Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti z. O. Kuvandikov


Tadbirkorlik(biznes) huquqining subyektlari –



Yüklə 1,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/130
tarix17.05.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#115347
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   130
Tadbirkorlik biznes huquqi O\'quv qo\'llanma Z O Kuvandikov Samarqand

Tadbirkorlik(biznes) huquqining subyektlari – bu tadbirkorlik 
faoliyatini amalga oshirishga vakolatli bo‘lgan jismoniy va yuridik 
shaxslardir. Tadbirkorlik huquqining subyektlari “Tadbirkorlik faoliyati 
erkinligining kafolatlari to‘risida” 2012 yil 2 maydagi O‘RQ-328-sonli 
yangi tahrirdagi qonunning 4-moddasiga asosan, tadbirkorlik faoliyati 
subyektlari (tadbirkorlik subyektlari) belgilangan tartibda davlat 
ro‘yxatidan o‘tgan hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan 
yuridik va jismoniy shaxslardir.
Biroq, davlat organlari (qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar 
bundan 
mustasno), 
ularning 
mansabdor 
shaxslari, 
shuningdek 
tadbirkorlik faoliyati bilan shugullanishi qonunchilikda man etilgan 
boshqa shaxslar tadbirkorlik faoliyati subyektlari bo‘lishi mumkin emas.
Yuqoridagi qonunning 5-moddasida tadbirkorlik faoliyatining 
qo‘yidagi subyektlari belgilangan.
Kichik tadbirkorlik subyektlari. Bularga,
1) 
yakka tartibdagi tadbirkorlar;
2) 
ishlab chiqarish tarmoqlaridagi, band bo‘lgan xodimlarining 
o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan yigirma kishi, xizmat ko‘rsatish sohasidagi 
va ishlab chiqarish bilan bogliq bo‘lmagan boshqa tarmoqlardagi, band 
bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan o‘n kishi, ulgurji, 
chakana savdo hamda umumiy ovqatlanish tarmoqlaridagi, band bo‘lgan 
xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan besh kishi bo‘lgan 
mikrofirmalar kiradi.
3) 
quyidagi tarmoqlardagi:
qonunchilikda nazarda tutilgan engil, oziq-ovqat sanoatidagi va 
qurilish materiallari sanoatidagi, band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha 
yillik soni ko‘pi bilan ikki yuz kishi; metallga ishlov berish va 
asbobsozlik, yogochsozlik, mebel sanoatidagi, shuningdek qonunchilikda 
nazarda tutilgan boshqa sanoat-ishlab chiqarish sohalaridagi, band 
bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan yuz kishi; 
mashinasozlik, metallurgiya, yoqilgi-energetika va kimyo sanoati, 
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtirish va ularni qayta ishlash, qurilish 


40 
hamda qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa sanoat-ishlab chiqarish 
sohalaridagi, band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan 
ellik kishi; fan, ilmiy xizmat ko‘rsatish, transport, aloqa, xizmat ko‘rsatish 
sohalari (sugurta kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy 
ovqatlanish hamda ishlab chiqarish bilan bogliq bo‘lmagan boshqa 
sohalardagi, band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan 
yigirma besh kishi bo‘lgan kichik korxonalar.
Kichik tadbirkorlik subyektlari xodimlarining o‘rtacha yillik soni 
qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda belgilanadi. Bunda o‘rindoshlik, 
pudrat shartnomalari va fuqarolik-huquqiy xarakterdagi boshqa 
shartnomalar bo‘yicha ishga qabul qilingan xodimlarning, shuningdek 
unitar korxonalarda, vakolatxonalar va filiallarda ishlayotganlarning soni 
ham hisobga olinadi.
Faoliyatning bir necha turini amalga oshiruvchi (ko‘p tarmoqli) 
yuridik va jismoniy shaxslar yillik aylanma hajmida ulushi eng ko‘p 
bo‘lgan faoliyat turi mezonlari bo‘yicha kichik tadbirkorlik subyektlariga 
kiradi.
Kichik tadbirkorlik subyektlari uchun qonunchilikda nazarda 
tutilgan imtiyozlar va preferenstiyalar, kafolatlar va huquqlar ushbu 
moddaning 
birinchi qismida 
ko‘rsatilgan tadbirkorlik subyektlari 
tomonidan vakolatli organlarga va tashkilotlarga (davlat soliq, bojxona 
xizmati organlariga, davlat statistika organlariga, banklarga va 
boshqalarga) yozma ravishdagi murojaatlarsiz qo‘llaniladi.
Kichik tadbirkorlik subyektlari uchun qonunchilikda nazarda 
tutilgan imtiyozlar va preferenstiyalarning ro‘yxati O‘zbekiston 
Respublikasining interaktiv davlat xizmatlari yagona portalidagi 
Tadbirkorlik subyektlari uchun imtiyozlar va preferenstiyalarning yagona 
reestrida e’lon qilinadi hamda doimiy ravishda yangilab boriladi.
O‘zbekiston Respublikasining interaktiv davlat xizmatlari yagona 
portalidagi 
Tadbirkorlik 
subyektlari 
uchun 
imtiyozlar 
va 
preferenstiyalarning yagona reestrini shakllantirish hamda doimiy 
ravishda yangilab borish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi tomonidan belgilanadi.


41 
Mikrofirma va kichik korxona xodimlarning belgilangan o‘rtacha 
yillik sonini oshirib yuborgan taqdirda, xodimlar sonini oshirib 
yuborishga yo‘l qo‘yilgan davr uchun ular qonunchilikda nazarda tutilgan 
imtiyozlar, preferenstiyalar, kafolatlar va huquqlardan mahrum etiladi. 
Ushbu qoida quyidagi hollarda tatbiq etilmaydi:
mikrofirma va kichik korxona O‘zbekiston Respublikasi kasb-hunar 
kollejlarining, 
akademik 
listeylarining 
hamda 
oliy 
ta’lim 
muassasalarining bitiruvchilari bilan mehnat shartnomalari tuzgan 
taqdirda, band bo‘lgan xodimlarning belgilangan o‘rtacha yillik soni 
ko‘pi bilan 50 foiz oshadigan bo‘lsa. Xodimlar sonining oshirilishiga 
O‘zbekiston Respublikasi kasb-hunar kollejlarining, akademik 
listeylarining va oliy ta’lim muassasalarining bitiruvchilari o‘qishni 
tugallagan kunidan boshlab ko‘pi bilan uch yil o‘tgan bo‘lsa, yo‘l 
qo‘yiladi; kichik korxona uyda ishlayotgan fuqarolar (kasanachilar) bilan 
mehnat shartnomalari tuzgan taqdirda, band bo‘lgan xodimlarning 
belgilangan o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan 30 foiz oshadigan bo‘lsa.

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin