zahoti yumshoq tanglayni qo’l bilan ta'sirlantirish yoki alomorfin berish bilan
bemor qustiriladi, zond yordamida me'dasi yaxshilab chayiladi. Me'dadan
radioaktiv moddalarni o’ziga singdirib, olib chiqib ketadigan adsorbentlardan bariy
sulfat, ion almashlovchi smolalar tayinlanadi. Bundan tashqari, radioaktiv
moddalarni me'da-ichak yo’llaridan tezroq chiqarish uchun surgi dorilar va
tozalovchi xo’qna qillanadi. Qonga so’rilgan radioaktiv moddalarni tezroq chiqarib
yuborish maqsadida kompleksantlardan, ularning eng faoli bo’lgan pentasindan


(tomirlarga 5 ml 5 foizli eritmasi yuboriladi) foydalaniladi. Yuqorida sanab
o’tilgan tadbirlar bir vaqtda davolash va kasallnkning oldini olishda tavsiya etiladi.
Aralash nur kasalliklari. Yadroviy va raketalar vositasida olib borilgan urush
sharoitida safdan chiqqan kishilarning ko’pchilik qismi aralash nurlangan bo’lib,
ya'ni bunda nurdan tashqari kuyish, portlash to’lqini, uqdan yaralanish qo’shilib
kelishi mumkin. Ana shunday bir necha ta'sirlar organizmda keltirib chiqaradigan
patologik jarayon o’ziga xos tarzda kechib, har bir ta'sir ikkinchisn keltirib
chiqaradigan qolatni ham chusurlashtirishi mumkpn. (E. V. Gembnskiy, F. I.
Komarov). Bu hol bemorning ahvolini og’irlashtiradi, bunda yara va kuygan joylar
nekrozi kattalashadi, ularning bitishi qiyin kechadi, yuqumli asorat tanada keng
yoyilishi oqibatida organizmning chidami pasayib ketadi, nur kasalligi belgilari tez
ko’zga tashlanib, xastalik shiddat bilan kechadi. Aralash nurlanish quyidagi
davrlarga bo’linadi. Birinchi davrda nurlanishga xos bo’lmagan belgilar (og’riq,
jarohat yoki kuyishdan shok holati, qon ketishi) ko’zatiladi. Kasalning ahvoli
nurlanish paytida ko’zatilgandan ko’ra oqirroq bo’ladi. Organizmning nurlanishga
dastlabki javob reaksiyasi kuyish va jarohatlanish belgilari bilan niqoblanib,
unchalik sezilmaydi. Ikkinchi davrda ham bemor ahvoli og’irligicha qoladi.
Asoratlar tez ko’zga tashlanadi. O’tkir nur kasalligining yashirin davri tez utib,
leykositoz tezgina leykopeniya bilan almashinadi, kamqonlik va organizm
zaharlanishi avj oladi. Bu davrda nurlanish 6 grey dan ortiq bo’lganda o’tkir nur
kasalligi belgilari zararlanishning klinik manzarasida yetakchi o’rin tutadi.

Yüklə 149,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin