Mehnat va uni o’qitish metodikasi uquv qullanma lotincha


Mehnat tahlimi jarayonning o’sishiga tahsiri



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/62
tarix14.05.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#113396
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62
mehnat va uni oqitish metodikasi

Mehnat tahlimi jarayonning o’sishiga tahsiri. Mehnat tahlimi 
vazifalari haqida gapirilganda, o’quvchilarda mehnatsevarlik, mashuliyat, 
intizomlilik, burch hissi, jamoatchilik hissini tarbiyalashni tilga olmaslik 
mumkin emas. SHu bilan birgalikda mehnat odamlar tirikchiligining moddiy 
va mahnaviy tahminotining vositasi, jamiyat taraqqiyotining eng muhim 
omilidir. Bolalarni aqliy o’stirishda ham mehnat tahlimining roli ko’p 
qirralidir. Mehnat o’quvchilarning bilim olishiga intilishlarini qo’zg’atuvchi 
vositagina emas, balki uning manbai hamdir. Mehnat tahlimi jarayonida 
o’quvchilarni aqliy o’stirishda jismoniy va aqliy mehnatni almashtirib turish 
muhim ahamiyatga egadir. Biroq har qanday mehnat ham aqliy o’sishga 
yordam bermasligini unutmasligimiz kerak. 
Mehnat eng muhim iroda va axloqiy sifatlarning rivojlanishiga yordam 
beradi. Mehnat tahlimida mehnatga psixologik tayyorgarlik, mehnat 
faoliyatining to’g’ri motivlari tarbiyalanadi, shaxsning har bir ongli 
mehnatkash uchun zarur bo’lgan sifatlari shakllanadi. 
Darslarning jihozlanganligi o’z mehnati uchun shaxsiy mahsuliyatni, 
mehnat madaniyatini tarbiyalashda katta ahamiyatga egadir. Agarda bolalar 



yomon jihozlangan sinfda, qupol, og’ir va yoshlariga nomunosib asboblar bilan 
shug’ullansalar ish natijalari ko’ngildagidek bo’lmaydi. 
Agarda bola har bir qadamda tartiblilikka, aniqlikka rioya qilish 
lozimligiga ishonch hosil qilinmasa, bolalarni mehnatga muhabbat ruhida 
tarbiyalashda muvaffaqiyatga erishish haqida gapirish qiyin. 
Mehnat malakalari madaniyati u yoki bu mehnat jarayonida belgilangan 
tartibga va harakat izchilligiga rioya qilish kerakligini muntazam tushuntirib 
borish bilan birga bo’ladigan ko’p mashq qilishlar natijasida tarkib topadi. 
O’quvchilar o’rtasida yo’lga qo’yilgan o’zaro yordam esa, ularda do’stlik, 
birodarlik, umumlashish, jamoatchilik kabi fazilatlarni tarbiyalaydi. 
SAVOLLAR. 
1.
Mehnatga axloqiy tayyorlash deganda nimani tushinasiz? 
2.
O’quvchilarni ish unumi qanday oshiriladi? 
3.
O’quvchilarda mehnat ko’nikmasi qanday hosil qilinadi? 
4.
O’quvchilarni aqliy o’sishida mehnatning ahamiyati? 
TOPSHIRIQLAR. 
1.
Mehnat tahlimi tushunchalari. 
2.
Mehnat tarbiyasi tushunchalari. 
ADABIYoTLAR. 

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin