5
Ashyolarni o’rganish: xar bir rasm aloxida tekshiriladi.
Rasmda ishtirok
etgan geometrik shakllar (uchburchak, turtburchak,
aylana soni alohida sanalib,
shakllar soni uch xil belgilanadi.
Uchburchak - 3 ta.
Aylana - 3 ta.
To’rtburchak - 4 ta.
Endilikda chiqqan miqdorga binoan inson xarakteri ifodalanadi. (334) kabi.
1 tip. Boshliq boshqaruvchi. Bunga: 901, 910, 802, 811, 820, 703, 712,
721, 730, 604, 613, 622, 631, 640 lar kiradi.
Qattiqqo’l boshliqlar: 901, 910, 802, 811, 820.
Vaziyatdagi boshliqlar: 703, 712, 721, 730.
Ta’lim-tarbiya boshliqlari: 604, 613, 622, 631, 640.
Bu tipdagi o’quvchilarda asosan o’zini ustun qo’yish, liderlikka intilish yaqqol
ko’zga tashlanadi. Ko’proq xolerik temperament egasi hisoblanadi. O’zining
jamiki g’ayratini asosan ijtimoiy sohadagi juda muhim masalalarni tahlil qilish va
o’rganishga qaratadi. Yaxshi suhbatdosh, yoki ma’ruzachi ham bo’lishi mumkin.
o’qituvchilik kasbida yuksak muvaffaqiyatlarga erishadi.
Tashkiliy va
boshqaruvchanlik faoliyatida asosan juda layoqatli. Boshqaruvchanlik sohasida
aqlli, farosatli va o’ylab ish qiladigan xususiyatga ega boladilar. Ko’proq
yashil
rangni yoqtiradi. (M.Lyusher testi bo’yicha). Ular daraxt testida esa archa
rasmini solishadi.