mablag‘lar sarf qilinmoqda. Bu esa yuz berishi mumkin bo‘lgan xavfni oldini
olishga, eng muhimi insonlar salomatligini saqlashga, atrof muhitga jiddiy zarar
yetishini oldi olinishiga olib keladi. Favqulodda vaziyatlar oqibatlarini tugatish –
favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda o‘tkaziladigan hamda odamlar xayoti va
sog‘lig‘ini saqlab qolishga, atrof tabiiy muxitga yetadigan zarar va moddiy
talofat miqdorini kamaytirishga, shuningdek favqulodda vaziyat zonalarini
cheklash va xavfli omillar ta’sirini to‘xtatishga qaratilgan avariya – qutqaruv va
boshqa shoshilinch ishlar kompleksidir. Insonning xayoti turli ofatu-
falokatlardan to‘liq kafolatlanmaganligi hammaga ayondir. Shunday ekan, u yoki
bu xususiyatga mansub bo‘lgan favqulodda vaziyat sodir bo‘lganda, uning
oqibatida yuzaga kelgan talofatlarni albatta bartaraf etish lozim. Respublikamizda
bunday vazifalarni ado etuvchi maxsus bo‘linmalar mavjud. Bu bo‘linmalar
favqulodda vaziyatning turiga qarab doimiy shay xolatdadir. Sodir bo‘lgan
favqulodda vaziyat o‘chog‘iga birinchi bo‘lib aynan shu bo‘linma mutaxassislari
yetib kelishadi (bu haqida 4-chi mavzuda ma’lumot beriladi).
Dostları ilə paylaş: