kitoblaridan ba`zi qismlari uning yig`ma parchalar to`plami «Xo`rdak
Avesto» kitobida jamlangan. Masalan, Exrpatatsan kitobidan mo`badlar
(kohinlar)
uchun
qonun-qoidalar,
diniy
boshqaruv
tizimiga
xos
ma`lumotlarga oid qismlari, Nirangatsan – diniy-mavsumiy, ijtimoiy
marosimlar tartib-qoidalari qismi, 20-naskda jonning u dunyodagi ahvoli
haqidagi qismi va boshqalar shu kitobda saqlangan. Avesto haqida eng
muhim manba IX asrga oid «Dinkard» (din amallari) asaridir. Unda
Avestoning 21 kitobi to`la ta`riflab berilgan. Bu ta`riflar savobli ishlar
yo`riqnomasi, diniy marosimlar va rasm-rusumlar qoidasi; zardushtiylik
ta`limoti asoslari; dunyoning Axura-Mazda tomonidan yaratilishi; oxirat kuni
va undagi hisob-kitob; falakiyot; ijtimoiy-huquqiy qonun-qoidalar;
Zardushtning tug`ilishi va bolaligi; haq yo`lini tutish; jamiyat a`zolarining
haq-huquqlari; devlar, jinlar kabi yovuz kuchlarga qarshi o`qiladigan duolar,
amallar va boshqalardan iboratdir. Zardushtiylik dini haqida frantsuz olimi
Anketil-Dyuperron juda qimmatli ma`lumotlar qoldirgan. Masalan, Anketil-
Dyuperron 1755 yilda Hinditsonga ilmiy safar qilib, u yerdagi zardushtiylar
orasida uch yil yashagan, ularning ibodatlari, urf-odatlarini yaxshi o`rgangan
va Avestoni frantsuz tiliga tarjima qilgan. Uch jildlik tarjima 1771 yilda
nashr etilgan. Ayni paytda, shuni ham ta`kidlash joizki, olimlarimizning
fikricha, Avesto G`arbiy Yevropa, Eron va Hinditson tillari orqali bizga yetib
kelgani uchun undagi nomlar, atamalar aksariyat hollarda asliga to`g`ri
kelmaydi. Avestoda turkona jihatlar kam qolgan. Zartushtiylikni o`rganish
hozirgi kunlarda ham faol olib borilayapti. Ta`kidlash kerakki, bu sohadagi
tadqiqotlar O`zbekiston uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki milliy
qadriyatlar va ko`p qatlamli diniy tajribada mazkur dinning tutgan o`rni
beqiyosdir.
Dostları ilə paylaş: