21
subyektning yoki shaxslar guruhining tovar yoki moliya bozorida ustun
mavqeyi mavjudligini aniqlaydi.
Qonuniylik tamoyili, ushbu tamoyil tadbirkorlik faoliyatini amalga
oshirishning dastlabki jarayonidan boshlanadi va uning butun faoliyati
davomida amal qilinishi lozim bo‘lgan, keng qamrovli tamoyil
hisoblanadi. Qonuniylik tamoyiliga har bir tadbirkorlik subyekti amal
qilishi lozim va ushbu tamoyilga barcha davlat va nodavlat idoralari o‘z
faoliyati davomida qat’iyan bo‘sunishlari shart hisoblanadi.
Davlatning ta’sir etish tamoyili, bunda davlat o‘z fuqarolari
tomonidan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish jarayonida, ushbu
subyektlarni har taraflama qo‘llab-quvvatlash, ularni himoya qilishi shart
bo‘lgan tamoyil hisoblanadi. Bu borada hukumatimiz tomonidan ko‘plab
qabul qilinayotgan normative huquqiy hujjatlar mavjud. Masalan,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarining
huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘grisida” O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining, 27.07.2018 yildagi PF-5490-son Farmonini keltirish
mumkin.
Dostları ilə paylaş: