Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti z. O. Kuvandikov



Yüklə 1,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/130
tarix17.05.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#115347
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   130
Tadbirkorlik biznes huquqi O\'quv qo\'llanma Z O Kuvandikov Samarqand

Birinchidan, ushbu faoliyat o‘zining tuzilishi va vujudga kelishi 
bilan intellektual faoliyatning natijasi asosida paydo bo‘ladi.
Ikkinchidan esa, ushbu faoliyat natijasida yangi bir goyalarni ishlab 
chiqib, uning natijasida yaratilgan mahsulotni bozorga chiqarish 
tushuniladi. Lekin ushbu tushuncha biroz bahsli bo‘lib, bu borada ayrim 
huquqshunos olimlarning ham fikrlarini o‘rganish maqsadga muvofiq deb 
hisoblaymiz. Jumladan, huquqshunos olima L.V.Mas innovastion 
faoliyatni xarakterlab, uni tadbirkorlikka xos faoliyat emasligini, balki 
unda faqatgina tadbirkorlikka xos ayrim belgilarning mavjudligi bor, 
xolos, degan fikrga to‘xtaladi
28
.
Innovastiya belgisi tadbirkorlikka xos belgi bo‘lib, intellektual 
faoliyat natijasida erishilgan yangiliklar innovastiya asosida vujudga 
kelishini va bu faoliyatning maqsadi yaratilgan yangi mahsulotni 
tijoratlashtirish orqali daromad olishga qaratiladi. Shuningdek, uni 
tijoratlashtirish o‘z navbatida tijorat huquqiga xos faoliyat hisoblanadi. 
Tijorat faoliyati esa, o‘z navbatida, tadbirkorlikning bir turi bo‘lib, uning 
mazmunida tadbirkorlikka xos belgilar mavjud va ular yuqorida qayd 
qilingan belgilar bilan deyarli bir xildir. Tadbirkorlik faoliyatining 
mazkur belgilari uning xo‘jalik faoliyatini tadbirkorlik asosida tashkil 
etilganligini hamda ushbu belgilar tadbirkorlik tuzilmasining boshqa 
yuridik shaxslardan farq qilishini ham ajratadi.
28
Мас Л.В.Коммерческое право. Краткий курс. 2 ое издание. СПб. Питер, 2005. – С.143.


19 
Bozor munosabatlari sharoitida tadbirkorlik asosida ish yuritish 
birinchi navbatda fuqarolik huquqiy munosabat bo‘lib, ushbu faoliyatning 
asosini mulkiy munosabatlar tashkil qiladi. Ikkinchidan esa, mulkiy 
munosabatlar fuqarolik huquqi normalari asosida tartibga solinadi. Shu 
asosda tadbirkorlik huquqi fuqarolik huquqining bir-birini to‘ldiruvchi va 
bir biri bilan bogliq munosabatlardan iborat ekanligini asoslaydi.
Xulosa qilganda, yuqorida sanab o‘tilgan barcha fikrlar va 
nazariyalar tadbirkorlik tushunchasini boshqa iqtisodiy faoliyat 
tushunchalaridan ajratib turuvchi, uning mustaqil faoliyat ekanligini 
belgilaydi. Ushbu asoslarga ko‘ra, tadbirkorlik faoliyatiga qo‘yidagicha 
ilmiy ta’rif berish mumkin. Xususan, har qanday tadbirkorlik faoliyati 
(tadbirkorlik) - tovar ishlab chiqarish, ish bajarish yoki xizmat ko‘rsatish 
sohasida tadbirkorlik faoliyati subyektlari tomonidan qonun xujjatlariga 
muvofiq amalga oshiriladigan, tavakkal qilib va o‘z mulkiy javobgarligi 
ostida daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskor faoliyatdir.

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin