Dedline pdf



Yüklə 149,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix12.05.2023
ölçüsü149,69 Kb.
#112344
1   2   3   4   5
dedline-1

O’tkir nur kasalligi
O’tkir nur kasalligi hozirgi paytda nur kasalligi o’z kechishiga ko’ra, yengil, o’rta,
og’ir va juda og’ir ko’rinishlarda o’tadi. 1 greydan 2 gacha bir tekis nur olgan
tanada kasallik yengil o’tadi. 2 dan 4 gacha urta, 4 dan 6 greygacha og’ir va 6
greydan oshganda juda og’ir nurlanish holatlari ko’zatiladi. Bir grey dan 10
greygacha nurlanish olgan tanada asosan suyak iligi zararlanishi bilan bog’liq
o’zgarishlar ruy berib, o’tkir nur kasalligining bu ko’rinishi suyak iligi nomini
olgan. 20 greygacha nurlanish olgan hollarda qon ishlab chiqaruvchi a'zolardan
tashqari, ichak epiteliysi zarar kuradi. Ichakdagi o’zgarishlar shu qadar tez


kechadiki, bemor qon ishlab chiqaruvchi a'zolardagi jarayon izdan chiqmay turib
ham nobud bo’lishi mumkin. 20 greydan ko’proq nurlanish oqibatida o’tkir nur
kasalligi toksik va serebral ko’rinishlarda kechib, bunda bir kechakundo’z, hatto
bir necha soat ichida bemor o’lishi mumkin. Harbiy terapevtlar uchun suyak
iligidagi o’zgarishlar bilan kechuvchi nur kasalligini o’rganish ahamiyatlidir. Bu
kasallikning o’ziga xos tomonlaridan biri, uning davriy kechishidir. Bunda 4 davr
ko’zatiladi:
1) boshlang’ich yoki organizmning nurlanishga dastlabki javob davri;
2) yashirin yoki kasallik belgilari go’yo yuqolib borayotgandek davr;
3) qo’zg’alish yoki kasallikning barcha belgilari yo’zaga chiqadigan davr;
4) tuzalish davri.
Bunday davrlarga bo’lish zaminida aniq terapevtik qoida bor: nur kasalligi
qo’zg’alib, barcha belgilari namoyon bo’lmasa, bemorlar shifoxonaga yotqizib
davolanmaydi va hatto mehnatga layoqatli deb topilishi mumkin. Kasallik yengil
kechganda bemorlar shifoxonaga yotqiziladi, lekin hech qanday maxsus davo
choralari ko’rilmaydi. Ba'zi hollarda, nurlanish 2 greyga yaqinlashsa, uzoq
bo’lmagan agranulositoz holati kuzatilib, bunda yuqumli asoratlarning oldini olish
uchun antibiotiklar qo’llash mumkin. O’rtacha og’ir holatda kechuvchi o’tkir nur
kasalligi deyarli barcha bemorlarda agranulositoz va qonda trombositlar kamayishi
bilan kechadi. Bunday bemorlar barcha tibbiy uskunalarga ega shifoxonalarga
yotqizilib, boshqalardan ajratilgan holda qon preparatlari, antibiotiklar, qon ishlab
chiqaruvchi a'zolar faoliyatini yaxshilovchi dori-darmonlar bilan davolanishlari
kerak. Kasallik oqir kechganda suyak iligi bilan bir qatorda me'da-ichak a'zolari
faoliyati ham izdan chiqadi. Bunday bemorlar hujayralarda kechuvchi murakkab
jarayonlarni davolash tajribasiga ega bo’lgan maxsus jarroqlik va qon quyish
shifoxonalariga yotqizilishi kerak.
O’tkir nur kasalligi o’ta og’ir kechgan hollarda A. I. Vorobev fikricha suyak iligi
yaxshilab ko’chirib o’tkazilmasa, bemor sog’ayishiga umid qilib bo’lmaydi.
Shuning uchun bunday bemorlar yuqori malakali, turli tibbiy sohadagi
mutaxassislar ishlaydigan, maxsus qon kasalliklari shifoxonalarida davolanishlari
zarur.

Yüklə 149,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin