25
22
Bugungi kunda biologiya fanidan dars o‘tishning turli usul va vositalari ishlab chiqilmoqda.
masalan, mashg‘ulot darsi, multimediali dars, hamkorlikda o‘qitish texnologiyalari va boshqa
noan’anaviy dars o‘tish usullari foydalanish ta’lim samaradorligini, o‘quvchilarning mustaqil
fikrlash qobiliyatini rivojlantirishda muhim o‘rin egallaydi.
Zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayoniga joriy etishda asosiy
boshqaruvchi o‘qituvchi hisoblanadi. darsning turli
bosqichida aKTdan foydalanish, elektron
taqdimot, audio va videoresurslar yordamida mavzuni mustahkamlash, electron didaktik
materiallar, matn dasturlari bilan ishlash, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish, laboratoriya
darsi o‘qituvchiga quyidagilarni beradi:
-
har bir mavzuni ochib berish, hatto eng murakkab hisoblangan mavzularni tushunarli bayon
etish;
- turli ko‘rgazmalardan foydalanish (rasmlar, sxemalar, testlar, biologik diktantlar, rebuslar,
raqamli diktantlar,
topishmoqlar, musiqa, video);
- fan bo‘yicha o‘zlashtirish darajasini ko‘tarish, ta’lim berish jarayonida muammolarni hal etish;
- o‘qituvchi va o‘quvchining o‘quv jarayonidagi hamkorligini ta’minlash uchun ijobiy muhit
yaratish;
- fanlararo bog‘lanishni amalga oshirish;
- o‘quvchilarning o‘z-o‘zini boshqarish qobiliyatini rivojlantirish;
- vaqtdan unumli foydalanish kabilardir.
Quyidagi topshiriq va uning javoblari namuna sifatida tayyorlangan didaktik
tarqatmalar namunasi tavsiya etiladi.
«Biologik mashq».
o‘zbekistonda eng… uchib o‘tadigan … qushlardan biri. milliy va xalqaro … bilan … «Qizil
kitob» ga i toifada – zaif tur, … «Qizil kitob»ga - …, tabiiy … uchib o‘tadigan qush. shuningdek,
… va … «Qizil kitob»lariga kiritilgan.
«Biologik mashq»ning javobi. o‘zbekistonda eng noyob uchib o‘tadigan va qishlaydigan
qushlardan biri. milliy va xalqaro qonunchilik bilan muhofazalanadi. «Qizil kitob» ga i toifada
– zaif tur, o‘zbekistonning «Qizil kitob»ga ii toifada- zaif, tabiiy noyob uchib o‘tadigan qush.
shuningdek, rossiya va Qozog‘istonning «Qizil kitob»lariga kiritilgan.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, har bir darsga san’at
asaridek qarash, olib borayotgan
metodning o‘quvchilar yoshiga, bilim darajasiga mos ekanligi hamda o‘quvchilarni dars davomida
qatnashishi, rag‘bat va boshqalar talim tizimida o‘quv samaradorligini oshirishga olib keladi.