Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti z. O. Kuvandikov



Yüklə 1,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/130
tarix17.05.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#115347
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   130
Tadbirkorlik biznes huquqi O\'quv qo\'llanma Z O Kuvandikov Samarqand

  

Taqrizchilar:  
Yu.f.d. Prof. F.Yu. Shodmanov., yu.f.n. Prof.v.b. A. Gulomov.
  
Mas’ul muharrir:
yu.f.d. Prof. O. Oqyulov
 
SamDU Kengashining majlisida muhokama qilinib, nashrga tavsiya 
etilgan.(2022-yil 30 dekabr, 6-sonli qarori) 
 
ISBN 978-9943-9350-9-9
 
@ Z.O.Kuvandikov, 2023.  



KIRISH 
Darhaqiqat, Prezidentimiz Sh. Mirziyoev ta’kidlaganlaridek, 
barchamiz bir haqiqatni chuqur anglab olishimiz kerak: tadbirkorlik 
faoliyatini qo‘llab-quvvatlash – fuqarolar, xalqimiz farovonligini 
oshirishning eng samarali yo‘li, Yangi O‘zbekistonni barpo etishning 
pirovard maqsadidir”
1
.
Mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish va uning 
huquqiy asoslarini yanada mustaxkamlash maqsadida Prezidentimizning 
bevosita tashabbusi bilan O‘zbekiston respublikasida Tadbirkorlik 
kodeksini qabul qilish, “Kichik va o‘rta biznes to‘grisida”gi qonun 
loyihasi tayyorlash, lisenziyalash va ruxsatnomalar berish tartibini qayta 
ko‘rib chiqishni, tadbirkorlarga ruxsatnomalar berish sonini 2-3 baravarga 
kamaytirishni, yuridik shaxs bo‘lgan tadbirkorlik subyekti a’zolariga 
jinoiy uyushma“ degan ayblov qo‘yib, ularga ogir jazo tayinlash kabi 
allaqachon umrini o‘tab bo‘lgan tartiblarni bekor qilishni, buning 
oqibatida respublikamizda o‘z faoliyatini yuritayotgan yuzlab 
tadbirkorlar 
qanchadan-qancha 
aziyat 
chekib, 
moddiy 
zarar 
ko‘rayotganliklari va boshqa shunga o‘xshash muammolarni tezda 
bartaraf etish yo‘llarini ta’kidladilar. Mazkur muammolarni qisqa 
muddatlarda bartaraf etish maqsadida Prezidentimiz respublika Oliy sudi, 
Bosh prokuratura, Biznes-ombudsman, Savdo-sanoat palatasi hamda 
Adliya vazirligiga 2020 yil 1 aprelgacha ana shu masalalar bo‘yicha 
tegishli qonun loyihasini puxta ishlab chiqishi lozimligi kabi asosiy 
ustuvor vazifalarni belgilab berdilar 
2
.
Mamlakatimiz Prezidenti Respublikada tadbirkorlik va kichik 
biznesni rivojlantirish bo‘yicha yanada qulay sharoitlar yaratish haqidagi 
o‘z fikrlarini davom ettirib, “Bir narsani alohida ta’kidlash kerak, ya’ni 
pandemiya davrida iqtisodiyotning barqaror ishlashi uchun tadbirkorlar 
davlat bilan teppa-teng hissa qo‘shdilar. Shuning uchun barchamiz 
tadbirkorlarga elkadosh bo‘lib, ularni doimo qo‘llab-quvvatlashimiz 
1
https://yuz.uz/news/yangi-ozbekiston-demokratik-ozgarishlar-keng-imkoniyatlar-va-amaliy-ishlar-
mamlakatiga-aylanmoqda 
2
https://www.gazeta.uz/uz/2020/01/24/president-speech/



shart. Bu borada ishbilarmonlarning haq-huquqlarini, ayniqsa, xususiy 
mulk daxlsizligini ta’minlash – barcha darajadagi davlat organlarining 
asosiy vazifasi bo‘lishi lozim” dedi 
Yuqorida ta’kidlangan vazifalarning ijrosini ta’minlash natijasida 
respublikamizda bugungi kungacha qo‘yidagilar amalga oshirildi. 
Birinchidan, “Soliqchi – ko‘makchi” tamoyili asosida tadbirkorlar uchun 
ularning biznes hamkorining soliq qarzdorligi haqidagi ma’lumotlarni 
olish imkoniyati yaratildi. Ikkinchidan, tadbirkorlarga yanada qulaylik 
yaratish maqsadida 105 ta listenziya va ruxsatnoma turlari bekor qilindi, 
115 tasi bo‘yicha tartib-qoidalar soddalashtirildi. Uchinchidan
Pandemiya sharoitida aylanma mablag tanqisligiga duch kelgan 
tadbirkorlarimiz “oyoqqa turib olishlari” uchun ularga ko‘mak berishni 
davom ettirish natijasida, turizm, transport va umumiy ovqatlanish 
sohalariga berilgan imtiyozlar uzaytirildi. To‘rtinchidan, 20 mingga yaqin 
tadbirkorning 400 milliard so‘mlik yer va mol-mulk soligini to‘lash 
muddatini yana bir yilga uzaytirildi. Bundan tashqari, 1 milliard 
so‘mgacha davlat xaridlari doirasida avans miqdori 30 foizga etkazildi. 

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin