Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti z. O. Kuvandikov


Tadbirkorlik faoliyati subyektlarini jinoiy javobgarlikka tortish



Yüklə 1,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/130
tarix17.05.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#115347
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   130
Tadbirkorlik biznes huquqi O\'quv qo\'llanma Z O Kuvandikov Samarqand

Tadbirkorlik faoliyati subyektlarini jinoiy javobgarlikka tortish 
asoslari.
1. 
Iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatlar uchun javobgarlik.
2. 
. Bankrotlik haqidagi qonun hujjatlarini hamda Monopoliyaga 
qarshi qonun hujjatlarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik.
3. 
Soliq to‘lovlarini to‘lamaganligi uchunhamda budjetni notori 
yuritganiligi uchun jinoiy javobgarlik.
4. 
Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi jinoyatlar uchun javobgarlik.
5. 
Savdo yoki vositachilik faoliyati bilan qonunga xilof ravishda 
shug`ullanganlik uchun jinoiy javobgarlik.
6. 
Faoliyatni lisenziyasiz amalga oshirganlik uchun va 
raqobatchini obrosizlantirganlk uchun jinoiy jvobgarlik.
Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini bo‘zganlik uchun jinoiy 
javobgarlik.
O‘zbekiston Respublikasining “Tabiy monopoliyalar to‘grisida” gi 
815-I-son, 
qonuni 
xo`jalik 
yurituvchi 
subyektlarning 
bozorda 
raqobatlanishi bilan bog`liq bo`lgan munosabatlarni tartibga soladi, 
monopoliya faoliyati, yani monopoliyaga qarshi qonunga zid bo`lgan 
faoliyatning oldini olish va uni bartaraf qilishning huquqiy asoslarini 


384 
belgilaydi. Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini bo‘zishning ijtimoiy 
xavfliligi shundaki, ushbu jinoyatni sodir etish natijasida alohida xo`jalik 
subyektlariga monopolistik faoliyatni amalga oshirish uchun real 
imkoniyat vujudga keladi. U bozor iqtisodiyoti faoliyatiga juda salbiy 
tasir etadi, chunki bozor iqtisodiyotini amalga oshirishning asosiy 
shartlaridan biri monopoliya bilan sig`ishmaydigan erkin raqobatdir. 
Raqobat shartlari barcha mulk shakllarining tengligi kapitalning bir 
muhitdan boshqa muhitga erkin oqib o`tishini taminlovchi ishlab 
chiqilgan iqtisodiy mexanizm hisoblanadi. Iqtisodiy munosabat 
ishtirokchilarining iqtisodiy erkin bo`lishi shartdir. Monopoliyaga qarshi 
qonun hujjatlarini bo‘zish bozorning yuqorida ko`rsatilgan muhim 
elementlariga, shuningdek, alohida fuqarolar, jamiyat va davlatga ham 
moddiy zarar yetkazadi.
Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini bo‘zish jinoyatining 
obyekti o`rnatilgan tartib va bozorni samarali boshqarish qoidalari 
shaklidagi O`zbekiston iqtisodiyotining asoslari, xo`jalik yurituvchi 
subyektlarning o`z huquq va imkoniyatlarini amalga oshirishlariga 
to`sqinlik qiluvchi monopolistik faoliyatni amalga oshirishning oldini 
oluvchi munosabatlar hisoblanadi. Fakultativ obyekti xo`jalik subyekti 
sifatida faoliyat ko`rsatmaydigan alohida fuqarolar va davlatning qonun 
bilan qo`riqlanadigan huquq va manfaatlari bo`lishi mumkin.
O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 183-moddasi 1-
qismida nazarda tutilgan harakatlar monopoliyaga qarshi faoliyat olib 
borish vakolati berilgan organga axborot bermaslikdan yoki bila turib 
haqiqatga to`g`ri kelmaydigan malumotlarni taqdim qilishdan iborat 
bo`ladi. 

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin