22
22
o’simliklar guruhi fitotsenoz” deb ataladi. fitotsenozga o’rmon, o’tloq, cho’l, sahro, tog’, yaylov,
botqoq, to’qaydagi o’simliklar jamoasi kiradi. Bular ham, o’z navbatida, kichik-kichik bo’laklarga
bo’linadi. masalan, cho’l fitotsenozi, qumli cho’l, shuvoqli cho’l, gipsli cho’l, sho’rli cho’llar
fitotsenoziga bo’linadi.
fitotsenozda ko’plab turlar mavjud bo’lib, alohida turlarning har xil holatdagi (urug’, ko’chat,
yetilgan, qari, quriyotgan) individlar yig’indisi senopopulyatsiya deyiladi.
har qanday fitotsenoz
biotsenozning muhim bir qismi hisoblanadi. geobotanika fani o’simliklarni ikki tomonlama
o’rganadi.
Birinchidan, o’simliklarning tarkibiy qismiga kirgan o’simlik turlarini, kkinchidan,
o’simliklar
jamoasini, qoplamini o’rganadi. shu nuqtai nazardan,
ikkita tushunchani aniqlash
shart.
1. o’simliklar florasi. o’simliklar florasi o’simlik turlarining qadimdan hosil bo’lgan guruhi.
Bu ma’lum geografik joyga tegishli bo’lib, uning hozirgi tabiiy sharoiti o’tmishi bilan bog’liq.
yer yuzasidagi boshqa floralar bilan doimiy munosabatda bo’ladi. flora tushunchasi ma’lum
hududdagi barcha o’simliklarning turlarini o’z ichiga oladi. Qisqacha aytganda ma’lum bir joyda
o’suvchi o’simlik turlarining yig’indisi yoki ro’yxatini tushunamiz.
2.
o’simliklar jamoasi. o’simliklar jamoasi deganda yer yuzasining har xil ekologik sharoitida
o’suvchi o’simliklar uyushmasini tushunamiz. o’simliklar qoplami inson xo’jalik faoliyati ta’sirida
doimiy ravishda o’zgarib turadi. mehnat mahsuli sifatida sun’iy jamoalarni insonlar barpo etib
turadi. geobotanika tizimini, sistematik taksonlari, birliklarini o’simliklar sistematikasi tizimidan,
taksonlaridan, birligidan farqlash lozim. Tip, senotip, formatsiya (jamoa), assosiatsiya (qavm) lar
geobotanik tizim hisoblansa, bo’lim yoki tip, sinf, ajdod yoki qabila, oila, turkum yoki avlod, tur
esa sistematik tizim hisoblanadi.
foydalanilgan adabiyotlar
1. djumaniyozova m.P. geobotanika. o’quv-uslubiy qo’llanma.
2. Рахимова Т. Т. “Ўсимликлар экологияси” ва “Фитоценология.