10
darajasi hamda korxonadagi hisob-tahlil xodimlarining tavsifi aks ettiriladi.
Auditorlik
hisoboti
ma’lumotlari korxona bozor sharoitlariga qanday
moslashayotganligi va muvaffaqiyatli rivojlanishi hamda foydasini ko’paytira
olishga qodirligini yoki aksinchaligini bildirishi lozim. Albatta, tekshirilayotgan
korxonadagi ahvol bezab ko’rsatilmasdan, auditorga
taqdim qilingan axborot
haqiqiy bo’lgandagina ehtiroslarga berilmagan va real auditorlik hisoboti hamda
xulosa shakllanadi.
Auditor hisobotda keltirilgan kamchiliklar bo’yicha ularni bartaraf qilishga
karatilgan o’z takliflarini ham ko’rsatib o’tishi lozim.
Lekin tekshirilayotgan
korxona xodimlariga «yaxshilik» qilish maqsadida auditor shaxsan o’zi dastlabki
hujjatlar, hisob registrlari va buxgalteriya hisobotlaridagi xatolarni to’g’rilashi
mutlaqo mumkin emas.
Auditor aniqlangan xato yoki kamchiliklar to’g’risida korxona rahbariyatiga
bildiradi va ularni tuzatish bo’yicha aniq tavsiyalar beradi.
Agar buxgalterlik (moliyaviy) hisobni yuritish, tegishli hisobotlarni tuzish va
O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga rioya qilish bo’yicha ko’rsatilgan
kamchiliklar audit o’tkazish chog’ida buyurtmachi korxona tomonidan tuzatilmasa,
buxgalterlik (moliyaviy) hisobotning ishonchliligini
tasdiqlash mumkin emasligi
to’g’risida auditorlik tekshiruvining xulosasida yoziladi.