2.Tadbirkorlik huquqining boshqa huquqiy fanlardan farqi
Tadbirkorlik(Biznes)huquqi – tadbirkorlik subyektlari o‘rtasidagi
tadbirkorlik faoliyati bilan bogliq munosabatlarni tartibga soluvchi va
bozor sharoitida davlatning iqtisodiyotga rahbarlik qilish chora-
tadbirlarini belgilovchi huquqiy qoidalar yigindisidan iboratdir.
Demak, tadbirkorlik huquqi o‘ziga xos muayyan munosabatlarni
huquqiy tartibga soluvchi huquq sohasi-mi?
Tadbirkorlik huquqi ham boshqa huquq sohalari kabi: birinchidan,
huquqning mustaqil sohasi; ikkinchidan, qonunchilik tarmogi;
uchinchidan, fan sohasi; to‘rtinchidan, o‘quv predmeti hisoblanadi.
Tadbirkorlik huquqi – huquq tarmogi sifatida tadbirkorlik
subyektlarining iqtisodiyot sohasidagi faoliyatini tartibga soluvchi huquq
normalari yiindisidan iborat. Misol tariqasida, “Iqtisodiy faoliyat” termini
O‘zbekiston
Respublikasi
Konstitutsiyasining
53-moddasida,
22
shuningdek. “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘risida”gi
O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 18 moddasida qo‘llanilgan.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, Tadbirkorlik|(biznes)huquqining
predmetini tadbirkorlik ub’ektlarining tashkiliy-huquqiy, ishlab
chiqarish, ishlarni bajarish va xizmat ko‘rsatish, subyektning ichki
tuzilmalari o‘rtasidagi, davlatning tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga
umumiy rahbarligi bilan bogliq munosabatlar tashkil etadi.
Quyida Tadbirkorlik|(biznes)
huquqining fuqarolik, ma’muriy,
moliya, mehnat va boshqa huquq sohalari bilan farqini ko’rib chiqamiz.
Avvalo, fuqarolik huquqi fani mulkiy munosabatlarni hamda
mulkiy xarakterda bo‘lmagan shaxsiy munosabatlarni tartibga solish va
mustahkamlashga
qaratilgan,
tadbirkorlik
(biznes)
huquqi
esa
tadbirkorlik subyektlari o‘rtasidagi vertikal va gorizontal, bozor
sharoitida davlatning iqtisodga rahbarlik qilish munosabatlarini tartibga
solishga qaratilgan.
Tadbirkorlik
huquqi
subyektlar
o‘rtasidagi
tadbirkorlik
munosabatlarini tartibga solsa, mehnat huquqi ish beruvchi bilan
xodimlarning mehnat shartnomasi asosida munosabatlarini, ichki tartib
qoidalarini, ish rejimini va shunga o‘xshash mehnat shartnomasi bilan
bogliq boshqa munosabatlarni tartibga soladi.
Ma’muriy huquqning predmeti ma’muriyatning buyruq hamda ijro
faoliyati bilan, ya’ni hokimiyat va itoat etish, bir biriga buysinish
sohasidagi faoliyat bilan bogliq munosabatdir. Bunday munosabat itoat
etuvchi quyi organlarga va mansabdor shaxslarga o‘z direktivalari orqali
ta’sir etish, boshqarish, idora etish kabi hokimiyatni amalga oshirish bilan
izohlanadi. Tadbirkorlik munosabatlarida esa ma’muriy buysinish
faoliyatlari kam uchraydi.
Misol uchun, tadbirkorlik subyektlari faoliyatida davlatning
umumiy rahbarligi, ya’ni davlat nazorati, soliqlar bilan ta’sir etish,
tadbirkorlik subyektlarining o‘zaro ichki tuzilmalari o‘rtasidagi
munosabatlar.
Moliya huquqining predmetini moliya byudjeti kirim-chiqimi
(davlat daromadini sarflash va tashkil etish davlat rejasi) bilan bogliq
munosabatlar tashkil etsa, korxona va tadbirkorlarning daromad manbaini
23
tartibga solish va ulardan qayta ishlab chiqarish muomalasida foydalanish
kabilar Tadbirkorlik huquqining predmetini tashkil etadi.
Tadbirkorlik (biznes) huquqi mustaqil fan tarmog`i sifatida boshqa
huquqiy fanlardan o`ziga xos xususiyatlari bilan farqlanadi. Ana shu
farqlarni eng avvalo Fuqarolik huquqi faniga nisbatan ko`rib chiqamiz.
Chunki uzoq yillardan buyon olimlar o`rtasida bu ikki fanning farqi
yuzasidan bahs ketadi. Olimlarning bir guruhi Tadbirkorlik huquqi
mustaqil fan tarmog`i emas, u Fuqarolik huquqining tarkibini tashkil etadi
deb hisoblasa, ikkinchi guruhi esa Tadbirkorlik huquqini alohida fan, deb
qarash kerak deydi. Tadbirkorlik huquqini huquq sohasining bir tarmog`i
deb hisoblashga uning Fuqarolik huquqi va boshqa turdosh bo`lgan
huquqlardan farqi asos bo`ladi. Uning o`ziga xos xususiyatlari
quyidagilardan iborat: ma’lumki Tadbirkorlik huquqi Fuqarolik huquqiga
juda yaqin soha bo`lsada, u eng avvalo tushunchasi, predmeti, subyektlari
orqali juda aniq farqlanadi.
Bu ikki fanning tushunchasidagi farqni olib ko`raylik. Fuqarolik
huquqiga hozirgi davr talabini hisobga olgan holda professor I.B. Zokirov
shunday tarif beradi: “Fuqarolik huquqi” O`zbekiston Respublikasida
amal qiluvchi huquq tizimi sohalaridan biri bo`lib, mamlakatimizda
iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirish, bosqichma-bosqich bozor
iqtisodiyoti munosabatlariga o`tish davrida fuqarolar va boshqa
subyektlarning moddiy va manaviy ehtiyojlarini tobora to`liqroq
qondirish maqsadida mulkiy munosabatlarni hamda mulkiy xarakterda
bo`lmagan shaxsiy munosabatlarni tartibga solish va mustahkamlashga
qaratilgan huquqiy normalar yig`indisidan iboratdir.
Ana shu tarifdan ham aniq ko`rinib turibdiki, Fuqarolik huquqi
subyektlar o`rtasidagi mulkiy munosabatlarni va mulk bilan bog`liq
bo`lmagan shaxsiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan huquq
sohasidir. Tadbirkorlik huquqi ham Respublikamizdagi huquq
sohalaridan
biri
bo`lib,
mamlakatimizning
bozor
iqtisodiyoti
munosabatlariga bosqichma-bosqich o`tib borishida, davlat va jamiyat,
tadbirkorlik manfaatlarini hisobga olgan holda, tadbirkorlik subyektlari
o`rtasidagi yuqoridan quyi (vertikal) va yon atrofdagi subyektlarga
gorizontal) bo`ladigan tadbirkorlik munosabatlarni tartibga soluvchi,
24
bozor sharoitida davlatning iqtisodga rahbarlik qilish chora-tadbirlarini
belgilovchi huquqiy qoidalar yig`indisidan iboratdir.
Ushbu berilgan tariflarga ko`ra, fuqarolik huquqi normalari
aksariyat mulkiy munosabatlarni tartibga solib tursa, tadbirkorlik huquqi
qoidalari ham mulkiy xam nomulkiy munosabatlarga taalluqli.
Lekin
fuqarolik
huquqida
munosabatlar
shu
munosabat
ishtirokchilarining o`zaro teng va ixtiyoriyligi asosida kelib chiqsa,
Tadbirkorlik huquqida subyektlar teng huquqli bo`lishi bilan birga idora
etish, davlatning iqtisodga rahbarlik qilishiga asoslangan munosabatlarni
ham tartibga solishga qaratiladi.
Demak, bu ikki fan bir biridan predmeti orqali ham tubdan
farqlanadi. Jumladan, Fuqarolik huquqining predmeti taraflarning teng
huquqliligiga asoslangan mulkiy munosabatlar bo`lsa, tadbirkorlik
huquqida ham mulk bilan bog`liq munosabatlar salmoqli hissani tashkil
etadi. Lekin mulkiy munosabatlar shu munosabat ishtirokchilarining teng
huquqliligi bilan birgalikda biri ikkinchisiga itoat etishi, davlatning
iqtisodga rahbarlik qilishi orqali ham kelib chiqadi. Fuqarolik huquqining
subyektlari bo`lib barcha fuqarolar hisoblansa, tadbirkorlik huquqining
subyekti faqat tadbirkor sifatida davlat ro`yxatidan o`tgan fuqarolar
bo`lishi mumkin. Tadbirkorlik huquqining subyekti sifatida tijoratchi
yuridik shaxslar qatnashadi.
Fuqarolik huquqi bilan tartibga solinuvchi shartnoma munosabatlari
asosan istemolchilarning moddiy ehtiyojini taminlashga qaratilgan
bo`lib, uni ishlab chiqarish bilan aloqasi bo`lmasa, Tadbirkorlik huquqi
shu tovarlarni ishlab chiqarish jarayonini ham tartibga solishda
qo`llaniladi.
Ana shu jihatlari bilan tadbirkorlik huquqi mehnat huquqiga ham
juda yaqin bo`lib ko`rinadi. Ammo ular bir-biridan farqlanadi.
Tadbirkorlik huquqi subyektlar o`rtasidagi tadbirkorlik munosabatlarini
tartibga solsa, mehnat huquqi esa ish beruvchi bilan xodimlarning mehnat
shartnomasi asosida munosabatlarini, ichki tartib qoidalarini, ish rejimini
va shunga o`xshash mehnat shartnomasi bilan bog`liq boshqa
munosabatlarni tartibga soladi.
25
Tadbirkorlik huquqining Mamuriy huquq fanidan farqi shundaki,
Mamuriy huquqning predmeti mamuriyatning buyruq hamda ijro faoliyati
bilan yani hokimiyat va itoat etish sohasidagi faoliyat bilan bog`liq
munosabatdir. Bunday munosabat itoat etuvchi quyi organlarga va
mansabdor shaxslarga o`z direktivalari orqali tasir etish, boshqarish, idora
etish kabi hokimiyatni amalga oshirish bilan izohlanadi. Tadbirkorlik
munosabatlarida esa buyruqbozlik faoliyatlari deyarli yo`q. Borlari ham
bozor munosabatlari shakllanib borgani sari tobora uzoqlashib, barham
topib, iqtisodiy munosabatlarga o`z o`rnini bo`shatib bermoqda. Shu
sababli davlat iqtisodiyotga o`zining tegishli organlari orqali (soliq,
imtiyoz, iqtisodiy sanksiya va h.k.) iqtisodiy tasir etish usullari bilan
rahbarlikni amalga oshiradi.
Tadbirkorlik huquqi Moliya huquqi fanidan tubdan farqlanadi.
Moliya huquqining predmetini moliya budjeti kirim-chiqimi (davlat
daromadini sarflash va tashkil etish davlat rejasi) bilan bog`liq
munosabatlar tashkil etsa, korxona va tadbirkorlarning daromad manbaini
tartibga solish va ulardan qayta ishlab chiqarish muomalasida foydalanish
kabilar Tadbirkorlik huquqining predmetini tashkil etadi. Tabiiyki,
tadbirkorlik faoliyati ham daromadlarni tashkil etish va ularni sarf
qilishning alohida qoidalaridan holi kelib chiqmaydi. Shu sababli,
tadbirkorlik subyektlarining pul mablag`larining bir qismi harakatda
bo`lishini taminlash Tadbirkorlik huquqi qoidalari bilan tartibga solinadi.
Tadbirkorlik subyektining daromadlaridan olinadigan soliqlarning
budjetga kelib tushadigan davlat daromadi moliya huquqining predmetini
tashkil etadi. Shuningdek, tadbirkorlik huquqi konstitusiyaviy huquq,
ekologiya va qishloq xo`jaligi huquqi bilan bog`liq munosabatlarda ham
o`ziga xos xususiyatlari orqali butunlay farqlanadi.
Dostları ilə paylaş: |