100
Ibroyim Yusuf she’rlarida yurtga muhabbat tarannumi
Xajiqurbonova Niginabonu
Xorazm viloyati
30- maktab o’quvchisi
Annotatsiya: Ushbu maqolada o’zbek va qoraqalpoq xalqining ardoqli shoiri
Ibroyim Yusupov ijodi, “Cho’l to’rg’ayi” to’plamidan o’rin olgan she’rlar tahlili va
baiiy-ma’naviy qimmati ochib berilgan. Maqolada ijodkorni o’ziga xos uslubi, quyma
satrlari, ijodiy g’oyasi yoritilgan.
Tayanch so’zlar: shoir, uslub, peyzaj, badiiyat
Аннотация: В данной статье заслуженный поэт узбекского и каракалпакского
народов
Раскрывается творчество Ибраима Юсупова, анализ стихов из сборника «Чоол
торгаи» и их художественная и духовная ценность. В чем неповторимый стиль
художника в статье, линии литья, выделяются творческие идеи.
Ключевые слова: поэт, стиль, пейзаж, художественность.
Abstract: In this article, the honored poet of the Uzbek and Karakalpak peoples
The work of Ibrayim Yusupov, the analysis of the poems from the collection "Cho'ol
torgayi" and their artistic and spiritual value are revealed. What is the unique style of the
artist in the article, casting lines, creative ideas are highlighted.
Key words: poet, style, landscape, artistry
101
Ikki xalqning yuragidan joy olgan, o’zbek-u qoraqalpoqni bir yong’oqning ikki
mag’zidek yaxlit bilgan shoir Ibroyim Yusupov chin ma’noda yurt muhabbati bilan ijod
qilgan shoirdir. Uning “Cho’l to’rg’ayi” to’plamini varaqlar ekanman, Bunga yana bir
bora amin bo’laman.
Shoir “Vatan “she’rida uning bolaligidagi Vatan haqidagi tasavvurlaridan tortib
vatanning neligini anglatgan barcha suvratlarni, hayot lavhalarini bir - bir eslaydi:
Sen avval chayqalgansan tollar shohida,
Men o’rmalab chiqib uning bolin so’rganman.
Tol po’stidan sunray yasab chalgan chog’imda
Sodda sasda yuragimni ochib bergansan.
Ya’ni shoir vatan suvratini avval tollar shohida ko’rdim, bu tollardan bolini so’rganman,
deydi, so’ngra tol po’stida surnay yasab chaldim, undan chiqqan sado shunday edi :
Sening bitta butog’ingman, yasholmam sensiz” sekin shoir xayollariga ergashib
qurquloq degan qushni va uning iniga hayrat bilan boqqan onasini eslaydi. Va
anglaydiki, u onasining nigohida Vatanni ko’rgan ekan. Lirik qahramon, o’z vatani
haqida o’ylaganida, yog’ichqazorlardagi mitti sariq gullarni, qo’zichoqday o’ynab
yurgan adirlarni eslaydi. Gohida uning xayolida vatani qadrdon maktabi bo’lib
ko’rinadi.ehhe shoir vatanni ko’p narsalarda ko’radi, bodroq bodroq paxtalarda, qo’shni
qizning kudirguchida, podachi chol nigohida ko’radi. Shoirning o’zi ham “ men qanday
suvratda ko’rmadi seni ?” deya hayratlanadi:
Men qanday suvratlarda ko’rmadim seni?
Turnlarday kuzda uchdik ko’kda tizilib
Goh qirg’ovul bo’lib qancha chaqirding meni
Goh chaqirding yaylovlarda yilqichi bo’lib.
Va u vatanni qanday qiyofada ko’rsa-da, uning ulug’ligini unutmaydi, uni boricha
hamma -hamma xotiralari bilan sevadi.bu she’r vatanning turli qirralarini ko’rish va uni
boricha butunicha sevish haqidadir.
Ibroyim Yusuf she’rlarida oddiy detaldan ham ulkan falsafa kash etilganini ko’rasiz.
Uning “Cho’girma” she’ri ana shunday mahorat natijasi. Yangicha turmushni
kechirayotgan inson sifatida milliy libos, qadimiy bosh kiyim cho’girma haqida she’r
bitar ekan, I .Yusupov, bu cho’girmaning qancha dovonlardan oshganini, ushbu milliy
kiyimning tarixini eslab o’tadi.quarsh qalpoq kabi nomlar bilan atalganini ta’kidlaydi:
102
Avval paydo bo’lding kimning boshida,
Orol bo’yio yo dnepr qoshida?
O’n asrli rus solnomasida
Quvondim nomingni o’qib cho’girma.
Ko’rinadiki, avval orol bo’yi yoki Dnepr yaqinida yashagan xalqlar kiyganligini, hatto
rus solnomasida uning nomini o’qigach xursand bo’lganini aytadi.Shoir cho’girmaga
qarata bobolarim boshida olamni ko’rgansan, u bilan olam kezgansan deydi. Janglarda
Ernazar kabi bobolar jangda halok bo’lganda sen qonga botgan eding, deydi.
Cho’girmaga ta’rif berish bahonasida shoir qoraqalpoq xalqini ne ne suronli zamonlarni
ko’rganini boshiga ko’p ga’vg’olar tushganini eslaydi. Uni boshdagi ko’rinishini tomga
qo’nib turgan kurka tovuqqa o’xshatadi. She’rning so’nggi bandalarida shoir sal
zamonasozlik qilgan o’rinlari ham bor.Lekin ushbu she’r bir bosh kiyimi emas butun bir
xalq hayoti va uning madaniyati haqidadir.
Ibroyim Yusupov ijodida “Qadrdon so’qmoqlar” she’ri alohida diqqatga sazovor. Bu
she’r badiiy barkamolligi bilan she’riyat muxlislari qalbidan joy olgan. Har kimning
tug’ilgan yeri Misr shahri degan epigraf keltirilgan ushbu she’r shoirning garchi kichik
qishloq bo’lsa-da uning uchun Misrday buyuk bo’lgan ovuli haqida. Bolaligi o’tgan
ko’chlar qadrdon so’qmoqlar haqida. Lirik qahramon bolaligi o’tgan qishloqqa
qaytayotib, sog’ingan kunlarini, qadrli odamlarni eslaydi. She’rning ilk satrlarida qizil
Dostları ilə paylaş: |