71
4.
SHumulevich
N.M.“Qog’ozdan
texnik
modellar
yasash”
T.,“O’qituvchi” 1989 y
5.
Vorobg’yov
A.SH.
“Konstruktorlik
va
modellashtirish”
T.,
“O’qituvchi”1989 yil
6. Mavlonova.R.A. “Boshlang’ich sinf mehnat darsliklari”. T. 1996y.
Mavzu: Yumshoq o’yinchoqlar yasash darslarini tashkil etish metodikasi.
O’yinchoqlar – bolalar o’yinlari uchun yaratilgan maxsus predmetdir.
Biroq bu anik predmetning kichiraytirilgan nusxasi emas, balki uning shartli
tasviri, o’ta umumlashtirilgan badiiy obrazdir. Ifodali shakl va harakatlilik,
ravshanlik va rangning shartliligi bularning barchasi bolaning o’yinchoqqa jalb
qiladi. U bilan o’ynash ishtiyoqini tug’diradi. O’yinchoq bola quvonchining
manbaidir.
Yumshoq o’yinchoqlar bilan turli yoshdagi bolalar shug’ullanishlari
mumkin. Aytishlaricha, yumshoq o’yinchoq yasab o’ynash faqatgina kichik
bolalarga xos deb, lekin tajribalar shuni ko’rsatadiki yumshoq o’yinchoqlar
bilan faqat bolar emas, balki katta yoshdagi bolalar ham qiziqadilar.
Kichik o’quvchilar o’yinchoqlarning
eng oddiy turlari, kattaroqlari esa
qo’g’irchoq
teatri
qo’g’irchoqlarini
turli
holatdagi
o’qinchoqlarni
tayyorlaydilar. O’quvchilarga o’yinchoqlar yasashni o’rgatish uchun avvalo
o’qituvchi o’zi bu sahnatni yaxshi o’zlashtirgan bo’lishi kerak. O’zi
tayyorlagan chiroyli o’yinchoqlarni o’quvchilarga ko’rsatar ekan, ularda ham
o’yinchoqlar yasash qiziqishi paydo bo’ladi.
Yumshoq o’yinchoqni yasashni, uning yasash texnologiyasi uslubi, tayyor
shablon asosida boshlash mumkin. O’yinchoq andoza asosida tayyorlanishiga
qarab, bolalarni intilishlariga, o’zlari o’ylab qo’shgan g’oyalari uchun
rag’barlantirishlari kerak.
Ishni tashkil qilishdan oldin qo’yidagi ashyolar
va asboblarni tayyorlash
kerak:
Asboblar:
1.
Ignalarning turli katta-kichiklari.
2.
G’altakli turli rangdagi iplar.
3.
Rangli mo’lina iplar.
4.
Turli rangdagi ipakli iplar.
5.
Qaychi.
6.
Bigiz.
7.
Ombir.
8.
Dazmol.
9.
Angishvona.
10.
Qalam.
72
Ashyolar:
Yumshoq o’yinchoq uchun iloji boricha yangi mato yoki avvaldan yuvib,
dazmollangan satin, barxat, shtapil, paxmoq, chit, junli matolar zarur.
Hayvonlarni tayyorlash uchun tukli bumaziy, suhniy va tabiiy jun
matolaridan foydalaniladi.
Tana yuz ko’rinishini tasvirlovchi o’yinchoqlar uchun shifon, suhniy
tolali shoyi matolar,
yuz uchun och pushti, och jigarrang matolar olinadi,
kiyimlari uchun rangli matolar, soch uchun suhniy iplar, viskoza, qismlarni
biriktirishda 1-2 mm yumshoq simlar, o’yinchoqlarni jihozlashda har-xil
tugmalar, biser, tisma, lentalar, shnurlar hamda eskiz tayyorlash uchun plastilin
zarur. O’yinchoq
ichi paxta bilan, tirikotaj chiqindilari, averla qilishda
yog’ochdan chiqqan qirindilar bilan to’ldirish mumkin.
Yumshoq o’yinchoq tayyorlashda ishni nimadan boshlash kerak. Dastlab
bolalarni ignani ushlashdan, igna to’g’nog’ichdan o’rinli foydalanishdan, so’ng
eng oddiy chok turlarini tikishdan boshlash zarur. CHok turlarini o’rgatish
uchun amaliy bir nechta ish tavsiya etiladi. (Ro’molcha tikish, xaltacha tikish
va boshqalar). Bu esa bolalarni chok turlarini tikish malakasini egallashga
shiroit yaratadi. Bolalarda igna bilan ishlash malakasi hosil bo’lgandan keyin
oddiy model tayyorlashga o’tiladi. Bolalar qo’lda tikadilar, kattaroq bolalar
tikuv mashinasidan foydalanish mumkin.
Yumshoq o’yinchoq tikish izchilligi qo’ydagicha bosqichlardan iborat:
Mato tanlash, g’ijim matoni dazmollash,
matoga andoza chizish, qismlarni
bichish, tikish, ichini to’ldirish, ustini jihozlash.
Andoza kartondan tayyorlanadi, bichishga mato ikkiga buklanadi, uning
chap tomoniga andoza qo’yib bichiladi, yaxshi ichi ochiladi,
qalam bilan
tayyorlanayotgan bo’lsa, andoza har bir bo’lak mato ustiga ipini qiyalab
yo’nalgan tomoniga qo’yiladi. Toq mato bo’lsa andoza oq yoki sariq rangi
qalam bilan och rangi mato bo’lsa qaro rangli qalamdan tayyorlanadi.
CHizib olingan mato har tomondan 0,5 sm chok uchun qoldirilib,
qirqiladi, so’ng qo’lda yoki mashinada tikiladi. Burchaklar o’ng tomonga
chiqariladi. Tayyor tikilgan forma metal tayyoqcha yordamida o’tmas tomoni
bilan o’ngiga ag’dariladi.
Agar o’yinchoq tabiiy jundan tayyorlanayotgan bo’lsa chok haqqi
qoldiriladi, chetlari qalin ipda tikiladi.
Hayvon va qushlarni tikish qo’ydagi qoida bo’yicha: avval tana va qorin
qismlari bir-biriga tikiladi. Formani ikki yarmi tayyor bo’lgandan so’ng ularni
birga tikiladi. Forma o’ngiga ag’darilib qoldirilgan joydan ichi to’ldiriladi,
qismlari bir-biriga ko’rinmas chok bilan birlashtirib tikiladi. O’yinchoq ichi
paxta yoki mayda mato qiyqimlari bilan to’ldiriladi.
O’yinchoq tayyorlashni qiyinlik bosqichiga qarab ikki guruhga ajratiladi.
1-
guruh: Yengil to’ldiriladigan o’yinchoq (tovuq, marteshka
qo’g’irchoq, pigvin, o’rdakcha,
kuchukcha, filcha,
quyoncha, ayiqcha, xo’tikcha, jirafa).
2-
guruh: Qo’g’irchoq teatri uchun qo’g’irchoq (CHo’chqa,
kuchukcha, ayiqcha, maymuncha, qo’g’irchoq, mushuk
73
sim sixga o’rnatilgan o’yinchoq, buratino, tulki va
boshqalar).
O’yinchoqlarni yasash bolalarni fikrlash qobiliyatini riojlantiradi,
saviyasini kengaytiradi, ijodiyotga qiziqishini tarbiyalaydi. Ular o’zlari
yasagan o’yinchoqlarga o’zlarini ajoyib-g’aroyib
istaklarini, muhabbatlarini,
mehnatlarini sarflaydilar. SHunung uchun ularning mehnatlarini qadrlab va
mehnat qilishga qiziqtirish lozim. Bu esa ularda maqsadga intiluvchanlik,
tashabbuskorlik, tirishqoqlik, o’zaro yordam berish,
mehnatsevarlik,
ehtiborlilik, batartiblikni tarbiyalaydi.
SAVOLLAR.
1. O’yinchoq qanday predmet.
2. Qanday gazlamalarni bilasiz.
3. O’yinchoqdan qanday andoza olinadi.
4. O’yinchoqni tayyorlash nechi xil guruhga ajratiladi.
TOPSHIRIQLAR.
1.
Yumshoq o’yinchoqlardan namuna keltiring.
2.
O’yinchoq yasashdagi bosqichlarni sanab o’ting.
ADABIYoTLAR.
1.P.Magzumov. “O’quvchilarning mehnatga tayyorgarlik bo’yicha bilim
va ko’nikmalari sifati”.T. 1994y.
Dostları ilə paylaş: