22
BIoloGIYA FAnlARnI o‘QITISHdA o‘QUVcHIlAR SAVodXonlIK
dARAJASInI RIVoJlAnTIRISHnInG InnoVATSIon MeTodlARI
Muxitdinova Shodiya Homidovna,
Navoiy viloyat Qiziltepa tuman
16-umumta’lim maktab biologiya fani o‘qituvchisi
Annotatsiya. ushbu maqolada ta’lim sifatini jahon andozalariga mos ravishda rivojlantirishni
ko‘zlagan holda o‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi tizimida PisA – o‘quvchilarning
savodxonligini baholash xalqaro dasturi asosida 2021-yilda o‘kaziladigan tadqiqotga
o‘quvchilarimizning tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini rivojlantirishning
innovatsion metodlari keltirilgan.
Kalit so‘zlar: Pirls, timss, PisA, tAlis, innovatsion metod, kognitivlik, kreativlik,
stabilizator, rul, eritrotsit, elektr, oqsil, uglevod, yog‘, kraxmal, immunitet.
inson yaralibdi-ki, u yaxshi yashashga intiladi. insonning yaxshi yashashi, o‘z-o‘zidan davlat
va jamiyatning rivojlanishiga olib keladi. rivojlanish jarayonining asosiy manbayi ta’lim-tarbiya
hisoblanadi. hozirgi globallashuv sharoitda shiddat bilan rivojlanib borayotgan davr ta’lim tizimi
oldiga zamonaviy talablarni qo‘ymoqda. Jahonni lol qoldiruvchi bilimli, tajribali va zamonaviy
fikrlaydigan yuksak salohiyatli, raqobatbardosh mutaxssislarni tayyorlash biz pedagoglarning
mas’uliyatini oshirib, o‘quvchilarning salohiyatini kashf etish, yuqori marralarni egallashga
yo‘naltirish kabi ulug‘vor vazifalarni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘yishga undaydi
o‘zbekiston respublikasi Prezidentining farmoni hamda o‘zbekiston respublikasi
Vazirlar mahkamasining qaroriga muvofiq umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’limni
tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, o‘sib kelayotgan yosh avlodni
ma’naviy-axloqiy va intellektual rivojlanishini sifat jihatdan yangi darajaga ko‘tarish,
o‘quvtarbiya jarayoniga ta’limning innovatsion shakllari va usullarini joriy etish maqsadida
o‘zbekiston respublikasi 2030-yilga kelib PisA xalqaro dasturi reytingida jahonning 30 ta
ilg‘or mamlakatlari qatoriga kirishishga erishishi belgilangan. shunga
ko‘ra,
umumiy
o‘rta ta’lim tizimida o‘quvchilarning o‘qish, matematika hamda tabiiy yo‘nalishidagi fanlardan
savodxonlik darajsini baholashga yo‘naltirilgan ta’lim sifatini baholashning milliy tizimining
vazifalari belgilangan. Bu esa xalq ta’limi tizimida foliyat ko‘rsatib kelayotgan har bir
o‘qituvchining oldiga katta vazifa, yuksak mas’uliyat yuklaydi. Bizga ma’lumki, «Xalq
ta’limi tizimni 2030-yilgacha rivojlantirish» konsepsiyasida o‘quvchilarning tanqidiy fikrlash,
axborotni mustqail izlash, tahlil qilish ko‘nikmalari va kompetensiyalarining rivojlanishi,
zamonaviy innovatsion iqtisodiyot talablariga javob beradigan umumta’lim dasturlari va yangi
davlat ta’lim standartlarini joriy etish, o‘quvchilarning bilm darajasini, ta’lim sifatini baholash
bo‘yicha xalqaro PisA, timss, Pirls va tAlis va boshqa dasturlarda doimiy ishtrok etish
nazarda tutilgan. shunga ko‘ra, 2021-yilda umumiy o‘rta talim maktablarining 15 yoshli
o‘quvchilari Pisa tadqiqotlarida qatnashishi rejalashtirilgan. shu vaqtgacha boshqa davlatlarda
o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, agar o‘quvchi 50 ball olsa, bu mamlakat yalpi ichki
mahsulotining 1% ga oshishiga olib keladi. siz tasavvur qiling-a, agar o‘quvchilarimiz 1000
ballik baholash sistemasida yuqori natijalarni qo‘lga kiritsalar davlatimizning rivojlanishi qay
darajada bo‘lar edi. Bunday natijani qo‘lga kiritish uchun o‘quvchilar o‘z bilm va ko‘nikmalarini
hayotiy vaziyatlarda qo‘llay olishi, fikrlash va muloqot qilish qobiliyatlariga ega bo‘lishlari kerak.
buning uchun o‘qituvchi o‘quvchilarning savodxonlik darajasini rivojlantirish uchun quydagi
innovatsion metodlardan keng foydalanish zarur:
a) tabiiy fanlarni (fizika, kimyo, biologiya, geografiya) o‘qitishda zamonaviy pedagogic
texnologiyalar, interaktiv metodlardan samarali foydalanish;
b) tabiiy fanlarni (fizika, kimyo, biologiya, geografiya) o‘qitish jarayonida fanlararo inte-
gratsiyani kuchaytirish, fanni turli sohalarga va hayotiy jarayonlarga bog‘lab o‘qitish;
c) fizika, kimyo va biologiya fanlaridan amaliy mashg‘ulotlarni (laboratoriya, masalalar ye-
chish) yanada samarali tashkil etish;
d) d) sinfdan tashqari fan to‘garaklarida o‘quvchilarning kognitivlik va kreativlik xususiyat-
larini rivojlantirishga yo‘naltirilgan mavzularda mashg‘ulotlar olib borish.
Tabiiy fanlarni o`qitish jarayonida pedagogik texnologiyalardan «muammoli vaziyat»
27
22
texnologiyasidan foydalanib, quydagicha PisA topshiriqlarini tayyorlashimiz mumkin:
1-topshiriq.Tradeskansiya o‘simligini vegetativ ko‘paytirish uchun o‘simlikdan 3-4 ta
bargchali novdasi kesib olinadi. novdani qum va o‘g‘it aralashtirilgan sernam tuproqli qutiga
o‘tqazildi. yangi ekilgan o‘simlik ustiga shisha banka yopib qo‘yiladi. 2-3 haftadan so‘ng
novdaning pastki qismidan ildizlar o‘sib chiqadi. shundan so‘ng o‘simlik yangi gultuvakka
ko‘chirildi. aytingchi, nima uchun 3-4 ta barg bo‘lishi kerak, nima uchun qum aralashtirilgan
tuproq zarur, nima uchun banka yopib qo‘yiladi va ekilgan novdadan qanday ildizlar o‘sib chiqadi?
2-topshiriq.o‘qitish jarayonida fanlararo integratsiyani quydagicha qo‘llash mumkin:
savol: olmaxonning katta dumi nima uchun kerak? tulkiga-chi?
Javob: olmaxon bir-biridan uzoq masofadagi daraxtdan-daraxtga sakraydi. Bunda unga dum
yordam qiladi: u o‘ziga xos stabilizatordir. Tulkiga dumi yugirib keta turib keskin burilishda
yordam beradi. Tulki uchun dum havo rulidir.
savol: eritrositlar diametri taxminan 1 kub millimetrda 5000000 dona eritrosit bo‘lsa, bir kub
santimetrda qonda qancha eritrosit bo‘ladi?
Javob: 50000000 dona bo‘ladi.
savol: odam nima uchun sovuq qotganda beixtiyor titraydi?
Javob: titrash-organizmni sovuqdan saqlash shakllaridan biri. Titrash vaqtida muskullar
qisqarishi sodir bo‘ladi. muskullarning qisqarish ishi organizmda issiqlikka aylanadi.
savol: qaldirg‘ochlar yomg‘ir yog‘ishidan oldin nima uchun pastlab uchadi?
Javob: mayda chivin, kapalak va hasharotlarning mayda qanotchalari havo nam bo‘lganligi
sababli namlanib yerga tushadi. Qaldirg‘ochlar ular bilan ziqlanish uchun ularning orqasidan
pastga uchadilar.
savol: momaqaldiroq vaqtida to‘dalashib turish havfli?
Javob: odamlar nafas olganda chiqadigan bug‘lar havoning elektr o‘tkazuvchanligini orttiradi.
3-topshiriq. amaliy yoki laboratoriya mashg‘ulotlarini hayotiy vaziyatlar bilan quyidagicha
bog‘lash mumkin:
masala: rustam bir kecha-kunduzgi ovqati tarkibida 480 g uglevod, 120 g oqsil, 100 g yog‘ va
5-6 g tuz iste’mol qilishi kerak. agar u rejim qoidasining quyi foiziga amal qilib iste’mol qilgan
bo‘lsa, tushki ovqatdan ajralgan energiya miqdorini (kkal) hisoblang.
Yechish: 1-qadam: 1 g uglevod 4,1 kkal, 1 g oqsil ham 4,1 kkal, 1 g yog‘ esa 9,3 kkal energiya
hosil qilishini hisobga olib, masalada berilgan organik moddalar (uglevod, oqsil yog‘) miqdorini
1 g moddadan hosil bo‘ladigan energiya miqdoriga (kkal. ga) ko‘paytiriladi va bir kunlik jami
organik moddalardan ajralgan energiya miqdori topiladi. Tuzlardan energiya chiqmaganligi
uchun hisobga olinmaydi.
(480×4,1) + (120×4,1) + (100×9,3)=1968+492+930=3390kkal
2-qadam: tushki ovqat sutkalik ovqatning 35 - 40% tashkil qilishini hisobga olsak,
uning quyi foizi 35 % bo‘ladi. demak, 3390 kkal 35 % miqdori topiladi.
xkkal kkal → → 35% 100% 3390 x=1186,5kkal.
Javob: 1186 kj
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, o‘quvchilarda o‘qish savodxonligi, matematika va
tabiiy fanlardan bilim, ko‘nikmalarni shakllanishi hamda mustahkamlanishi davlatimizning
kelajakdagi muvaffaqiyati uchun dastlabki muhim qadam bo‘la oladi. Bu yo‘lda biz pedagoglarga
vatanimiz ishonib topshirgan mas’uliyatli vazifadan hech qachon charchamasligimiz va to‘xtab
qolmasligimiz shart.
foydalanilgan adabiyotlar:
1. a.B.radjiyev va boshqalar. o‘quvchilar savodxonligini baholash bo‘yicha xalqaro
tadqiqotlar dasturi, qo‘llanma. – Toshkent: 2019-yil, 62-bet.
2. ro‘zieva d., Usmonboeva m., holiqova Z. interfaol metodlar: mohiyati va qo‘llanilishi
/ met.qo‘ll. – T.: nizomiy nomli dTPU, 2013.
|