Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti sport faoliyati va san


 Qardosh xalqlqr kashtachilik buyumlari va ulardagi naqsh bezaklaining



Yüklə 1,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/15
tarix13.05.2023
ölçüsü1,87 Mb.
#113235
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
KURS ishi.Elmurodova D.Kashtachilik

2.2. Qardosh xalqlqr kashtachilik buyumlari va ulardagi naqsh bezaklaining 
elementlari. 
Naqsh tarixi insoniyatning badiiy madaniyati kabi qadimiydir. Arxeologik 
materiallar naqshning jahondagi barcha xalqlarda qadimdan mavjud bo‘lganligini 
ko‘rsatadi. Metall, sopol buyum, idish, qurollar paleolit, neolit davrlarida oddiy 
handasaviy shakllar qatorida o‘simliksimon naqshlar bilan ham bezatilgan. Naqsh 


18 
turli o‘lkalar, turli xalqlarda geografik muhit, o‘simlik va hayvonot dunyosi
madaniyati ta’sirida turlicha rivoj topgan. Masalan: Shimol o‘lkalari naqshlarida 
archa, chorvadorlarda mol shoxi, dehqonlarda uzum bargi va g‘ujumi, o‘troq aholida 
gul, anor, bodom, qalampir tasvirlari ko‘p uchraydi. Naqsh san’ati O‘rta Osiyo 
madaniyati tarixida juda qadimiy san’at turi bo‘lib, o‘ziga xos namunalari bilan 
ajralib 
turadi. Arxeologik topilmalar naqshning xilma-xil va rangbarang namunalaridan 
darak beradi. Me’moriy yodgorliklarda naqshning ancha mukammal, o‘ziga xos va 
yuksak san’atkorlik bilan yaratilgan nusxalarini uchratish mumkin. Xalq amaliy 
san’atining har bir turida (xususan, kashtado‘zlik, gilamchilik, o‘ymakorlik, 
ganchkorlik, naqqoshlik kabi) naqshning shakliy imkoniyatlari naqadar keng va boy 
ekanligi yaqqol kuzatiladi. O‘rta Osiyoda naqshlar keng tarqalgan bo‘lib, ular, 
asosan, 2 turga bo‘linadi: handasaviy shakl va chiziqlardan iborat eng murakkab 
naqsh turi - girih, keng tarqalgan o‘simliksimon naqsh - islimiy. Har bir naqshning 
o‘z qonun-qoidalari bor: taqsim va bo‘laklar aniq o‘lchamda, uyg‘un bo‘lishi, 
ranglar did bilan tanlangan, o‘zaro mutanosib bo‘lishi lozim. Bu naqqosh ustadan 
katta mahorat, malaka talab qiladi. O‘rta Osiyoda eng qadimgi naqsh namunalari, 
asosan, me’moriy inshootlarda saqlangan; naqshning ajoyib namunalari ganch, 
yog‘och va toshni o‘yib, ba’zan bo‘yab ishlangan. 

Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin