Issn 2181-922X 15—31 Talaba-yoshlarda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish ko‘nikmasini shakllantirish



Yüklə 390,32 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/11
tarix13.05.2023
ölçüsü390,32 Kb.
#112727
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
наргиза

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Tematik
Konspekt turlari:
Rejali – oldindan tayyorlangan reja yordamida tuziladi: uning 
har bir bandiga konspektning tegishli qismi mos keladi;


24
Nargiza MUSULMANOVA
Matnga doir – ko‘pincha mantiqiy o‘tishlar bilan bog‘langan 
ko‘chirmalardan tashkil topadi;
Erkin – ko‘chirmalar, ba’zan tezislar aralashmasidan iborat 
bo‘ladi;
Tematik – matnning butun mazmunini aks ettirmaydi, faqat 
muayyan, aniq mavzuni ishlaydi, qo‘yilgan savolga javob beradi;
Xronologik – hodisalarning o‘zini ko‘rsatish asosida ularning 
xronologik izchilligini aks ettiradi;
Tahliliy – ko‘pincha bir necha manbadan foydalanib aniq 
mavzuni ochib beradi.
Bugungi kunda O‘zbekistonda Oliy o‘quv yurtalarida talaba 
mustaqil ishlari, ko‘pincha, referat holida qabul qilinadi. Referat o‘zi 
nima, uni yozishning tartibi qanday, unda nimalar aks etishi lozim, 
uning talaba bilimi uchun qanchalik amaliy ahamiyati mavjud? Shu 
va shunga o‘xshash ko‘plab savollar talabalarga bu topshiriqni be-
rayotgan o‘qituvchining oldida ham kun tartibida turishi kerak. Bi-
ror mavzuni ko‘r-ko‘rona ko‘chirib kelib, uni topshirib qutilib ketgan 
bilan talabaning bilimiga bilim qo‘shilib qolmaydi, faqat kafedrada 
“makalatura” yig‘iladi, xolos.
Referat (lot. refero – axborot beryapman) – biror ilmiy asar, 
maqola, o‘qilgan kitob va sh.k. mazmunining qisqacha yozma va 
og‘zaki bayoni; o‘rganilgan ilmiy masalaning natijasi haqida axborot, 
tegishli adabiyot va boshqa manbalarning qisqartirilgan shahrli 
tahlilini o‘z ichiga olgan ma’lum mavzudagi ma’ruza. Referat, odat-
da, ilmiy axborot vazifasini o‘taydi. Unda muayyan mavzu yoritilishi 
bilan birga, tegishli ilmiy nazariyalar, ilmiy xulosalar tahlil etilishi 
va tanqid qilinishi mumkin. O‘zbekistonda referat ilmiy tadqiqot 
muassasalarida, oliy o‘quv yurtlari, akademik litseylar, kasb-hunar 
kollejlari, umumiy ta’lim maktablarida ko‘p qo‘llanadigan didaktik 
vositadir. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, aka-
demik litseylar o‘quvchilari hamda oliy o‘quv yurtlari talabalarining 
fakultativ mashg‘ulotlardagi maxsus axborotlari ham referat deyila-
di. Dissertatsiya yuzasidan tayyorlanadigan referat (avtoreferat)da 
dissertatsiyaning asosiy mazmuni va xulosalari ifodalanadi [OʻzME 
2000]. 
Referatning o‘ziga xosligi:
• keng miqyosli dalillar, qiyoslashlar, mushohadalar, baholar-
ga ega bo‘lmaydi;
• matnda qanday yangi, muhim jihat bor, degan savolga javob 
beradi.
Referat diqqat-e’tiborni yangi ma’lumotlarga qaratadi va 


25
Talaba-yoshlarda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish ko‘nikmasini shakllantirish
boshlang‘ich matnga murojaat etishning maqsadga muvofiqligini 
belgilaydi.
Referat materialning shunchaki bir oddiy takrorlanishi, bir 
yoki bir necha manbalardagi materialni o‘zlashtirib olishdan ibo-
rat bo‘lib qolmasligi, ya’ni ko‘chirmachilik va kompilyatsiya mahsu-
li bo‘lmasligi kerak. Unda referent tanlagan mavzuga oid va ishlab 
chiqilgan adabiyotlarda mavjud bo‘lgan jamiki material tahlil qilib 
chiqilishi lozim [Xodiev, Golish 2010, 97].
Ko‘plab talaba-yoshlar oliygohlarda ta’lim olish bilan birga 
o‘zini ilmiy izlanishlari bilan ham nazarga tushishni xohlashadi, 
albatta. Bu borada ular maqola va tezislarni yozish hamda ularni 
nashr ettirish uchun bir qancha qiyinchiliklarga duch kelishadi. 
Avvalo, maqolaning nima ekanligini, ilmiy maqola va tezisning bir-
biridan farqini, ularni yozish uchun birinchi navbatda ahamiyat 
beriladigan jihatlar haqida ularga batafsil ma’lumotlar kerak bo‘ladi. 
Biz o‘z amaliyotimiz va mehnat faoliyatimiz davomida talabalarning 
maqolalarini to‘plam yoki jurnallarda nashr ettirishlaridan oldin 
o‘qib ko‘rganmiz. Ammo, ko‘pining talabga javob bermasligini, 
maqolada konkret nima demoqchi ekanligini va u nima maqsadda 
yozilayotganini o‘zlari ham anglab yetmaganliklarining guvohi 
bo‘lganmiz. Ko‘plab iqtidorli talabalar ustozlarining oldiga “Ma-
qola yozishni o‘rgating” degan iltimoslar bilan kelishadi. Bizning 
nazdimizda, shunday paytlarda o‘sha talabalarga avval birorta chop 
etilgan maqolani o‘qittirib, tahlil qildirib, unga Abstrakt yozdirish
maqolaning mohiyati, xato va kamchiliklari bilan uning yutuqlarini 
ham o‘zlariga tahlil qildirish lozim. 4-5ta maqolani ana shunday tar-
tibda tahlil qilib o‘rgangan talaba maqolaning nima ekanligini, uni 
qanday yozish kerakligi haqida tasavvurga ega bo‘ladi. Biz “Ilmiy va 
ijodiy ish yozish asoslari” darslarimizning amaliy mashg‘ulotlarida 
aynan shunday tajribalarni ko‘p bora takrorladik. Natijada, talaba-
lar maqolaning nima ekanligini, unga qo‘yiladigan asosiy talablar, 
uni tayyorlash bosqichlari, maqola uchun har qanday materialni 
analiz va sintez qilib chiqib, keyin yozish zarurligini, adabiyotlar va 
qo‘shimcha ma’lumot manbalari bilan ishlash va ularni tartiblash 
jarayonini o‘rganib borishdi. Bir qancha talabalarimiz konferensi-
yalarda o‘zlarining maqola va tezislari bilan ishtirok etishdi. 
Maqolalarga yoziladigan Abstrakt va taqrizlarning ham 
bir-biridan farqi, ahamiyati, tuzilishi va zarurati haqida ham talaba-
larga zarur ma’lumotlarni berib borish lozim. 
Talaba-yoshlarda nafaqat yozma ijodkorlik, balki axborotlar-
ni og‘zaki shaklda yetkazish ko‘nikmasini ham shakllantirish zarur. 


26

Yüklə 390,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin