Bakalavriat bosqichida kadr tayyorlash bo‘yicha Kodi : 5 ikki tomonlama to‘lov-shartnoma Raqami : 2022-2023-iq-kk jshShIR: Sana


II. Tomonlarning huquq va majburiyatlari



Yüklə 221,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix13.05.2023
ölçüsü221,02 Kb.
#113148
1   2   3   4   5   6
Iqtisodiyot KK

II. Tomonlarning huquq va majburiyatlari
2.1. Institutning huquqlari:
- O’z nizomi va ichki tartib-qoidalarini ishlab chiqish, tasdiqlash hamda joriy qilish; 
- O’quv jarayonini tartibga soluvchi lokal me’yoriy hujjatlarni qabul qilish;
-Talabadan shartnoma majburiyatlari bajarilishini, shu jumladan, Institutning ichki tartib-qoidalariga rioya qilishni, dars 
mashg‘ulotlarida muntazam qatnashishni, ta’lim olish uchun shartnomada belgilangan to’lovlarni o‘z vaqtida va to’liq 
amalga oshirishni talab qilish;
- Institutning ichki tartib-qoidalariga rioya qilmagan, shuningdek, o‘qitish uchun shartnomada nazarda tutilgan to‘lovni 
to’liq yoki qisman o‘z vaqtida amalga oshirmagan Talabaga nisbatan belgilangan tartibda talabalar safidan chiqarish, 
tegishli kursda qoldirish yoki boshqa choralarni qo‘llash.
-Talaba Institutning ichki tartib-qoidalarini qo‘pol ravishda buzsa, xususan, buni huquqbuzarlik sodir etish orqali sodir 
etgan hollarda shartnomani bir tomonlama bekor qilish;
- Qonun yoki qonun osti hujjatlariga asosan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori o‘zgargan taqdirda, unga 
mutanosib ravishda shartnomaning 3.1 bandida ko’rsatilgan o‘qitish uchun to’lanadigan pul mablag‘i miqdorini o
‘zgartirish (ko’paytirish yoki kamaytirish) va bu haqida Talaba bilan qo’shimcha kelishuv qilish;
- to‘lov-shartnoma asosida belgilangan to‘lov muddatlarini uzaytirish;
- Talaba tomonidan oqish uchun o’z vaqtida to’lanmay qolgan pul mablag’laridan, shuningdek, yetkazilgan zararni 
qoplash talabidan to’liq yoki qisman voz kechish yoki da’vo qilish masalasini o’zi hal qiladi.


2.2. Institutning majburiyatlari:
- Talabaning o‘qishi uchun texnika va yong‘in xavfsizligi, sanitariya qoidalari, normalari 
va gigiyena normativlariga muvofiq zarur shart-sharoitlarni yaratib berish;
- O’zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida va ushbu shartnomada belgilangan Talabaning huquq va 
manfaatlarini amalga oshirilishi uchun boshqa zarur sharoitlar bilan ta’minlash;
- Talabaga oliy ta’limning davlat ta’lim standartlari va o’quv dasturlariga muvofiq yuqori darajada ta’lim berish;
- Institut hududida yurish-turish odoblari va o’quv jarayoniga taalluqli Ichki me’yoriy hujjatlar bilan Talabani tanishtirish, 
shu jumladan, joriy o’quv yili davomida qabul qilingan ichki normativ hujjatlar haqida Talabani xabardor qilib borish va 
ulardan nusxa ko’chirishi uchun sharoit yaratib berish;
- joriy o‘quv yilida ta’lim olish uchun belgilangan to‘lov miqdori to‘g‘risida o‘z vaqtida (o‘quv jarayoni boshlanishidan bir 
oy oldin) o’quv binolarining hammaga ko’rinadigan joylarida e’lon osish orqali Talabani xabardor qilish;
- bakalavriat uchun belgilangan o‘quv reja va dasturlarga muvofiq barcha fanlarni o‘zlashtirgan, imtihonlardan 
muvaffaqiyatli o‘tib, Institutni tamomlagan Talabaga oliy ma’lumot to‘g‘risida belgilangan namunadagi hujjat (diplom) 
berish.
2.3. Talabaning huquqlari:
- Institutdan shartnoma majburiyatlari bajarilishini talab qilish;
- oliy ta’limning davlat ta’lim standarti asosida tasdiqlangan o‘quv reja va dasturlarga muvofiq ta’lim olish.
2.4. Talabaning majburiyatlari:
- O’quv jarayonini va Institut hududida talabalar yurish-turishini tartibga soluvchi Ichki me’yoriy hujjatlar, shu jumladan, 
joriy o’quv yili davomida qabul qilingan ichki normativ hujjatlar mazmunidan xabardor bo’lish va ulardagi talablarga 
amal qilish;
- joriy o‘quv yilida o‘qitish uchun shartnomada nazarda tutilgan to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshirish;
- oliy ta’lim to’grisidagi qonunchilik hamda shartnoma talablariga, Institut nizomi va ichki tartib-qoidalariga qat’iy rioya 
qilish;
- uzrli sabablarsiz darslarni qoldirmaslik, mashg‘ulotlarga muntazam qatnashish;
- ta’lim olish jarayonida o‘z bilim darajasini muntazam oshirib borish;
-o‘zining xatti-harakatlari, OAV va ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishlari bilan Institutning ishchanlik obro‘yi va 
manfaatlariga putur yetkazmaslik;
- Institut rahbariyati va o’qituvchilarining ichki tartib-qoidalariga rioya qilinishi bilan bog’liq qonuniy talablarini bajarish;
- o’zi tomonidan mazkur shartnoma shartlari bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi sababli Institutga 
yetkazilgan moddiy zararni Talaba qoplashi shart.

Yüklə 221,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin