aniqlanadigan soliq yukining ham kamayishini kuzatishimiz mumkin. 2001-2016
yillar davomida iqtisodiyotga umumiy soliq yuki 40 foizdan 29 foizgacha
pasaytirildi.
Iqtisodiyotga soliq yukining pasaytirilishi korxonalarning moliyaviy
resurslarining ko`payishiga olib keldi. ― Bu o`z navbatida investitsiyalarnig
ko`payishi, korxonalarning aylanma mablag`larini to`ldirish, ishchi va
xizmatchilarning ish haqi va daromadlarini oshirish uchun qo`shimcha manba bo`lib
xizmat qilmoqda.
2014 yilda yuridik shaxslar daromadiga solinadigan soliq stavkasi 8.5% dan
8%ga, kichik korxona va mikrofirmalar uchun yagona ijtimoiy to‘lov 25%
dan 15%ga pasaytirildi.
Natijada iqtisodiyotga davlat budjeti daromadlari bo`yicha hisoblanadigan
soliq yuki 20, 6 % gacha pasaydi.
Bu yillar davomida soliq yukining pasayishi soliq stavkalarining
kamaytirilishi bilan birga investorlar va tadbirkorlar uchun soliq imtiyozlari
ro`yxatining kengaytirilishiorqali ro`y berdi. Tahlil qilinayotgan davrda to`g`ri
soliqlarning YaIMdagi ulushi 7,5 % (2000 y) dan 4,9 % (2016 y.) gacha pasaydi.
Mol-mulk solig`i va resurs to`lovlarining YaIMdagi va yalpi soliq
tushumlaridagi ulushi kamayib borganligini ta‘kidlash lozim. Bu soliqlarning
YaIMdagi ulushi 2010 yilda 3,4 %ni, 2016 yilda 2,7 %ni tashkil etdi.
To`g`ri soliqlar tarkibida, jismoniy shaxslarning daromadlaridan olinadigan
soliqlar ulushi muttasil o`zgarib bormoqda (10.5-jadval). Agar bu ko`rsatkich 2000
– yilda 44,5 foizni tashkil etgan bo`lsa, 2010 yilda 45.0 %ni, 2011 yilda 42,7 % ni,
2012 yilda 42,5 % ni, 2016 yilda esa 42,1 % ni tashkil etdi, ya‘ni, to`g`ri soliqlar
yalpi tushumida yuqori o`rin tutadi.
Dostları ilə paylaş: