9 Jamiyat rivojlanish nazariyalarining qiyosiy tahlili. Tajetdinov Salamat Berdaq nomidagi qmu magistranti Annotatsiya



Yüklə 262,17 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix16.05.2023
ölçüsü262,17 Kb.
#113758
  1   2   3   4
jamiyat-rivojlanish-nazariyalarining-qiyosiy-tahlili (1)



9 
Jamiyat rivojlanish nazariyalarining qiyosiy tahlili. 
Tajetdinov Salamat 
Berdaq nomidagi QMU magistranti 
Annotatsiya: Ushbu maqolada jamiyat rivojlanishining nazariyalarini qiyosiy-falsafiy 
tahlil qilish orqali jamiyat rivojlanishida formatsion va evolyutsion jarayonlarning oʻzaro 
bogʻliqligi, jamiyat koʻrinishlari va tuzilishi, faoliyat doirasi tizimli tahliliy shaklda yoritib 
beriladi.
Kalit soʻzlar: Jamiyat, davlat, industrial jamiyat, postindustrial jamiyat, evolyutsion 
jarayon, formatsion jarayon, rivojlanish bosqichlari.
Jamiyatning rivojlanish jarayonini tushunish turli xil yondashuvlar yoki 
nazariyalarning vujudga kelishiga olib keladi va bu rivojlanish sabablarini oʻrganishni talab 
qiladi. Bugungi kunga kelib, biz jamiyat rivojlanishining shakllanish jarayonlarini va 
tsivilizatsiya yondashuvlarini ajratgan holda ularning har biri rivojlanish sabablarini 
ijtimoiy oʻzgarishlar bilan izohlay olamiz. 
Tsivilizatsiya yondashuvining asoschilari O.Spengler, M.Veber, A.Toynbidir [1]. Ular 
asosiy e’tibor jamiyatda hukmron boʻlgan qadriyatlar tizimiga qaratiladi, bir-biri bilan 
oʻzaro ta’sir qiluvchi koʻplab omillar - texnik, iqtisodiy, diniy, siyosiy va boshqalar koʻrib 
chiqiladi, jamiyatning moddiy hayoti 
e’tiborga olinmaydi. Koʻrib chiqilgan 
yondashuvlarning har biri zarur va muhim, ammo oʻzi etarli emas. Shunday qilib, 
tsivilizatsiyaviy yondashuvning oʻzi tsivilizatsiya taraqqiyotining bir bosqichidan 
ikkinchisiga oʻtish sabablari va mexanizmlarini tushuntirib bera olmaydi, formatsion 
yondashuv doirasida esa G‘arb va Sharq mamlakatlari oʻrtasidagi farqlarni tasvirlash qiyin. 
Ushbu ijtimoiy oʻzgarishlar nazariyalarida tarixiy bosqichlarni oʻzgartirish jarayonini 
tsivilizatsiya nazariyasiga xos boʻlgan evolyutsion va formatsiya nazariyasiga aloqador 
inqilobiy bosqichlarga boʻlish mumkin. Evolyutsionistlar jamiyat taraqqiyoti bosqichma-
bosqich va silliq kechayotganiga ishonishgan, inqilobchilar esa jamiyat inqiloblar va 
islohotlar orqali rivojlanadi, deb taxmin qilishgan. Koʻpincha adabiyotda jamiyatning yana 
bir gradatsiyasi koʻrib chiqiladi - yuqoridagi yondashuvlarga tegishli boʻlmagan sanoat va 
postindustrial bosqichlar. Menimcha, bu nazariya (bu bosqichlarga boʻlinish asosida 


10 
yaratilgan) formatsion yondashuvning elementlaridan biridir. Bu nazariyalarni ikkalasi ham 
monizm tamoyiliga asoslanganligi, ya’ni ishlab chiqaruvchi kuchlar jamiyat taraqqiyotining 
asosiy sababidir. Ammo ularda fundamental farqlar ham mavjud, ijtimoiy munosabatlarni 
e’tiborsiz qoldiradigan sanoat va postindustrial jamiyatlar nazariyasidan farqli oʻlaroq, ya’ni 
formatsiyalar nazariyasi ishlab chiqaruvchi kuchlarni ijtimoiy munosabatlarni (birinchi 
navbatda mulkiy munosabatlar) oʻzgartirishning asosi deb hisoblaydi. 

Yüklə 262,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin