Samarqand davlat universiteti geografiya va ekologiya fakulteti geografiya tabiiy recurslar kafedrasi



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/80
tarix12.05.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#112432
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   80
Alibekov L.A. O\'rta Osiyo tabiiy geografiyasi

O‗rta Osiyo yer usti suvlari 
O‗rta Osiyo alohida berk havza bo‗lib, okean havzalaridan ajralgandir. 
Iqlim sharoiti quruq bo‗lishiga qaramasdan uning hududida daryolar va ko‗llar 
juda ko‗p. Mashhur gidrolog olim V.L.Shulsning ma‘lumotiga ko‗ra, mintaqada 
uzunligi 10 km dan katta bo‗lgan 12 mingdan ortiq daryo bor. Bu daryolarning 
hammasi yig‗ilishib Amudaryo va Sirdaryo havzasini hosil qiladi. O‗rta 
Osiyodagi ko‗llarning umumiy soni ham 10 000 dan ortiq. Daryolar va ko‗llar 
juda notekis taqsimlangan. Uning tekislik qismida daryolar juda kam bo‗lsa-da, 
lekin ko‗llarning ko‗pchiligi tekislikda joylashgan. Bundan tashqari O‗rta 
Osiyoda 60 dan ortiq suv omborlari ham mavjud. O‗rta Osiyoning tog‗li 
rayonlariga yiliga o‗rtacha 575 mm yog‗ingarchilik tushadi, shundan 
bug‗lanishga 374 mm sarf bo‗ladi, qolgan 201 mm esa oqimni shakllantiradi. 
Tekislik qismida atmosferadan tushadigan yog‗in miqdori 96 mm ni tashkil 
etadi, tog‗lardan daryolar oqimi orqali 201 mm atrofida nam oladi va jami 297 
mm bug‗lanishga sarf bo‗ladi. 
V.L.Shuls (1933, 1949) O‗rta Osiyo hududida oqimning vujudga keladigan 
sharoitiga qarab uni uch oqim oblastiga ajratgan: 1. Oqim shakllanish oblasti – 
namlikni to‗plovchi tog‗li oblast; 2. Oqim tarqalish oblasti – bu tog‗ oldi 
tekisliklar zonasi; 3. Oqimning yer ostiga chuqur singish oblasti. Bu Turon 
pasttekisligida gurunt, yer osti suvi va artizan suvlar shakllanish zonasi. 
D a r yo l a r i 
V.L.Shuls O‗rta Osiyo daryolarini oziqlanishi bo‗yicha quyidagi 
guruhlarga bo‗ladi; 1. Baland tog‗ muzliklardan to‗yinadigan daryolar 


43 
(Muksuning 
boshlanishi, 
Seldor, 
Matchoh 
va 
boshqalar). 
Ularning 
oziqlanishida tog‗ muzliklari 50% dan ko‗pni tashkil qiladi. 2. Qor va 
muzliklardan oziqlanadigan daryolar (Panj, So‗x, Isfara, Vaxsh, Zarafshon va 
boshqalar). Bu daryolarning oziqlanishida muzliklar 35%, qor 30-55% ni 
tashkil etadi. 3.Qordan oziqlanadigan daryolar (Norin, Qoradaryo, To‗polon, 
Kofirnigon, Sherobod, Shohimardon va boshqalar). Qordan oziqlanishi 40-
65%, yomg‗irdan 1-5% ga to‗g‗ri keladi. 4.Qor-yomg‗irdan oziqlanadigan 
daryolar (G‗uzor daryosi, Sherobod, Boroldoy va boshqalar). Daryolar 
oziqlanishining 40-55% qorga, 3-15% i yomg‗irga to‗g‗ri keladi. 
O‗rta Osiyoning tekislik qismida, ya‘ni tog‗ oldi tekisliklarida va daryo 
vodiylarida, asosan, yer osti suvi bilan oziqlanadigan «Qora suv» tipidagi 
daryolar ham bor. Masalan, Zarafshon daryosi vodiysida yil bo‗yi bir xil 
me‘yordagi suv harajati bilan oqadigan Qorasuv nomi bilan ataladigan daryo. 
O‗rta Osiyo tog‗larida o‗rtacha ko‗p yillik oqimning miqdori bir xil emas. 
Sersuvligi bilan janubdagi tog‗ tizmalarining janubiy va janubi-g‗arbiy yon-
bag‗irlaridan suv oluvchi daryolar ajralib turadi. Daryolarning sersuvligi 
orografik sharoit, ya‘ni g‗arb, shimoli-g‗arbdan keladigan nam havo massasiga 
nisbatan tutgan o‗rniga qarab, suv harajati shakllanadi. V.L.Shuls (1963) 
ma‘lumoti bo‗yicha, O‗rta Osiyoning tog‗li qismida sekundiga 5 000 m
3
dan 
ortiqroq yoki yiliga 160 km
3
miqdoridagi suv hosil bo‗ladi, uning tekislik 
qismiga esa sekundiga 4900 m
3
yoki yiliga 155 km
3
suv keladi. L.S.Berg 1900 
yillarning boshida xomaki hisob-kitob qilib, O‗rta Osiyoning tog‗li qismidan 
uning tekislik qismiga yilliga 150 km
3
suv tushib kelishini aytgan edi. 
O‗lkaning tog‗li qismidan tekislik qismiga har yili 16 km
3
yer osti suvi o‗tadi. 
O‗rta Osiyo daryolarining yillik suv harajati sarfi ularning to‗yinishiga 
(oziqlanishiga) bog‗liq. Umuman olganda, O‗rta Osiyo daryolarining suv 
harajati qishloq xo‗jaligi, dehqonchilik, ayniqsa, sug‗orma dehqonchilik uchun 
juda qulaydir. Daryolar suv sarfi harajatining eng ko‗payishi yozga, ayni suvga 
talab ko‗p bo‗lgan vaqtga (iyun-iyul-avgust oylariga) to‗g‗ri keladi. Masalan, 
Zarafshon daryosi yillik suv sarfi harajatining 82% i, Chu daryosining 60% i, 
Norin daryosi – 70% i yoz oylariga to‗g‗ri keladi. Muzliklardan oziqlanadigan 
daryolar suvining ko‗payishi, ya‘ni muzliklarning eng ko‗p erishi iyul va avgust 
oylariga to‗g‗ri keladi. Yomg‗ir suvlari bilan oziqlanuvchi daryolar vaqtincha 
oqar suvlar bo‗lib, yomg‗ir mavsumi tamom bo‗lgandan keyin iyun oylarida 
kurib quruq o‗zanlarga aylanib qoladi. Yer osti suvi bilan oziqlanuvchi 
daryolarning suv hajmi qariyib yil bo‗yi bir xildir. 
O‗rta Osiyo daryolarining oqim moduli (modul – ma‘lum bir vaqt birligida 
daryo havzasining ma‘lum bir maydondan oqib o‗tadigan suv birligi) har xildir. 
V.L.Shulsning ma‘lumoti bo‗yicha, O‗rta Osiyo tog‗larining o‗rta modul oqimi 
– 6,1 m/sek ga tengdir. Oqim modulining birligi orografik sharoitga bog‗liq 
bo‗lib, tik zonallik qonuniyatiga ham bo‗ysinadi. Hisor tog‗ining janubi-
g‗arbidan va G‗arbiy Tyanshanning janubidan suv oluvchi daryolarning oqim 


44 
moduli katta. Bu joylardagi tog‗larning 3000 m balandliklarida bir kv.km 
maydondan sekundiga 30-50 metr kub oqim vujudga keladi. Umuman olganda, 
O‗rta Osiyo tog‗larining 2000-2500 metr balandliklaridan, 10-17 litr, 1500-
2000 metr balandliklarida 7-10 litr, 1000-1500 metr balandliklarida esa oqim 
modulining miqdori bir km. kv. yuzada sekundiga 0,5-1,0 litr oqimni vujudga 
keltiradi.
O‗rta Osiyo daryolarining «qattiq oqimi» loyqa oqimlari har xil tabiiy-
geografik sharoitga va geologik tuzilishga bog‗liq. V.L.Shuls ma‘lumoti 
bo‗yicha kuchli yemirilish Vaxsh daryosi havzasida kuzatilib, yiliga 1 km
2
yuzadan 2162 t qattiq jinslar yuvilib olib ketiladi. Panj daryosida tog‗ jinslari 
yuvilishi yiliga 390 t/km
2
ortiq. Bu Kofirnigon Surxondaryo va Qashqadaryo 
havzalarida yilliga 200-500 t/km
2
loyqani tashkil yetadi. Havzalar kuchli 
yuvilishi Zarafshon daryosining irmog‗i bo‗lgan Matchoh daryosi uchun ham 
xos bo‗lib, yillik tog‗ jinslarining yuvilishi 760 t/km
2
tengdir. Daryolarning 
yuvilish kuchiga qarab, ular suvining loyqaligi ham shakllanadi. Eng suvi loyqa 
daryolar Vaxsh va Amudaryo bo‗lib uning loyqaligi 3 500 m
3
/gram dan oshib 
ketadi. G‗uzordaryo, Sherobod daryolarining loyqaligi 3 000 m
3
/gramga teng. 
Daryo suvlari loyqaligining yillik darajasini kuzatsak, suvning yil davomida 
eng loyqa davri yoz oylariga, eng kam davri qish fasliga to‗g‗ri keladi. O‗rta 
Osiyo daryolarining o‗ziga xos xususiyatlaridan biri ayrim daryolar qirg‗oqlari 
bir tomonining katta tezlik bilan yemirishidir. Bu tabiiy-geografik hodisa 
asosan Amudaryo uchun xos bo‗lib «degish» deb ataladi. Masalan, 1932 yil 
iyul oyida Amudaryo To‗rtko‗l shahri chetidan uni 500 m qirg‗og‗ini yuvib 
ketgan. Natijada Qoraqalpog‗iston Respublikasining poytaxti Nukusga 
ko‗chirildi.
O‗rta Osiyo daryolarining loyqaligini va yuvib - oqizib keltirayotgan 
jinslari miqdorini bilish ilmiy-amaliy ahamiyatga ega. Chunki daryo oqiziqlari 
va uning miqdorini bilmasdan turib har xil suv inshootlarini (GES, suv ombori, 
kanal, to‗g‗on) qurish maqsadga muvofiq emas. Daryo oqiziqlari, bir tomondan 
suv inshootlariga zarar keltirsa, ikkinchi tomondan loyqalar suv bilan ekin 
dalalariga kelib, cho‗kib tuproq hosildorligini oshiradi. Masalan, Amudaryo 
oziqlari tarkibida ohak, kaliy, fosfor kabi mineral moddalar mavjud. Amudaryo 
suvi bilan sug‗oriladigan har bir gektar maydonga o‗rtacha 3 kg yaqin «o‗g‗it» 
qoldirar ekan. Amudaryo Karki atrofida tog‗dan chiqish joyida har yili 1 mln. t. 
gumus moddasi ham olib chiqadi. Bu esa daryo suvi bilan sug‗oriladigan 
maydonlarga tarqaladi. Lekin keyingi vaqtlarda daryolar havzalarida ko‗plab 
suv omborlarining qurilishi natijasida, daryo suvlarining loyqasi va uning 
tarkibidagi ozuqa moddalari suv omborlari tagida qolmoqda. Masalan, Nurek 
suv omborining tagida har yilli 5 mln. t. gumus yotqizilmoqda va natijada suv 
ombori sathi yildan-yilga ko‗tarilib bormoqda. 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin