Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti z. O. Kuvandikov



Yüklə 1,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/130
tarix17.05.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#115347
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   130
Tadbirkorlik biznes huquqi O\'quv qo\'llanma Z O Kuvandikov Samarqand

sohibi bo‘lgan azmi qatiy, tadbirkor va xushyor bir kishi, ming-minglab 


12 
tadbirsiz loqayd kishilardan afzaldir”
9
. Shuningdek, tadbirkor-
biznesmenlik faoliyati asosan XVII asrda paydo bo‘lib, ko‘pincha 
“mulkdor” degan tushuncha bilan tenglashtirilgan. Xususan, A. Smit 
biznesmenni foyda olish uchun biror bir tijorat goyasini amalga oshirish 
maqsadida tavakkalchilik bilan ish ko‘ruvchi mulkdor, deb ta’riflaydi
10
.
Tadbirkorlik huquqiga oid tushunchalar va goyalar xorijiy 
iqtisodchi olimlar tomonidan ham tadqiq etilgan. Xususan, Angliyalik 
iqtisodchi olim F. Xayk tadbirkorlik asosida biror bir iqtisodiy imkoniyat 
natijasida o‘z maqsadiga erishib, ma’lum bir daromad foyda olish 
tushuntiradi
11
. Tezpur universiteti Professori S.Xanka bu sohaga tarixan 
nazar solib, Hindiston davlatining hozirgi kunda ogir va engil sanoatida 
yirik tadbirkorlik faoliyatining eng faol ishtirokchisi bo‘lib kelayotgan 
korxonalardan Tata, Birla, Modi, Dalmia va boshqalarni keltirib o‘tib, 
ushbu subyektlar dastlabki faoliyatini eng kichik biznesdan boshlab yirik 
tadbirkorlarga aylantirilganligini ta’kidlaydi
12
.
Yuridik lugatlarda tadbirkorlik faoliyati tushunchasi mustaqil o‘z 
mulki asosida tavakkalchilik bilan amalga oshiriladigan faoliyat bo‘lib, 
o‘z mulkidan mahsulot sotishdan, ish bajarish yoki xizmat ko‘rsatishdan, 
uzluksiz doimiy ravishda daromad oluvchi hamda davlat ro‘yxatidan 
qonuniy tartibda o‘tgan faoliyat tan olinishi belgilangan
13
. Tadbirkorlik 
faoliyatining huquqiy asoslari Konstitustiyamizning 36, 53, 54 va 55-
moddalarida mustaxkamlab qo‘yildi. 
Tadbirkorlik faoliyatiga ilk bor qonuniy tushuncha “Tadbirkorlik 
faoliyati erkinligining kafolatlari to‘grisida’gi O‘zR qonunning 3-
moddasida berildi. Unga ko‘ra, tadbirkorlik faoliyati (tadbirkorlik) - 
tadbirkorlik faoliyati subyektlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq 
amalga oshiriladigan, tavakkal qilib va o‘z mulkiy javobgarligi ostida 
daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskor faoliyat
14
.
9
Темур тузуклари. Тошкент, Нашриёт-матбаа бирлашмаси. – 1991. -57 б.
10
Жилинский С.Э. Предпринимательское право. – М.: Норма, 2002. – С. 67- 68.
11
Предпринимательство в АПК (Агропромышленных комплексах). С.И.Грядов. – М.: Колос.
12
Khanka S.S. Entrepreneurial development. New Delhi –2005.
-
15 р
13
Большой юридический словар. 3-ое изд. Под ред. Проф.А.Я.Сухарева – М. Инфра, 2006 – С.579-
580.
14
Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Ахборотномаси, 2000, 5-6 сон. 140-модда.


13 
Fuqaro (jismoniy shaxs) ning tadbirkorlik faoliyati bilan 
shugullanish huquqi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik kodeksining 24-
moddasida mustaxkamlangan bo‘lib, unda, fuqaro yakka tadbirkor 
sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab tadbirkorlik 
faoliyati bilan shugullanishga haqlidiri.
Tadbirkorlik faoliyatini huquqiy tartibga solish sohasiga oid 
dastlabki ilmiy tadqiqotlar, Respublikamizda tadbirkorlik huquqi faninng 
asoschilaridan biri hisoblangan olim B. Ibratov tomonidan olib borildi. U 
tadbirkorning barcha harakatlari asosan bozor imkoniyatlarini tahlil 
qilish, undan foydalanish, novatorlik goyalarini amalga oshirishdan iborat 
ekanligini asoslab, tadbirkorning kapitalistik ekspluatatorlik mohiyatiga 
olib keluvchi an’anaviy sinfiy ta’rifi emas, balki, uni inson faoliyatining 
shu sohadagi funkstiyasi bo‘lib, uning jamiyatdagi tutgan o‘rni va ijtimoiy 
ahamiyatiga e’tiborni qaratish lozimligini tushuntirdi. Shuningdek, 
tadbirkor bozor iqtisodiyotining alohida bo‘ginlarida takror ishlab 
chiqarish borasida xizmat ko‘rsatuvchi tashkiliy, iqtisodiy, moliyaviy, 
huquqiy va boshqa xo‘jalik munosabatlarining majmuidir
15
, degan ta’rifni 
ilgari surdi.
Demak, tadbirkorlik faoliyati deganda, har qanday mulkdor 
tomonidan o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulki asosida yoki o‘zga 
shaxsning mulkini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, tavakkalchilik 
asosida tadbirkorlikni amalga oshirishga, undan cheklanmagan miqdorda 
daromad (foyda) olishga, yangilik yaratuvchi, o‘z mulkiy javobgarligi 
hamda mustaqil ish yurita oladigan tashabbuskor jismoniy yoki yuridik 
shaxs tushuniladi.
Tadbirkorlik faoliyati bevosita xususiy mulkka asoslanib, 
taraflarning huquqiy jihatdan tengligiga amal qiladigan mustaqil faoliyat 
hisoblanadi. Xususiy mulk fuqarolik huquqining asosiy ob’ektlaridan biri 
bo‘lib, ushbu mulk fuqarolik oborotida erkin muomalada bo‘ladi. 
Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi subyektlar, fuqarolik huquqiy 
munosabatlarning mustaqil ishtirokchisi sifatida, ular o‘z mulkidan 
15
Ибратов Б. Тадбиркорлик ҳуқуқи. –Тошкент, Молия, 2001. - 26 б.


14 
qonunda belgilangan tartibda cheklanmagan miqdorda foyda yoki 
daromad olishlari mumkin.
Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi har bir shaxsda iqtisodiy,
fuqarolik huquq va muomala layoqatiga ega bo‘lishi, aqli raso, o‘z 
mulki asosida majburiyatlar yuzasidan butun mol-mulki bilan javob 
berishligi talab qilinadi. Shu bilan birga ushbu faoliyatni boshlovchida 
ishbilarmonlik, boshqaruvchilik, qatiy fikrlilik, bozor qoidalarini 
tushunadigan, o‘z faoliyati asosida davomli foyda oladigan, ish 
muomalasi odobi talablariga amal qiladigan shaxsni tushunish lozim.
Respublikamizning ayrim olimlari tadbirkorlik faoliyatining 
umumiy tushunchalarini qo‘yidagicha izoxlaydilar. Xususan, B.A. 
Erkaev va G.I.Karimovalar – tadbirkorlik so‘zining lugaviy ma’nosini 
tahlil qilib, predprinimatelstvo - enterprise - foyda olish maqsadida 
fuqarolar va korxonalarning o‘z tashabbusi asosida mustaqil faoliyat 
yuritishini tushuntiradi
16
. Prof. B. Ibratov, tadbirkorlik – biznesmenlik 
faoliyati asosan XVIII asrda paydo bo‘lib, u ko‘pincha “mulkdor” degan 
ma’noga ega ekanligini ta’kidlaydi. B. Ibratov tadbirkorlik tushunchasiga 
faylasuf olim A. Smitning fikrlarini quvvatlab, tadbirkorni ya’ni 
biznesmenni foyda olish uchun biron-bir tijorat goyasini amalga oshirish 
maqsadida tavakkalchilik bilan ish ko‘ruvchi mulkdor, degan fikrni ilgari 
suradi
17
.
Prof. O. Oqyulovning fikricha, tadbirkorlik faoliyati bu har qanday 
mulkdorning tashabbusi asosida faoliyatni olib boruvchi bo‘lib, unda 
shaxs o‘z harakatini o‘z xohish - istagini mustaqil holda amalga 
oshirishini va u tadbirkor sifatida ishtirok etuvchi subyektlarning o‘z 
xohish istagini va o‘z harakatini mustaqil belgilab, harakat qiluvchi shaxs 
deb tushuntiradi
18
. Prof.S.Boboqulov esa bozor munosabatlari sharoitida 
tadbirkorlar va tadbirkorlik faoliyati iqtisodiyotni rivojlantiruvchi asosiy 
kuch deb ta’kidlaydi
19
.
16
Эркаев Б.А., Каримова Г.И. Бозор иқтисодиёти-изохли луғат. – Тошкент: Шарқ. 1997.
17
Ибратов Б. Тадбиркорлик ҳуқуқи. –Тошкент.: Молия, 2001. 6-б.
18
Оқюлов О. Понятие и основные признаки предпринимательской деятельности. //Хозяство и
право, №5. –Тошкент: 2004. – С 74-75.
19
Бобоқулов С. Иқтисодий ислоҳотлар жараёнида ижара муносабатларини ривожлантириш ва
такомиллаштиришнинг фуқаролик-ҳуқуқий муаммолари: юрид. фан. докт. дис. … ТДЮИ. -17 б.


15 
Yuqorida keltirilgan ilmiy fikrlar asosida, biz tadbirkorlik va 
tadbirkorlik faoliyati deganda, har qanday mulkdorning o‘z xoxish istagi 
bilan qonun hujjatlar asosida tadbirkorni mustaqil iqtisodiy faoliyat 
yuritishni, o‘z faoliyati natijasidan cheklanmagan foyda olishni, o‘z 
faoliyatini tavakkalchilik va tashabbuskorlikka asoslanib ish ko‘ruvchi 
shaxs sifatida anglab, uni mamlakat iqtisodiyotini rivojlantiruvchi asosiy 
faoliyat deb tushunish mumkin.
Tadbirkorlik huquqi jismoniy va yuridik shaxslarning tadbirkorlik 
faoliyatini amalga oshirishining ikki muhim jihatini qamrab oladi

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin