11–Mavzu: Shtamplash. Shtamplashni afzalliklari. Ochiq va yopiq shtamplar. Uskunalari. Texnologik talablar Reja


Pakovka chizmasini (chertejini) tuzishga misol



Yüklə 429,68 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix17.05.2023
ölçüsü429,68 Kb.
#115216
1   2   3   4   5   6
11–Mavzu Shtamplash. Shtamplashni afzalliklari. Ochiq va yopiq

Pakovka chizmasini (chertejini) tuzishga misol: 
a - detal, b - ochiq shtamptda olinadigan pakovka; v -yopiq 
bir ajralish yuzali shtamptda olinidigan pakovka; g - yopiq ikki 
ajralish yuzali shtampda olinadigan pakovka 
8. Iloji bo‘lsa, pakovkaning ayrim-ayrim qismlari olinib, 
ularni o‘zaro payvandlash iqtisodiy jihatdan tejamli bo‘ladi. 
 
2.Qizdirib hajmiy shtamplashda qo‘llaniladigan uskunalar. 
Bolg‘alar, krivoshipli qizdirib shtamplash presslari
gorizontal bolg‘alash mashinalari, gidravlik presslar, vintli presslar 
va maxsus shtamplash uchun mashinalar qo‘llaniladi. 
1. Bug‘-havo shtamplovchi bolg‘alar - bu asosiy 
qo‘llaniladigan mashinalardan biri. Ishlash prinsipi bug‘-havo 
bolg‘alariga o‘xshaydi. Lekin konstruksiyasi boshqa. 
SHtamplash bolg‘alarida stanina stoykalari to‘g‘ridan-
to‘g‘ri shabotga o‘rnatiladi. 
Bunday shtamplash bolg‘alarida kuchli sozlanadigan 
yo‘naltiruvchilari bor. Bu yo‘naltiruvchilar bo‘yicha babka harakat 
qiladi. SHtamplovchi bolg‘alar shabotining massasi tushayotgan 
qismlar massasidan 20-30 marta ko‘p. Bular hammasi shtamp bo‘laklarining bir-biriga aniq 
urilishini ta’minlaydi. Tushayotgan qismlarning og‘irligi 360-25000 kg. 
Bunday bolg‘alarda shtamplash 3-5 zarbda amalga oshiriladi. SHtampning ustki qismi, 
ostkisiga Karaganda yaxshiroq to‘ladi. Har bir zarbdan so‘ng zagatovka ustidagi (zang-kuyindi 
metall) zaki qisilgan havo bilan tushuriladi. 
Krivoshipli shtamplash presslari. 
Bu progressiv uskuna. 
 
 
 


Krivoshipli bolg‘alash-presslash pressining kinematik sxemasi: 
1-elektrik yuritgich; 2-maxovik; 3-val; 4-krivoshipli val; 5-tishli g‘ildiraklar; 6-friksion 
mufta; 7-lentali tormoz; 8-shatun; 9-polzun; 10-stol 
R = 6,3-100 MN (10000t), Tushish massasi 0,63-10t. shtamplovchi bolg‘alarni o‘rni 
almashtiriladi. 
Bu usulning afzalliklari: 
1. Ish unumi yuqori bolg‘alarda shtamplashga Karaganda. 
2. Pakovkaning aniqligi yuqoriroq-pastki shtamp aniq o‘rnatiladi. 
3. Shtamp qiyaligi (o‘qlon) kam, chunki pakovkani turtib chiqaruvchi Mexanizm bor. 
4. Metall chiqindisi kam. 
5. SHtamp kam yoyiladi. 
6. Poydevor fundament zarbiy dinamikaviy kuchga berilmaydi hisob. 
7. Boshqarish oson. 
8. Mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish engil. 
Kamchiliklari: 
1. Kuyindi qiyin ajralib, pakovka yuzasiga yopishadi. SHuning uchun zagotovka 
oksidlantirmay qizdirilishi yoki shtamplashdan oldin kuyindidan tozalanishi kerak. Gidravlik 
usul bilan. 
2. Uskuna qimmat: quvvati bir xil bo‘lgan bolg‘adan 3-4 marta qimmat. 
Gorizontal bolg‘alash mashinalarida shtamplash. 
Asosan, yirik korxonalarda doiraviy shakldagi detallarni ko‘plab щtamplashda ishlatiladi. 

Yüklə 429,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin