16
tanasini esa epchillik bilan borliqqa aql-zakovati yetadigan ramzda olinadi. Aslida,
dunyoda yo‘lbars tanali sher yo‘q. Shersimon yo‘lbarsni inson obrazida aks ettirgan.
Quyosh nurlaridan ziyo, ya’ni ilm ramzida foydalangan.
Ohu bolasini esa ruhiy
poklik o‘rnida tasvirlagan. Namoyonni esa eng yuqorida yashil va oltin
rangda bezashgan.
Namoyon naqshining ranglarini tahlil qilsak sarg‘ish zarg‘aldoq rang - ziyoni,
oq
rang -ruhiy poklikni, yashil rang -valiylikni, havo rang -yuqori darajani ya’ni
hamma rangni qo‘shib o‘qisak komillik darajasi degan ma’noni bildiradi. (64-
rasm). Namoyon komillik darajasi ramzida ishlatilgan. Inson ziyo(ilm) orqali ruhiy
poklikka erishadi, ruhiy poklik orqali esa komillik darajasiga erishadi, degan falsafiy
g‘oyani ilgari suradi. Oltin nurlarini sherda quyoshda,
islimiy naqshda va
namoyonda ko‘rishmumkin. Inson ziyo orqali olamni biladi va o‘zligini anglaydi.
17
Bu ramziy naqshlar unsiz ovozda ilm haqida bunday deydi: Alloh odamga turfa
ilmlarni o‘rgatgan va boshqa mavjudotlardan farqlagan.
Dostları ilə paylaş: