8.1-rasm. Soliq yuki dinamikasi
4
Izchillik bilan amalga oshirilayotgan, birinchi navbatda soliq yukini kamaytirishga
qaratilgan oqilona soliq siyosati iqtisodiyotdagi tarkibiy o`zgarishlarga, xo`jalik
yurituvchi sub‘ektlarning ishbilarmonlik faolligi va moliyaviy barqarorligini
yuksaltirishga xizmat qilmoqda.
Soliq yukini iqtisodiyotdagi tarkibiy o`zgarishlarni e‘tiborga olgan holda kamaytirib
borish o`z samarasini berdi. Milliy bozorni mahalliy tovarlar (xizmat, ish)lar bilan
to`yintirayotgan, eksportga mahsulot chiqarayotgan, ichki va tashqi investitsiyalarni
ishlab chiqarishga jalb qilayotgan, shuningdek, kichik biznes sub‘ektlari shaklidagi
soliq to`lovchilarga soliq imtiyozlarining kengaytirilishiga qaramasdan yalpi ichki
mahsulot va davlat budjetining daromadlar hajmida yil sayin o`sish
ta‘minlanmoqda. Soliq yukining kamayishi nafaqat umumiy hajmda, shuningdek,
uning tarkibi bo`yicha ham kamayishga erishildi.
Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning bu qadar jadal
rivojlanishida eng avvalo mazkur soha uchun belgilanayotgan soliq imtiyozlari
yetarli darajadagi rag`batlantiruvchi rol o`ynayotgani muhim hisoblanadi. Xususan,
2010 yilda kichik biznes sub‘ektlari uchun belgilangan yagona soliq to`lovi 8
foizdan 7 foizga, 2011 yilda 6 foizga, 2012 yilda 5 foizga pasaytirilgan.
1996-2014 yillar mobaynida kichik biznes sub‘ektlari uchun belgilangan soliq
stavkalari 38 foizdan 5 foizga yoki 7,6 martaga qisqargan. 2017 yilda ham yagona
soliq to‘lovi 5 foiz stavkada saqlanib qoldi.
So`nggi yillarda soliq solishning muqobil tizimi shakllantirilgan bo`lib, buning
natijasida umumiy soliq yuki 2,5 marta kamaydi.
4
O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi ma‘lumotlari
Nazorat uchun savollar
1.
Davlat byudjetiga ta’rif bering va uning xarajatlari tarkibini sanab o’ting.
2.
O’zbekiston Respublikasi davlat byudjeti ixarajatlarida qanday o’zgarishlar
ro’y bermoqda?
3.
Soliqlarning funnktsiyalariga izoh bering.
4.
O’zbekiston Respublikasi
byudjetiga soliq tushumlaring
tarkibi
va miqdoridagi tendentsiyalarni izohlab bering.
5.
Mamlakatimizda byudjet soliq siyosati qaysi maqsadlarga qaratilgan?
|