Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti sport faoliyati va san



Yüklə 1,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/15
tarix12.05.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#112483
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Kurs ishi.Saydamova Dilfuza

 



I BOB. MARKAZIY OSIYODA ME’MORIY BEZAK SAN’ATI. 
1.1. Samarqand me’moriy obidalaridagi naqsh va bezaklarini o’rganish. 
Qadim va shavkatli Turonning poytaxti Samarqand shahrining tarixi moziyning 
chuqur, bir necha ming yillik tubidan boshlanadi. Bu shaharning Afrosiyob, 
Cho‘pon ota, Registon kabi tarixiy qismlari alohida o‘z kechmishlariga ega 
ekanligini hamma ham bilavermaydi. Biz quyida Samarqandning yuragi 
hisoblangan ko‘hna va ulug‘vor Registon haqida hikoya qilmoqchimiz. Registon 
deganimizda ko‘z oldimizga ajdodlarimizning muhrlanib qolgan, Samarqandning 
shon-shavkatli kunlaridan tirik guvoh – xotira, uch ulug‘vor madrasa – Ulug‘bek, 
Tillakori va Sherdorlari qad rostlab turgan tarixiy maydon keladi. Bu maydon 
nimalarga 
guvoh 
bo‘lmagan 
deysiz. 
Samarqandning 
olimu-ulamolari, 
erk uchun kurashga otlangan botirlar shu maydonda oqsaqollardan oq fotiha 
olganlar. 
G’oliblar 
ham 
shu 
maydonda 
olqishlanganlar. 
Yuqorida 
ta’kidlaganimizdek, Registon uzoq o‘tmishga ega. Arxeologik tadqiqotlarning 
ko‘rsatishicha, ibtidoiy davrlarda bu yerda changalzorlar bo‘lib, unda har xil 
yovvoyi hayvonlar yashagan. Shuningdek, bu erdan juda qadimgi ariqning ko‘hna 
o‘zani ham topildi. Ariq, hozirgi So‘zangaron ko‘chasi tomonidan kelib, Siyob 
bozori tomonga o‘tib ketganligi ma’lum bo‘ladi. Samarqandga Iskandar Zulqarnayn 
bostirib kelganida shahar Afrosiyobda bo‘lib, hozirgi Registon maydonining o‘rni 
shahar chekkasi hisoblangan. VII asrda Samarqand arablar tomonidan istilo 
qilingach, lashkarboshi Qutayba ibn Muslim shahar aholisining katta qismini 
shahardan ko‘chirib yubordi va ularning o‘rniga arab lashkarlarini joylashtirdi. 
Bundan tashqari mahalliy xalqning shahar ichkarisiga kirishini cheklab qo‘ydi. 
Mahal
 
liy aholi yashash uchun yangi joy izlashga majbur edi va hozirgi Registon 
maydoni o‘rni va atrofida yangi turar joylar paydo bo‘ldi. Aynan shu davrlarda bu 
yerda hunarmandlarning ustaxonalari, savdo rastalari bunyod etildi. XI-XII asrlarda 
Registon maydoni va uning atrofidagi mahallalar mudofaa devori bilan o‘ralib, 
“tashqi shahar” deb atala boshlandi. 1220-yili qadimgi Samarqand – Afrosiyob 
Chingizxon tomonidan batamom vayron qilingach, bu yerda yashashni iloji 



qolmaydi. Omon qolgan xalq hozirgi “eski shahar” tomonga, ya’ni Registon 
maydoni atrofiga o‘rnasha boshladi. 
Bu yerdan oqib o‘tuvchi kanal ancha kengayib sayozlasha boshlaydi, shundan 
so‘ng kanal uchun yangi o‘zan qazilib jilovlanadi. Kanalning eski o‘zanida juda ko‘p 
qum to‘planganligi uchun bu joy Registon, ya’ni “qumloq joy” deb atala boshlagan. 
Sohibqiron Amur Temur davrida Registon maydoni o‘rnida markaziy bozor 
joylashgan, shuningdek, bu yerda Jahongirning xotini Tuman oqa tomonidan barpo 
qilingan, usti yopiq tim – rastalari qurilgan edi. Registon maydonining me’moriy 
jihatdan shakllanishi Mirzo Ulug‘bek hukmronligi davridan boshlanganligi ma’lum. 
Samarqandda 40 yil hukmronlik qilgan ulug‘ munajjim bu shaharning obodonchiligi 
borasida hech narsani ayamadi. Ulug‘bekning farmoni bilan Tuman og‘a timining 
g‘arbiy tomonida hashamatli madrasa o‘z salobati va go‘zalligi bilan 
zamondoshlarning hayratiga sazovor bo‘lgan. Uning to‘rt yonida to‘rtta baland 
minora bunyod qilingan. Madrasaning ichki hovlisida bir necha qulay va shinam 
hujralar, darsxonalar qurildi. Hovlidagi hovuzchada limmolim suv jimirlab turar, 
unga quyosh nuri tushgach esa 3 devorlardagi naqshlarga quyosh nuri urilib, kishi 
ko‘zini qamashtirar darajada aks berar edi. Mirzo Ulug‘bek Registonda madrasadan 
tashqari ulkan xonaqoh va ulug‘vor karvonsaroylar ham bunyod qildirdi. 
Bulardan tashqari bu erda qurilgan sharqona hammom ham barchani lol qoldirgandi. 
Registon maydoni XVII asrda yana ulkan qurilish maydoniga aylandi. Bu yerda 
Samarqand hokimi Yalangto‘shbiy Bahodir bir-biridan go‘zal ikki madrasa bunyod 
qildirdi.
Ulug‘bek madrasasining qarama-qarshisida qad rostlagan Sherdor madrasasi 
qurilishi 1619-yili boshlangan bo‘lib, uning loyihasini yaratgan me’morlar har 
tomonlama Ulug‘bek madrasasiga monand qilishga harakat qilganlar. Sherdor 
madrasasining devorlarida uni qurgan usta-me’mor Abdul Jabbor va bezaklarini 
yaratgan mohir usta Muhammad Abboslarning nomlari abadiy muhrlanib qolgan. 
Ushbu madrasa qurilgan paytida xalq orasida va hujjatlarda “Yalangto‘shbiyning 
katta madrasasi” deb atalar edi, ammo keyingi davrlarda noto‘g‘ri ravishda Sherdor 
deya atalib ketgan. Registon maydonida bunyod qilingan uchinchi madrasa Tillakori 



madrasasidir. Bu madrasa ham Yalangto‘shbiy Bahodir tomonidan 17 yil davomida 
barpo qilingan. XVII asrlarga kelib Amur Temur jome’ masjidi anchayin xarobaga 
aylanganligi tufayli va Registondagi Alika Ko‘kaldosh masjidi batomom yo‘q 
bo‘lganligi sababli Samarqand ahli yangi jome’ masjidiga ehtiyoj sezardi. Buni 
yaxshi anglagan “Yalangto‘shbiyning kichik madrasasi” degan nom olganligiga 
qaramay keyinchalik “Tillakori” degan nom bilan atalib ketdi. Bir necha asrlardan 
buyon ajdodlarimizning shonshavkatini, daholiklari va qudratlarini olamga ko‘z-
ko‘z qilib kelayotgan Registon maydoni bugungi kunda ham ulkan tantanalar, 
shodu-xurramliklar o‘tkaziladigan Bosh maydon sifatida o‘z ahamiyatini saqlab 
qolgan. 

Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin