MEHNAT MUHOFAZASI
Mexnat muxofazasi – ish jarayonida insonning mexnat kobiliyatini va
xavfsizligini ta’minlashga yunaltirilgan konunlar majmuasi, ijtimoiy-iktisodiy,
tashkiliy, texnik, gigienik va profilaktika tadbirlari va vositalaridir. Mexnat
muxofazasining vazifasi zararli va xavfli ishlab chikarish omillarining
ishlovchilarga ta’sirini eng kam darajaga keltirishga imkon beradigan chora-
tadbirlarni kurishdan, ishchining shikastlanishi oldini olishdan, yukori mexnat
unumdorligiga erishishga yordam beradigan kulay sharoitlarni yara-tishdan iborat.
«Mexnat muxofazasi» kursi 4 bulimdan iborat:
1. Mexnat konunchiligi asoslari - Xukukiy me’yorlar majmuasi bulib,
ishchi va xizmatchilarning mexnat munosabatlarini boshkarib turadi.
2. Ishlab chikarish sanitariyasi – ishlab chikarishdagi zararli omillar
ta’sirini oldini oladigan chora-tadbirlar va texnika vositalar majmuasidir.
3. Texnika xavfsizligi – ishchilarni xavfli ishlab chikarish omillari ta’siridan
asrab kolish va zaxarlanuviga olib keluvchi tadbirlarni kamaytirishga karatilgan
chora-tadbirlar va texnika vositalaridir.
4. Yongin xavfsizligi – korxonada yongin paydo bulish xavfini oldini olish,
insonning moddiy boyliklarni muxofaza kilishdan iborat.
Ishlab chikarishdagi xavfli omil – ishlab chikarishda ishlovchilarga
muayyan sharoitlarda ta’sir etganda shikastlanishga yoki soglikning keskin
yomonlashuviga ta’sir etadigan omil. Bunga misol kilib, xarakatlanayotgan
mashina, traktor, yuk kutarish vositalari bilan kutariladigan yuk, mashina va
mexanizmlarning muxofazalanmagan aylanuvchan va kaytma-ilgarilama xarakat
kiluvchi kismlari (kardanli, zanjirli, tishli, tasmali uzatma) ning xarakati xavfli
omillar katoriga kiradi.
Dostları ilə paylaş: