27
safarga chiqdi. U fazoda yorugʻlik tezligida uchdi va 10
yildan soʻng Yerga qaytib keldi. Nihoyat, egizaklar yana
uchrashishdi. Bu paytda Husanning yoshi 40 da, Hasanniki
esa 30 da edi! Juda gʻalati, shunday emasmi? Ammo buni
qarangki, fizika qonuniyatlariga koʻra shunday boʻlishi
aniq ekan. Olimlar buni “Egizaklar paradoksi” deb
atashadi.
Qahramonimiz Ahmadning hisob-kitob qilayotganiga
sabab bor. Agar u Margol bilan Quyosh tizimidagi
sayyoralarga katta tezlikda uchib borsa, Yerdagi vaqtdan
ilgarilab ketishi mumkin. Masalan, ularning Quyosh
tizimidagi ikki kunlik sayohati Yerdagi uch kunga toʻgʻri
kelib qolishi hech gap emas.
Kelajakka sayohat qilish mumkinligi ilmiy jihatdan
isbotlangan boʻlsa-da, olimlar oʻtmishga qaytish
masalasida koʻp bahslashishadi. Ayrimlar nisbiylik
nazariyasiga koʻra oʻtmishga sayohat qilish mumkin desa,
boshqalar buni inkor qiladi. Ammo shuni aniq aytish
mumkinki, oʻtmishga qaytish shunchaki fantastik xayol
emas. Fizika qonuniyatlarida bunga yetarlicha dalillar
topiladi.
– Demak, men tunda fazoga uchib, tong otguniga qadar
yotogʻimga qaytishim mumkin boʻlar ekan-da?!
– Toʻgʻri, bu biroz murakkab ish, ammo uddalasa boʻladi.
Shaxsan oʻzim vaqt tuynugidan 2-marta oʻtganman. Buning
uchun kemaning sirtiga maxsus qurilma oʻrnatiladi, xolos
– dedi Margol. – Aytganday, 10 kun avval Isaak Nyuton
degan olimingiz bilan ham koʻrishib qaytdim.
– Nima, Nyuton bilan?! – Ahmad quloqlariga ishonmasdi.
– Ha, oʻsha Nyuton-da. Vaqt tuynugidan oʻtib XVIII as-
rga qaytdim va u bilan koʻrishdim.
– Qoyil! – dedi lol qolgan Ahmad. – Oʻzi uning oldiga
28
nega bordingiz?
– Bu haqida senga boshqa safar batafsil soʻzlab beraman.
– Margol shunday deb yana Ahmadga oʻychan tikilib qoldi.
– Xoʻsh, nima deysan, men bilan birga ucha olasanmi?
Ahmad rozilik berishni ham, bermaslikni ham bilmasdi.
U baribir ikkilanib qolgandi. Ammo salmirliklarning taqdiri
haqida oʻylar ekan, yoʻq deyishga tili bormadi.
– Mayli, roziman, – dedi Ahmad.
– Juda soz! – Margolning sevinchi ichiga sigʻmay
sakray boshladi. Bu oʻzga sayyoraliklarning sakrashi ham
juda kulgili edi. – Sening Yerga eson-omon qaytishing
uchun jonimni ham ayamayman, – dedi Margol sakrashdan
toʻxtab.
Shu tariqa ikkovlon fazo
kemasini yasashga kirishib
ketishdi. Kema kabinasi uchun Margol olib kelgan
zahira kapsulasi juda mos kelar edi. Balandligi uch metr
boʻlgan tuxumsimon kapsulaga Ahmadning loyihasi bilan
yaratilgan qurilmalarni oʻrnatishsa bas, kema uchaveradi.
Bu uskunalar fazodagi gravitatsiya toʻlqinlarini aniqlab,
kemani shu yoʻnalishga tushib olishiga yordam beradi.
Ahmadning dadasi Odilbek aka avtomashinalar ustasi
edi. Shu sabab ularning uyida eski temir-tersaklar, buzilgan
avtomashinalarning turli ehtiyot qismlari uyilib yotardi.
Qahramonlarimiz fazo kemasining
maxsus qurilmalarini
shu temir-tersaklardan foydalanib yasashga qaror qilishdi.
Avvaliga zahira kapsulasining toʻrt tarafiga uzunligi ikki
metrlik quvurlar payvandlandi. Bu quvurlar kemani tutib
turuvchi oyoqlar vazifasini oʻtaydi. Bundan tashqari,
ushbu quvurlarga Ahmad oʻylab
topgan katta-kichik
qurilmalar ham mahkamlanadi. Soʻng Margol traktorning
yer haydaydigan omochlarini kesib olib, yarim oy shaklida
qayrilgan omoch pallalarini tekisladi. Tekislangan omochlar
esa qanotga oʻxshab qolgandi. Keyin Margol bu qanotlarni
29
kemaning ikki yoniga payvandladi. Qanotlarning ostiga
esa gaz balonlari va avtomobilning tutun chiqargichidan
ishlangan reaktiv dvigatellar qotirildi. Toʻgʻri, bu yerda
bir muammo ham bor. Yaʼni
avtomobillarning ehtiyot
qismlarini atmosferaning yuqori bosimi 3 soniyaga qolmay
parchalab tashlaydi. Shuni hisobga olgan Margol har bir
temir boʻlagiga qayta ishlov berib chiqdi. Ehtiyot qismlari
salmirliklarning maxsus kukunsimon boʻyogʻi bilan
qoplandi. Endi xavotir olishga oʻrin qolmagan edi.
Yana bir muammo – ular fazodagi gravitatsiya
toʻlqinlariga yetib olishlari uchun, avvalo, kemani fazoga
olib chiqishlari lozim boʻladi.
Buning uchun esa reaktiv
dvigatelning yoqilgʻisi kerak. Ammo Ahmadning bu borada
ham koʻngli toʻq. Sababi, Margol yoqilgʻi tayyorlash
vazifasini oʻz zimmasiga olgan.
Shu kuni kechga yaqin Ahmad oʻzga sayyoralik doʻstidan
yana Isaak Nyuton haqida soʻradi.
Dostları ilə paylaş: