0
O’ zbekiston Respublikasi
Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi.
Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat
Pedogogika Universiteti.
MEHNAT VA UNI O’QITISH
METODIKASI.
O’quv qo’llanma
Tuzuvchilar: Prof. Mavlonova R.A.
P.f.n dotsent Sanaqulov.H.R.
O’qituvchi Xodieva.D.P
Taqrizchilar: Nizomiy nomli TDPU p.f.n. dotsent S.Boltaboev
pedagogika
fanlari nomzodi, dotsent Toshkent
viloyati xalq ta’limi pedagog xodimlarni qayta
tayyorlash
va
malakasini
oshirish
instituti
“Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim” kafedrasi
mudiri M.G’ulomov.
Toshkent-2007
1
Annotatsiya.
Qo’llanma bakalavriyat yo’nalishi 5141600 – Boshlang’ich ta’lim va
sport tarbiyaviy ish uchun mo’ljallangan bo’lib,
unda talabalarga mehnatga
pedagogik va psixologik asosda bilim berish, mahnaviy va mahrifiy
madaniyatni takomillashtirish, mehnat tarbiyasi asosida o’quvchilarda kasb-
hunarga qiziqishini shakllantirishga qaratilgan bo’lib,
bundan talabalar
mustaqil ravishda mehnat va uni o’qitish metodikasidan nazariy va amaliy
bilimlar mavzusiga tayyorlanish jarayonida talaba bajarish lozim bo’lgan
topshiriq va metodik ko’rsatmalardan foydalanish mumkin.
Mazkur qo’llanma 2007 yil 29 martda 9 sonli qarori bilan tasdiqlandi.
2
KIRISH.
Bugungi kunda jamiyatimiz uchun har tomonlama rivojlangan fan
texnika taraqqiyotini hayotga tadbiq eta oladigan yetuk malakali kadrlar
tayyorlash masalasi turibdi.
Maktab ta’limining hozirgi bosqichida o’quvchilarni mehnatga
tayyorlash, o’sib kelayotgan avlodning tahlim va tarbiyasidagi eng zarur
masalalardan biridir.
Ayniqsa boshlang’ich sinflarda o’quvchilarni mehnatga tayyorlash
ularning qiziqishlari, moyilliklar va imkoniyatlariga asoslangan qo’l mehnati
hisoblanadi. Shu munosabat bilan mehnat ta’limi jarayoni o’quvchilarda
ushbu yosh uchun bilim, mehnat, axloqiy,
estetik iqtisodiy-ekologik
va aqliy imkoniyatlarni aniq mehnat jarayonlarida rivojlantirishga qaratilgan,
natijada ularni mehnatga tayyorlashni qo’l mehnati jarayonida bolalar asosan
ishlab chiqarish texnologiyalar chiqindilari (qog’oz,karton,sim, yog’och,gaz
mol va boshqalar) bilan tabiiy va sun’iy xom ashyolar (maxsus loy,yog’och
va plastmassalar, plastilin, yelim va boshqalar) bilan ishlash keyingi sinflarda
davom ettirilishi uchun zarur aloqadorlik hosil qiladi.
Mazkur o’quv metodik qo’llanma pedagogika institutlarining talabalari
uchun "Mehnat va uni o’qitish metodikasi” fani bo’yicha mo’ljallangan
bo’lib, unda yangi pedagogik
texnologiya yutuqlari asosida, "Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi" hamda "Ta’lim to’g’risida"gi Qonun talablarini
bajarish maqsadida o’quvchilarning tafakkurlarini yuqori darajada
rivojlantirishga erishish umumiy tahlim maktablari oldida turgan eng
muhim vazifalarini amalga oshirishda, Davlat ta’lim
standartlarini bosqichma-
bosqich amalga oshirilishida, yo’nalishi Bakalavr: 142000 -Boshlang’ich
ta’lim va tarbiyaviy ishlar metodikasi mutaxassisliklarn uchun o’quv
metodik qo’llanmadir.
O’quv
qo’llanma
talabalarning
mehnat
ta’limi
bo’yicha
boshlang’ich ta’lim metodikasidan nazariy, amaliy va laboratoriya
mashg’ulotlarida bajaradigan ishlarning namunalariga yo’llanmani o’z
ichiga oladi.
Har bir nazariy, amaliy mashg’ulotlarning mavzusi, unga
tayyorlanish jarayonida talaba bajarishi lozim bo’lgan topshiriqlar, metodik
ko’rsatmalar va eng muhim nazariy manbalar keltirilgan. O’quv
qo’llanma talabalarning mashg’ulotlarga tayyorlanishida foydalanishlari
uchun, ularning mustaqil ishlarini tashkil etish uchun
mo’ljallangandir.