34
xususan, firma nomi, tovar belgisi, xizmat ko`rsatish belgisi, tovar ishlab
chiqarilgan joy nomi, tijorat siridan foydalanishda, shuningdek ishchanlik
obro`sini himoya qilish kabi jarayonlarda vujudga keladigan
munosabatlar hisoblanadi. Bular kabi
nomulkiy huquqlarni amalga
oshirish jarayonida vujudga keladigan huquqiy munosabatlar mutlaq
bo`lib hisoblanadi, chunki bunday nematlarga nisbatan tadbirkorlik
yurituvchi subyektning mutlaq huquqi qonun bilan etirof etilgan va bu
kabi mutlaq huquq obyekti bo`lgan intellektual
faoliyat natijalari va
o`ziga xos vositalaridan uchinchi shaxslar huquq egasining roziligi
bilangina foydalanishlari mumkin, xolos.
Nisbiy huquqiy munosabatlar avvalo, majburiyatda namoyon
bo`lib, bunda ikki yoki undan ortiq shaxslar o`zaro huquq va majburiyat
sohiblari bo`ladi. Bu yerda biz kreditor va qarzdor o`rtasidagi
majburiyatda nisbiy munosabatlarni ko`ramiz,
ammo har doim ham
nisbiy huquqiy munosabatlar majburiyat huquqiy munosabatlari shaklida
bo`lmasligi mumkin. Masalan, bir nechta shaxslar ishtirokidagi birgalikda
tadbirkorlik faoliyati yuritish to`g`risidagi kelishuv, shirkatga birlashish,
chet el investori bilan qo`shma korxona tuzish va kapitalni sarflash
to`g`risidagi bitimlarda kreditor va qarzdor ishtirok etmasligi mumkin
yoki ishtirokchilarni majburiyat huquqiy munosabatlarga kirishgan
deyish qiyin. Bu yerda biz shaxslarning o`zaro kuch va mablag`larni sarf
qilish asosida umumiy tadbirkorlik yuritish maqsadida birikish
munosabatlarini ko`rishimiz mumkin. Shuning uchun nisbiy tadbirkorlik
huquqiy munosabatlar nafaqat majburiyat
huquqiy munosabatlar
hisoblanmasdan, balki undan ham kengroq munosabatlarni o`z ichiga
qamrab oladi. Shartnomaga asoslangan barcha munosabatlar nisbiy
huquqlar jumlasiga kiradi.
Fuqarolik huquqiy munosabatlar doirasi tadbirkorlik huquqiy,
tadbirkorlik
huquqiy
munosabatlaridan
birmuncha
kengroqdir.
Tadbirkorlik huquqi va tadbirkorlik huquqi tartibga soladigan mulkiy va
nomulkiy munosabatlar doirasi fuqarolik huquqi tartibga soladigan
mulkiy va nomulkiy munosabatlar doirasi ichida turadi. Tadbirkorlik va
tadbirkorlik huquqi subyektlari bir vaqtning o`zida fuqarolik huquqining
subyekti bo`lishi mumkin, ammo fuqarolik
huquqining subyekti
35
tadbirkorlik huquqining yoki tadbirkorlik huquqining subyekti
hisoblanmasligi mumkin. Masalan, jismoniy shaxs o`z ehtiyojlarini
qondirish uchun ashyo xarid qilish jarayonida fuqarolik huquqiy
munosabatga kirishar ekan, u na tadbirkorlik
huquqiy munosabat
ishtirokchisi, na tadbirkorlik huquqiy munosabat ishtirokchisi bo`ladi,
ammo u tadbirkor shaxs maqomini olgan holda tadbirkorlik faoliyati
yuritish maqsadida tovar sotib olar ekan, bir vaqtning o`zida ham
fuqarolik, ham tadbirkorlik, ham tadbirkorlik huquqiy munosabat
ishtirokchisi hisoblanadi.
Shuni ham takidlash joizki, tadbirkorlik
huquqiy munosabatlar doirasi tadbirkorlik huquqiy munosabatlar
doirasidan anchayin kengroqdir. Shu bois har qanday tadbirkorlik
huquqiy munosabat ishtirokchisi tadbirkorlik huquqiy munosabat
ishtirokchisi hisoblansada, ammo aksincha bo`lmasligi mumkin, chunki
tadbirkorlik munosabatlarida subyekt har doim tavakkal qilib, o`z mulkiy
javobgarligi asosida foyda olishni o`z oldiga maqsad qilib ish yuritadi.
Tadbirkorlik huquqiy munosabatlari ishtirokchilari faoliyati esa har doim
ham foyda olishga qaratilgan bo`lmasligi mumkin va h.k.
Qolaversa,
iqtisodiyotni davlat yo`li bilan tartibga solish jarayonida vujudga
keladigan munosabatlarni ham tadbirkorlik huquqiy munosabatlar va bir
vaqtning o`zida tadbirkorlik huquqiy munosabatlar deyish mumkin.
Tadbirkorlik huquqiy munosabatlarda subyekt sifatida davlat,
mamuriy hududiy tuzilmalar, korxonalar va ularning bo`linmalari, yuridik
shaxs tuzmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi tadbirkor
fuqarolar ishtirok etishlari mumkin. Ular barcha iqtisodiy ishlab chiqarish
jarayonlarida, jumladan moddiy ishlab chiqarish,
ayirboshlash, ishlab
chiqarish, taqsimot jarayonlarida faol ishtirok etib munosabatga
kirishadilar.
Dostları ilə paylaş: