Taqriz Hozirgi davrda taraqqiyotimiz taqdirini ma’naviy jixatdan etuk komil insonlar
hal qiladi. Aqliy zakovat, ruhiy, ma’naviy kamolot insofu diyonat, mehr oqibat bular
ma’rifatli, ma’naviyatli insonning asosiy fazilatlaridir. Ana shu fazilatlarni
yoshlarimizda yanada shakllantirish olimlar, ziyolilar va o‘qituvchilar zimmasiga
yuklanadi.
Bu borada jamiyatni yuksaltirish va yoshlarning istiqboli bilan bog‘liq eng
ustivor sohalardan biri sifatida qaralib, yosh avlodni ta’lim tarbiyasiga alohida
g‘amxo‘rlik qilinmoqda.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida o‘quv tarbiya jarayonining barcha tomonlariga
aloqador bo‘lgan strategiya, maqsad va vazifalar, aniq dasturlar majmuasi, inson
omiliga juda katta ahamiyat berilgan.
Shuning uchun ham, kelajakda buyuk taraqqiyotga ega, huquqiy davlat qurishni
maqsad qilgan vatanimiz yoshlarida ijodiy fikrlashni rivojlantirish, ularning yangilik
yaratishga bo‘lgan hohish va istaklarini imkon darajasiga ko‘tarish ko‘zlangan
maqsad va ezgo‘lik yo‘lidagi ta’lim tizimini asosiy tadbirlarirdan biri hisoblanadi.
Shu bois xalqimizning madaniy va ma’naviy boyliklari, milliy qadriyatlarini
chuqur o‘rganib o‘sib kelayotgan yosh avlod bilimi, ma’naviyati, ilmiy
dunyoqarashini boyitishning samarali usullarini izlash zaruriyatini qo‘ymoqda.
Saydamova Dilfuzaning naqqoshlik fanidan “Samarqand me’moriy obidalaridagi
naqsh va bezaklarini badiiy tahlil etish metodikasi” mavzusidagi kurs ishi rejaga
asosan bajarilgan, u II bob, 2 paragrafdan iborat bo’lib, xulosa va foydalanilgan
adabiyotlar ilovalardan tashkil topgan. Kurs ishining I-bobi “Markaziy Osiyoda
me’moriy bezak san’ati“ deb nomlangan bo’lib, unda: Samarqand me’moriy
obidalaridagi naqsh va bezaklarini o’rganish va Registon majmuasi me’moriy
obidalarini o’rganish mazmuni yoritilgan. Kurs ishining II-bobi “Samarqand
me’moriy obidalaridagi naqsh va bezaklarini badiiy tahlil etishning ahamiyati” deb
nomlangan bo’lib, bobda: Sherdor madrasasining peshtoqi naqsh va bezaklarini
badiiy tahlili va Afrosiyob rangtasvir san’ati va uning devoriy suratlari tavsifi
nazariy va amaliy jihatdan yoritib berilgan.
Kurs ishi lotin grafikasida yozilgan. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati mavzuni
yoritib berishga mos keladi.
Ushbu kurs ishini to’liq yakunlangan deb hisoblab, uni kafedrada himoya qilish
uchun tavsiya etaman.