20
Tuyalar jigarrang, birinchisining ustida fillarning surati solingan kunguralar bilan
bezatilgan doirasimon jul bor. Aynan bu tasvirlar topilgan paytida arxeologlar
o’rganib, yuqoridagidek ta’riflar berishgan. Umuman Afrosiyob devoriy
rasmlarining bir necha nusxalari, O’zbekiston tasviriy san’at muzeyi, adabiyot va
tarix muzeylarida ham mavjud. Bu suratlarni kuzatar ekanmiz, rassom devoriy
rasmda keng manzarani qamrab olishga intilganini ilg’aymiz. Teparoqda joylashgan
manzaradagi oq qushlar tasviri esa devoriy suratga yanada badiiy mazmun kiritgan.
Tasvirda oq qushlarning harakati bir- biriga uyg’unlashib ketganki bu manzarada
o’ziga xos musiqiy ohang jaranglab turgandek. Kompozisiyaning rangga boy qilib
tasvirlanganligidan Afrosiyob tasviriy san’ati nihoyat darajada badiiy yutuqlarga
ega ekanligini ko’ramiz. Deroriy suratlarning juda ko’p qismi turli sabablarga ko’ra
o’chib ketgan. Lekin, shunga qaramasdan, bu suratlar mazmunini tushunib olish
mumkin.Masalan, beligacha saqlanib qolgan erkak kishining tasviridagi salobatlilik
alohida ahamiyat kasb etgan. Musavvir obrazga urg’u berish bilan birga uning
martabali kishi ekanligini ko’rsatmoqchi bo’lgan ko’rinadi. G’arbiy devorga
ishlangan suratlar, ayniqsa, uch kishini qimmatbaho kiyimlarda aks ettirilishi oddiy
tomoshabinni hayratga solibgina qolmasdan, har qanday san’at ustasini ham o’ziga
jalb qila olishi tabiiydir. Mato va liboslardagi bu tasvirlarda humo qushi, qanotli ot,
echki, tovus kabi turli qush va hayvonlar anatomik tuzilishiga mos aks ettirilgan. Bu
esa musavvir mahoratidan darak beradi.
Ko’plab obrazlar, boy va sermazmun xarakterga ega bo’lgan. Afrosiyob devoriy
rasmlari nafaqat tasviriy san’atimiz merosini, balki butun sharq xalqlari tarixini
o’rganishda ham juda katta ahamiyatga ega.
Dostları ilə paylaş: