5. O’ZBEKISTONNING IQTISODIY SALOHIYATI YUKSALMOQDA
Mamlakatimiz iqtisodiyoti, xorijiy investorlarga berilgan imtiyozlar
dunyoning rivojlangan davlatlari e'tiborini tortmoqda. Xususan, O'zbekistonning
Amerika Qo'shma Shtatlari bilan ko'plab sohalarda hamkorligi izchil
rivojlanmoqda.
O'zbekiston bilan AQSh o'rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi yildan-yilga
oshib bormoqda. Mamlakatimizda AQSh investorlari bilan hamkorlikda tashkil
etilgan qo'shma korxonalar faoliyat yuritmoqda, avtomobilsozlik, neft-kimyo,
to'qimachilik, yengil sanoat, oziq-ovqat sanoati, qurilish materiallari ishlab
chiqarish, savdo va xizmat ko'rsatish sohalariga ixtisoslashgan AQSh firma va
kompaniyalarining vakolatxonalari ochilgan.
Bunday ishonchli hamkorlardan biri "General Electric" kompaniyasi. Ushbu
kompaniya vitse-prezidenti Ronald Jeyms Pollett mamlakatimizda xorijiy
investorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida o'z fikrini bildirdi, "Jeneral
elektrik" kompaniyasining O'zbekiston bilan hamkorlikdagi loyihalari haqida
so'zladi»:
- O'zbekiston jadal rivojlanayotgan davlatlar qatoriga kiradi. Mamlakatimizda
kelgusi besh yil davomida qabul qilingan harakatlar strategiyasida iqtisodiyot
samaradorligini oshirish, barcha sohalarni modernizatsiya qilish va liberallashtirish
bilan birga, xorijiy sarmoyadorlar bilan samarali hamkorlikni yanada rivojlantirish
ko'zda tutilayotgani xorijiy hamkorlardan mamnun.
"Jeneral elektrik" kompaniyasi bundan o'n yil muqaddam O'zbekiston
bozorida o'z faoliyatini boshladi. O'zbekistonlik sheriklar bilan fuqaro aviatsiyasi,
30
neft va gaz, elektr energetikasi, sog'liqni saqlash, transport va boshqa
yo'nalishlarda muvaffaqiyatli hamkorlik qilib kelmoqda.
"O'zbekneftgaz"
kompaniyasi
bilan
birgalikda
energetika
sohasini
modernizatsiyalashda ishtirok etib, soha mutaxassislarining xorijda malakasini
oshirishni taklif etildi.
Hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun mahsulotlarni mahalliylashtirish
talab etiladi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan suhbat
chog'ida bu masalaga e'tibor qaratildi.
O'zaro manfaatli hamkorlikning o'sish sur'atlaridan mamnun. Iqtisodiyotning
turli tarmoqlarida qo'shma loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish bo'yicha
memorandum imzolandi. Mazkur hujjatga muvofiq O'zbekiston Respublikasi va
"General Electric" kompaniyasi hamkorligida istiqbolli loyihalarni ishlab chiqish
bo'yicha ishchi guruh tashkil etildi.
|