4. "AVESTO" VA QADIMIY DEHQONCHILIK AN`ANALARI
XUSUSIDA AYRIM MULOHAZALAR.
Tarixdan ma`lumki, insoniyat sivilizatsiyasining qadimgi markazlari
paydo bulishi va rivojlanishida dehqonchilik madaniyati muhim omil
bo`lgan. Dunyo sivilizatsiyasining qadimiy markazlaridan biri bo`lgan
Sharqda dehqonchilik madaniyatining shakllanishi va rivojlanishi sug`orma
dehqonchilikka asoslanganligi bilan ajralib turadi. Bu borada aytish joizki
O`rta Osiyo zaminidagi eng qadimgi dehqonchilik madaniyati Joytun
madaniyati
bo`lib
melodgacha
bo`lgan
6-4
ming
yilliklarda
shakllanganligidan dalolat beradi.
Dehqonchilik
tarixini
o`rganish
tarixning
turli
boskichlarida
halqlarning ijtimoiy-iktisodiy tizimini va ishlab chikarish kuchlari
rivojlanishini xujalik-madaniy tiplar tarixi muammolarini ilmiy tahlil
qilishda royat muhimdir. Qadimga dehqonchilik madaniyati, an`anaviy
dehqonchilik xujaligi va u bilan bog`liq marosimlar hamda agrar kultlar
tarixchi, arxeolog va etnolog olimlar uchun doimo dolzarb va qiziqarli
muammolardan biri bo`lib kelgan va bu borada mutaxassislarning olib
borgan ilmiy tadqiqotlari natijasida ma`lum amaliy natijalarga ham
erishilgan.
Ayniqsa bu borada O`zbekiston xududidagi dexqonchilik va
dehqonchilik madaniyati tarixi, sug`orma dexqonchilikning shakllanishi va
rivojlanish bosqichlari hamda u bilan borliq bo`lgan urbanistik jarayonlar
doimo dolzarb muammolardan xisoblangan. Inchunun Vatanimiz
xududidagi eng qadimgi dsxqonchilik madaniyati tarixi, dexqonchilik
marosimlari va ularning genezisini tadqiq qilishda o`tmish ajdodlarimiz
turmush tarzini o`rganixda, tarixiy jarayonlarni rekonstruksiya kilishda
hamda halqimizning qadimgi davlatchilik an`analari va mintakadagi
qadimgi urbanistik jarayonlarni ilmiy-asosli tarzda o`rganixda muhim
ahamiyatga ega.
Bu borada jaxon fanida boy tajriba tuplangan bo`lib nemis
folklorshunosi V. Mannxardt tomonidan ilk bora dehqonchilik bilan turli
afsonalar va obrazlarda usimliklar olamining jonlaniish sirlari namoyon
bulishi muammosi ilgari surilgan. V. Mannxardtning ta`kidlashicha,
marosimlar va kultlar asosida inson tabiatdagi barcha boshka mavjudotlar
kabi usimliklarda yashaydi degan qarash mujassamlashgan. Olimning
fikricha, ruxning usimlikka evrilishi tug`risidagi mifologiya quyi
mifologiya yukori iloxdar tug`risidagi mifologiyaga asos bo`lgan va aynan
quyi mifologiya o`ziga xos yashovchan bo`lgan hamda uning izlari
dehqonchilik marosimlarida yaxshi saqlanib qolgan.
Mashxur ingliz tadkikotchisi J. Frezer Mannxardt materiallariga
suyangan xolda qadimiy agrar diniy dunyoqarashga oid manzarani qayta
tiklagan va uning rivojlanish boskichlarini kursatgan hamda antik kultlar
madaniyatning turli rivojlanish boskichlarida oralik bug`in tarzida
ahamiyatta ega deb ta`kidlagan. Qolaversa etnolog olim tarixiy-taqqoslash
usuli asosida ilk mifologik qarashlar va rituallar bilan Yevropa halqlarining
dehqonchilik marosimlarining o`zaro bog`liqligini kursatib berishga xarakat
kilgan .
Darhaqiqat dehqonchilik an`analari qadimiy ildizlarga bog`lanishi
bilan birga o`ziga xos marosimlarga ham ega bo`lgan. Har bir dehqonchilik
mavsumida aynan bir vakt takrorlanuvchi ish jarayoni turli an`ana va urf-
odatlarni shakllanishiga sabab bo`lgan.
Biz quyida mintakamizdagi dehkonchilik madaniyatining ilk
ko`rinishlari
va
rasm-rusumlarini
yozma
manbalar,
jumladan,
zardushtiylarning mukaddas kitobi "Avesto" malumotlari asosida taxlil
kilishga hamda ularning o`zbek halqi an`anaviy dehqonchilik marosimlari
bilan uyrunligini kursatishga xarakat kilamiz4.
Ma`lumki, "Avesto"da ilk dehkonchilik va chorvachilik madaniyati
bilan bog`liq ijtimoiy tartib qoidalarga oid qarashlar va turli-tuman
marosimlarga ham keng urin berilgan. Jumladan, mazkur manbada
dehqonchilik bilan chorvachilikni yaratgan zot Axura Mazda nazdida eng
ma`kul ish tarzida madx kilinadi. Ayniksa, dehqonchilikka oid mexnatni
xurmat kilish, sevish va kadrlash ta`kidlangan. Shundan kelib chikib
zardushtiylik axlokiy qarashlari bevosita dehqonchilik dehqonlar va
chorvadorlar axlokiy dunyoqarashini aks ettiradi.
Dehqonchilikning yaxshi tomonlari Zardushtning ikkinchi farzandi
Arvatatnara obrazida mujassamlashgan. Unga xos xususiyatlarga konunga
va ijtimoiy tartibga itoat kilishlik hamda sabr-bardoshlilik kirgan.
Shuningdeq mazdaparastlar tasavvuriga kura olamdagi birinchi dehqon
Arvatatnara xisoblanadi. "Vendidod"ning 2-fargard, 42-bandida qayd
etilishicha, Yimaxshayati (Jamshid) bunyod etgan var axli orasida Zardusht
va Arvatatnara eng buyuk va eng donodir. "Bundaxishn"da keladi:
"Arvatatnara dehqonlarning ulug`i edi, endi Jamshid bunyod kilgan varning
buyugiga aylandi5. Shu urinda aytib utish joizki, zardushtiylik an`anasiga
kura Arvatatnara abadiy zotlar sirasiga kirgan.
"Avesto"ning juda kup urinlarida xosildorlikni oshirishdagi asosiy
omillardan biri yerning zaxini qochirish, shurini yuvish deb maslaxat
beriladi. Zardushtiylarda yaxlit bir agromadaniyat yaratish uchun maxsus
irrigatsiya tizimi va yer maydonlarini jamoa a`zolari o`rtasida tartibli
taksimlanishiga amal kilingan. Shu urinda aytib ugish kerakki jinoyat uchun
odamlarga beriladigan jazo turlari ichida suv inshootlari kurishda majburan
ishlatish chorasi ham bo`lgan (bu og`ir jismoniy mexnat xisoblangan). Bu
davrda yer jamoa mulki bo`lgan bulsa-da chorva xususiy mulk bo`lganligini
"Avesto"dan kurishimiz mumkin.
"Avesto"da
dehqonlarni
vastriofishuyant
deyilgan.
Bu
so`zning
etimologiyasiga nazar tashlasak zardushtiylar ajdodlarining an`anaviy
kuchmanchi mashg`uloti — chorvachilik bilan bog`lik juda qiziq bir
manzaraning guvoxi bulamiz. Avestoshunos olim A. O. Makovelskiyning
yozishicha, "vastriofishuyant" iborasi yasalishiga kura murakkab so`z bo`lib
uning birinchi tarkibiy kismi yirik shoxli koramol chuponi, ikkinchi qismi
esa mayda shoxli chorva chuponi ma`nolarini bildirgan. Ushbu ikki
so`zning kushilishidan keyinchalik dehqon so`zi paydo bo`lgan"6.
"Vendidod" va "Visperad"ning aloxida qismlarida yerga ishlov berish,
ekin ekish, yerning meliorativ xolatini yaxshilashga oid qator yul-yurikdar
bayon qilingan. Jumladan, "Vandidod"ning uchinchi fargardi, 4-bandida
Zardushtning Axura Mazdaga qarata "zamini hammadan kura baxtiyorrok
bo`lgan dunyodagi uchinchi joy qayr?" — degan savoliga javob tariqasida
Axura Mazda: "Ey Sipiytmon Zardusht! Bunday joy bir Ashavan
hammadan kura kuprok bug`doy, yog` va mevali daraxtlar ekkan, odamlar
kuruk yerlarga suv chikargan, suvli yerlarni shudgor kilgan zamindir"7 deb
javob bergan. Shuningdek "Vendidod"da ta`kidlanishicha, o`zok vakt
ekilmagan va omoch tegmagan zamin baxtsizdir. U omochni orzu kiladi.
Bunday zamin balog`at pallasiga kirgan sohibjamol qizdir. Bu oila kurish,
kiz farzand kurishni xoxlagani singari, xaydalmagan yer ham kushchini
kutadi"8.
Halqimiz dunyoqarashi va dehqonchilikka oid an`anaviy xujalik
mashg`ulotida xozirgacha ushbu qarashlar bilan bog`liq ayrim ko`rinishlar
saqlanib qolgan bo`lib buni bevosita etnografik ma`lumotlar ham
tasdiklaydi. Jumladan, o`zbeklarda yerni xaydash, uni ekishga tayyorlash,
suv keltirish, zamin bag`rida yetishtirilgan xosilni yigib olish savob,
dehqonchilik eng sharafli mashg`ulot hisoblanadi. Ayniksa, dehqonchilik
mavsumini boshlanishi o`ziga xos tantana tarzda nishonlangan bo`lib, XX
asrning birinchi choragigacha respublikamizning kator mintakalarida
baxorgi shudgor oldidan "is chikarish" marosimi utkazilgan. Xar bir oilada
ayollar bug`irsoq cho`zma ("is") pishirishgan. Qozonda moy yaxshi
kizitilib, sungra unga hamir tashlangan. Guyoki, marxumlar shu moy
kizishini eshitib, ruxdari shod bulishib, karindosh-urug`larga omad
tilashadi. Yerni xaydashdan oldin xukizlarning shoxlari va buynturig`ini
yog` bilan moylaganlar15.
Xukizlarni yomon ko`zdan asrasin, deb tumorlar taqilgan. Keksalarning
ta`kidlashlaricha, mazkur odat zaminida uning shoxlari moylanib, bakuvvat
bo`lgan xukiz yil buyi xormay-tolmay ishlasin, - degan magik niyat
mujassamlashgan. Dastlabki egat olish yoki urug` sepishni oila yoki
qishloqdagi xurmatli keksalar boshlab berishgan.
"Avesto"da yozilishicha, "kimda-kim bug`doy eksa, u Ashaxni
(Haqiqat) ekadi. U Mazda dinini yana va yana kukartiradi. U Mazda dinini
yuzlab hamdu sano, nazru niyoz va o`n minglab kurbonliklar
kuvvatlantirgandek kudratli kiladi. Qachonki egatlarda urug` yetilsa, devlar
urinlaridan ko`chadilar. Qachonki bug`doy gurkirab kukarsa devlar
dahshatlardan titray boshlaydilar. Qachonki bug`doy un bulsa, devlar nola
chekadilar. Qachonki bug`doy xirmonga uyulsa, devlar nobud buladilar.
Qay bir xonadonda bug`doy bosh chikarsa u xonadonga devlar yakinlasha
olmaydilar. Qay bir xonadonda bug`doy ombori bulsa guyo qizdirilgan
temir devlar buynini chirmab tashlaydi"9. Ko`rinadiki, "Avesto" paydo
bo`lgan davrda g`alla ekish, don yetishtirish, umuman, dehqonchilik
madaniyati yetarli darajada rivojlangan ekan.
Biz o`zbek halqining an`anaviy turmush tarzi bilan bog`liq qarashlar va
marosimlarni ko`zatar ekanmiz, yer, don va nonga bo`lgan o`ziga xos
xurmat-extiromni turli-tuman udumlar va marosimlarda hozirgacha saklanib
kelayotganligini kurishimiz mumkin. Farg`ona vodiysi o`zbeklari orasidagi
halqona qarashga kura bug`doy, olma, kovun, anjir va rayxon dastlab
jannatda o`sgan. Shu bois ushbu usimliklar va mevalar doimo e`zozlangan.
Ayniksa halq orasida yerga bug`doy sepish eng xayrli amallardan biri
sanalgan va bug`doy ekilgan maydonlarni oyoq osti kilish gunoh
xisoblangan. Kolaversa bug`doydan tayyorlanadigan taomlar ham aloxida
kadrlangan. Jumladan, baxorda iliko`zildi paytida ayollar tomonidan
namlangan bug`doyni kuklatib sumalak tayyorlash va qolaversa bir marta
sumalak tayyorlangan uyda yetti yil mobaynida xar yili bir marta sumalak
pishirish udumlari xozirgacha davom etib kelmokda. Shu urinda
halqimizning nonga bo`lgan xurmat e`tiborini aloxida ta`kidlab utishimiz
lozim. Asosiy xujalik mashg`ulotlaridan biri dehqonchilik bo`lgan o`zbek
halqida non azaldan asosiy va tansik iste`mol mahsulotlaridan bulishi bilan
birga non bilan bog`liq kator marosimlar va urf-odatlar shakllangan.
Jumladan, non hech qachon oyok ostiga tashlanmagan. Nonni bosish og`ir
gunox xisoblangan. Bundan tashkari kelinni kuyovnikiga ko`zatishda
boshiga non quyish odati bo`lgan. Farg`ona vodiysi o`zbeklari qadimiy
odatga kura g`alla somonini xech qachon o`choq va tandirga yoqishmagan.
Chunki donni-nonni yokish og`ir gunoh deyiladi 10. Axborotchilarimizning
ta`kidlashlaricha, non bor joyga turli ins-jinslar va yovo`z kuchlar
yakinlashmas ekan. Shu bois yomon ko`zdan, yovuz kuchlardan asrovchi
vosita sifatida, yangi tug`ilgan chakalokni yoki xatna kilingan bolaning
yostigi ostiga boshka kator magik xususiyatga ega buyumlar bilan birga non
quyilgan. Xorazmda non bulaklarini tumor kilib taqilgan va non uchun
hamir tayyorlab quyilgan yerga (masalan, tandir oldiga) jin, parilar
yakinlashmaydi deyiladi.
XX asr boshlarida o`zbeklarda ba`zan ekinlar rivoji past bo`lib, xosil
kam bulsa va bu xodisa ikki-uch bora qaytarilsa, bunday yerlarga odamlar
salbiy nazar bilan qarashgan. Giyox unmaydigan yoki kam xosilli
paykallarni «it tekkan yer» (ins-jins tekkan manosida), "xudo qarg`agan
yer" deb nomlashgan. Xorazmda ulgan odamning jasadi tekkan yerni nopok
yer deyilgan. Agar ekin ekiladigan yerda odam jasadi yoki uning suyaklari
topilsa, bu joy xarom xisoblangan. Bunday yerni besh marta sugorgandan
keyingina ekin ekishgan. Ayrim joylarda esa bunday srlarniig atrofini juyak
olib urab quyishgan va ikki-uch yil davomida sug`ormaganlar, ekin
ekmaganlar. Biz bu udumga aynan uxshash ko`rinishni "Avesto" kitobida
uchratamiz. Zardushtiylarning "murdaning nopokligi" konsepsiyasiga kura
zardushtiylik paydo bo`lgan dastlabki paytlarda tuprokning xolatini
bo`zmaslik maksadida va murdani "marosimiy makrux" xisoblangani bois
o`lik yerga kumilgan. Murda odamlar nazaridan yiroqqa-baland tepaliklarga
eltib maxsus supalarga quyilgan. "Veididod"ning 7-fargardi, 7-bulimida
Zardushtninig Axura Mazdaga karata "oftob ostida yotgan odam jasadi
yerga tushib ketsa, yer necha vaktdan sung o`zining pokizalik xolatiga
qaytadi? — degan savoliga javob tarikasida "oftob ostida yotgan odam
jasadi yerga tushib ketgan laxzadan bir yil utgach, zamin o`zining poklik
xoliga qaytadi" — deb javob bergan. Boshka urinda Axura Mazda
Zardushtga karata "odam jismi tuprokka topshirilgan laxzadan ellik yil
utganidan sung zamin o`zining poklik xoliga qaytadi" — deb ta`kidlagan11.
Demak biz bundan halqimizning dehqonchilik bilan bog`liq kator urf-
odatlari kecha yoki bugun uylab topilmagan, balki o`zining kupming yillik
tarixiga ega ekanligiga yana bir bor amin bulamiz. Fargona vodiysi
o`zbeklarida yerga dastlabki ishlov berish, yani yil boshidagi dastlabki
dehqonchilik yumushlari Navro`z tantanalari bilan bir vaktda boshlangan.
Navro`z ayyomi dehqonlar uchun ayniksa ahamiyatli bo`lgan. Chunki
yukorida aytganimizdeq bu kunlarda ekin ekish, dala, bor yumushlari
boshlangan. Dehkonlar, bog`bonlar va chorvadorlar ayozli kunlardan omon-
eson chikib, baxorning issik kunlarini intiklik bilan kutib, katta
dehqonchilik
ishlariga
jiddiy
tayyorgarlik
ko`rganlar,
omoch-
buyinturiklarni, molalarni sozlab, taxt kilishgan, otlar sovutilgan, aravalar
to`zatilib ishga yarokli xolga keltirib quyilgan. Asosiy ishchi kuchi bo`lgan
xukizlarni yaxshi parvarishlab, ularni yer xaydashga olib chikishgan. Shu
bois ham o`rta asrlarda Buxoroda bu dehqonchilik bayrami "Navro`zi
kishavorzon" – ―dehqonlar bayrami" deyilgan12. Zaxmatkash dehqonlar
aynan ushbu kun qo`sh chikarib urug`ni yerga qadaganlar.
Dostları ilə paylaş: |