Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti z. O. Kuvandikov


Tadbirkorlik huquqining predmetini



Yüklə 1,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/130
tarix17.05.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#115347
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   130
Tadbirkorlik biznes huquqi O\'quv qo\'llanma Z O Kuvandikov Samarqand

Tadbirkorlik huquqining predmetini tadbirkorlik subyektlarining 
tashkiliy-huquqiy, ishlab chiqarish, ishlarni bajarish va xizmat ko‘rsatish, 
subyektning ichki tuzilmalari o‘rtasidagi, davlatning tadbirkorlik 
subyektlari faoliyatiga umumiy rahbarligi bilan bogliq munosabatlar 
tashkil etadi.
Tadbirkorlik huquqining tamoyillari barcha huquq sohalari kabi 
tadbirkorlik huquqining ham asosiy va eng muhim printsiplari 
O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan asosiy qoidalardir. 
Ushbu tadbirkorlik huquqiga oid asosiy printsiplar respublikamizda bozor 
munosabatlarining rivojlanishida barcha tadbirkorlik subyektlarining 
iqtisodiy faoliyatini ma’lum bir maqsad sari yo‘naltirib, huquqiy tartibga 
solib turadi.
O’zbekistonda tadbirkorlik faoliyatri qo’yidagi tamoyillar asosida 
o’z faoliyatini amalga oshiradi:
 
tadbirkorlik subyektlarining tengligi;
 
iqtisodiy faoliyat erkinligi; 
 
iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish;
 
o‘zaro erkin raqobat;
 
qonuniylik; 


20 
 
davlatning ta’sir etishi.
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining tenligi tamoyili fuqarolik 
huquqiy munosabatlarda o‘z ifodasini belgilaydi. Buning huquqiy asosi 
O‘zbekiston Respublikasi FKning 1-moddasida o‘z ifodasini topadi. 
Lekin tadbirkorlik faoliyati subyektlarining vertikal munosabatlari tenglik 
tamoyiliga asoslanmaydi, chunki bunda bir taraf ma’muriy organ sifatida 
ishtirok etadi. 
Ikkinchi tamoyil tadbirkorlik subyektlarining iqtisodiy faoliyat 
erkinligidir. Ushbu tamoyil Konstitutsiyamizning 53-moddasida o‘z 
ifodasini topib unda, Davlat iste’molchilarning huquqi ustunligini hisobga 
olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha 
mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan bab-baravar 
muhofaza etilishini kafolatlaydi.
Uchinchi 
tamoyilning 
mazmun-moxiyati 
shundaki 
bunda, 
tadbirkorlik faoliyati subyektining iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish, 
uning mulkiy manfaati tushuniladi, ushbu manfaatning qonuniy asosini 
Konstitutsiyamizning 54-moddasi tashkil qilib, unda
m
ulkdor mulkiga 
o‘z xohishicha egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. 
Mulkdan foydalanish ekologik muhitga zarar yetkazmasligi, fuqarolar, 
yuridik shaxslar va davlatning huquqlarini hamda qonun bilan 
qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi shart. Ushbu modda 
tadbirkorga iqtisodiy manfaatlarni himoya qilishda, xam huquq xam 
majburiyat yuklaydi. 
O‘zaro erkin raqobat, tamoyili. Ushbu tamoyil tadbirkorlik 
faoliyatida muxim axamiyat kasb etib, unda erkin bozor munosabatlarida 
o‘zaro teng raqobat hukmron bo‘lishi talab etiladi. Tadbirkorlik 
munosabatlarida raqobat huquqi O‘zbekiston Respublikasining Raqobat 
to‘grisidagi 06.01.2012 yildagi O‘RQ-319-son Qonuni, asosida himoya 
qilinadi. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar shu jumladan tadbirkorlik 
subyektlari o‘rtasida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlarni 
O‘zbekiston Respublikasining Monopoliyaga qarshi kurash organlari 
tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu organning asosiy vakolatlaridan biri 
tovar va moliya bozorlaridagi raqobat sohasidagi normativ-huquqiy 
hujjatlarni ishlab chiqadi hamda tasdiqlaydi xamda xo ‘jalik yurituvchi 


21 
subyektning yoki shaxslar guruhining tovar yoki moliya bozorida ustun 
mavqeyi mavjudligini aniqlaydi. 
Qonuniylik tamoyili, ushbu tamoyil tadbirkorlik faoliyatini amalga 
oshirishning dastlabki jarayonidan boshlanadi va uning butun faoliyati 
davomida amal qilinishi lozim bo‘lgan, keng qamrovli tamoyil 
hisoblanadi. Qonuniylik tamoyiliga har bir tadbirkorlik subyekti amal 
qilishi lozim va ushbu tamoyilga barcha davlat va nodavlat idoralari o‘z 
faoliyati davomida qat’iyan bo‘sunishlari shart hisoblanadi. 
Davlatning ta’sir etish tamoyili, bunda davlat o‘z fuqarolari 
tomonidan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish jarayonida, ushbu 
subyektlarni har taraflama qo‘llab-quvvatlash, ularni himoya qilishi shart 
bo‘lgan tamoyil hisoblanadi. Bu borada hukumatimiz tomonidan ko‘plab 
qabul qilinayotgan normative huquqiy hujjatlar mavjud. Masalan, 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarining 
huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada 
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘grisida” O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining, 27.07.2018 yildagi PF-5490-son Farmonini keltirish 
mumkin. 

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin