33
predmetlar tadbirkorlik huquqiy ashyoviy munosabatlar obyekti bo`la
olmaydi. Masalan, savdo tashkilotlari tomonidan aholiga sotish uchun
olingan tovarlar mulk huquqi obyekti bo`lib hisoblanadi. Bu tarzdagi mol-
mulk fuqaro egaligiga o`tishi bilan fuqarolik
huquqi qoidalari bilan
tartibga solinadigan fuqaro mol-mulki obyektiga aylanadi.
Mutlaq - nisbiy ashyoviy huquqiy munosabatlar jumlasiga
tadbirkorlik yuritish va operativ boshqarishni kiritish mumkin. Bundan
tashqari, umrbod meros qilib qoldiriladigan mulk, tadbirkorlik faoliyatini
yurgizish uchun ijara va boshqa tartibda mulkka ega bo`lishlik
munosabatlarini kiritish mumkin. Bunday mulkdorlar
munosabati mutlaq
nisbiydir. Chunki, bu munosabat subyektlari o`zlarining mulkiy
huquqlarini o`zgalarning erkisiz amalga oshira olmaydi, ular mulk egasi
bilan nisbiy huquqiy munosabatda bo`lib, ushbu mulklarni egallaydi,
foydalanadi va tasarruf etadi.
O`zbekiston Respublikasida tadbirkorlik faoliyatini yuritishdagi
mutlaq huquqiy munosabatlar subyekti o`z
faoliyatini erkin yuritish
asosida vujudga kelib, mazkur faoliyat munosabat obyekti sifatida
maydonga chiqadi. Bunda tadbirkorlik yuritishni qonun hujjatlarida
nazarda tutilgan tartibda amalga oshiradigan shaxs uchun
majbur shaxs
bo`lmaydi. Boshqa barcha shaxslar tadbirkorlik (tadbirkorlik) faoliyatini
amalga oshirayotgan subyekt faoliyatiga to`sqinlik qilmasliklari lozim
bo`ladi. Bunga misol qilib, o`z tadbirkorlik faoliyatini yuritayotgan
tadbirkorlik yurituvchi subyekt tomonidan
ishlab chiqarilayotgan
mahsulotning bahosini belgilashi, tannarxini shakllantirishi, belgilangan
normativ hujjatlarga binoan sanitariya, gigiyena, ekologik, yong`inga
qarshi talablar bo`yicha va o`zga faoliyatlarni
amalga oshirishda vujudga
keladigan mutlaq huquqiy munosabatlarni keltirish mumkin. Mabodo,
tadbirkorlik yurituvchi subyekt belgilangan tartibga xilof ish tutsa,
vakolatli davlat organi yo`l qo`yilgan huquqbuzarlikni bartaraf etish bilan
bog`liq hatti-harakatni amalga oshirishi, jumladan zararlarni undirishni
talab qilishi mumkin. Bunday holda vujudga
keladigan munosabatlar
albatta nisbiy xarakterda bo`ladi.
Dostları ilə paylaş: