19
Bozor munosabatlari sharoitida tadbirkorlik asosida ish yuritish
birinchi navbatda fuqarolik huquqiy munosabat bo‘lib, ushbu faoliyatning
asosini mulkiy munosabatlar tashkil qiladi.
Ikkinchidan esa, mulkiy
munosabatlar fuqarolik huquqi normalari asosida tartibga solinadi. Shu
asosda tadbirkorlik huquqi fuqarolik huquqining bir-birini to‘ldiruvchi va
bir biri bilan bogliq munosabatlardan iborat ekanligini asoslaydi.
Xulosa qilganda, yuqorida sanab o‘tilgan
barcha fikrlar va
nazariyalar tadbirkorlik tushunchasini boshqa iqtisodiy faoliyat
tushunchalaridan ajratib turuvchi, uning mustaqil
faoliyat ekanligini
belgilaydi. Ushbu asoslarga ko‘ra, tadbirkorlik faoliyatiga qo‘yidagicha
ilmiy ta’rif berish mumkin. Xususan, har qanday tadbirkorlik faoliyati
(tadbirkorlik) - tovar ishlab chiqarish, ish bajarish yoki xizmat ko‘rsatish
sohasida tadbirkorlik faoliyati subyektlari tomonidan qonun xujjatlariga
muvofiq amalga oshiriladigan, tavakkal qilib va o‘z mulkiy javobgarligi
ostida daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskor faoliyatdir.
Dostları ilə paylaş: