hozirgi bosqichidagi o‘ta muhim masala – xususiylashtirish jarayonlarini
chuqurlashtirish va ana shular asosida xususiy korxonalarni tuzishga
keng sharoit tugdirib berishdan iborat”.
57
Xususiy korxonalarning vujudga kelish tartibi O‘zRning “Xususiy
korxona to‘grisida”gi 2003 yil 11 dekabrdagi qonun asosida amalga
oshirladi. Ushbu qonunning 3-moddasida xususiy korxona mulkdor
yagona jismoniy shaxs tomonidan tuzilgan va boshqariladigan tijoratchi
tashkilot xususiy korxona deb huquqiy ta’rif berildi. Xususiy korxona
tadbirkorlik subyektlarining tashkiliyhuquqiy shakli hisoblanadi.
Yuqoridagi qonunning 11-moddasida, xususiy korxonani davlat
ro‘yxatidan o‘tkazish korxona davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan
boshlab yuridik shaxs maqomiga ega bo‘ladi.
Sh. Ro‘zinazarov, kichik korxonalar ham tadbirkorlik faoliyatining
subyekti sifatida o‘ziga xos yuridik maqomga egadir. Shu nuqtai nazardan
qaraganda, ikkita holatni bir-biridan farqlash lozim, birinchidan, kichik
korxona fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilish shakli bo‘lsa,
ikkinchidan, ushbu subyektga mulk huquqining ob’ekti sifatida qarash
mumkin, deb ta’kidlaydi.
Demak, xususiy korxonaning boshqa tadbirkorlik subyektlari
shakllaridan farqli jixatlari shundaki, unda xususiy korxona mulkdor
yagona jismoniy shaxs tomonidan tuziladigan va boshqariladigan
tijoratchi tashkilotdir.
I.A. Karimov ta’kidlaganlaridek, “…biz xususiy tadbirkorlikning
manfaatlarini himoya qiluvchi qonun va tartiblarga hokimiyatning
jamiiki bo‘ginlari tomonidan ogishmay amal qiladigan qatiy va majburiy
muhitni vujudga keltirishimiz shart, kichik va o‘rta korxonalarning turli
shakllari tez va keng rivojlanishi uchun yo‘l ochishimiz lozim”.
2019 yil 1 iyul holatiga respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan
korxonalar va tashkilotlarning soni (fermer va dehqon xo‘jaliklaridan
tashqari) 371,9 mingtani tashkil etdi (ulardan kichik korxona va
mikrofirmalar 309,7 mingta). O‘tgan yilning shu davriga nisbatan faoliyat
ko‘rsatayotgan korxonalar sonining o‘sishi 21,4 %ni (jumladan, kichik
korxona va mikrofirmalar 25,0%) tashkil etdi. Faoliyat ko‘rsatayotgan
korxonalar va tashkilotlarning eng yuqori o‘sishi Navoiy (35,1%),
Samarqand (28,9%), Buxoro (27,0 %), Xorazm (22,9%), Fargona
(22,7%), Jizzax (22,2%), Qashqadaryo (20,4%) viloyatlarida va Toshkent
shahrida (20,7%) kuzatildi.
58
Tadbirkorlik faoliyatini yakka tartibda tashkil etishning tashkiliy-
huquqiy asoslari 2012 yil 2 mayida qabul qilingan “Tadbirkorlik faoliyati
erkinligining kafolatlari to‘grisida” gi qonunning 7-moddasida berilgan.
Unga ko‘ra, jismoniy shaxslar yuridik shaxs tashkil etmagan holda
jismoniy shaxslar yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi birgalikdagi
tadbirkorlik faoliyatining er -xotinning umumiy mol-mulki negizida, ular
tomonidan amalga oshiriladigan oilaviy tadbirkorlik, oddiy shirkat,
yuridik shaxs tashkil etmagan holda dehqon xo‘jaligi shakllarida amalga
oshirilishi mumkinligi mustahkamlandi.
Huquqshunos G. Aliev, tadbirkorlik faoliyatini yuritishning
tashkiliy-huquqiy shaklini xususiy tadbirkor sifatida tanlab, uni yuridik
shaxs tashkil etib yoki yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi xususiy
tadbirkorlik (yakka tartibdagi tadbirkorlik) ga ajratib ko‘rsatadi.
Yuqorida keltirilgan qonun talablari va olimlarning fikrlaridan shuni
tushunish mumkinki, demak, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi
jismoniy shaxs, o‘zining mol-mulki va iqtisodiy sarmoyasiga qarab,
tadbirkorlik faoliyatining tashkiliy-huquqiy shaklini o‘zi belgilash
huquqiga egadir.
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining fuqarolik huquqi subyekti
sifatida tadbirkorik munosabatlarida ishtirok etishi, ularning tegishli
tartibda tashkiliyhuquqiy shaklini to‘gri belgilab olishi muhim
bosqichlardan biri hisoblanadi. B. Ibratov tadbirkorlik faoliyati quyidagi
shakllarda tashkil etilishi mumkinligini qayd qilgan.
1.Yakka tartibdagi tadbirkorlik.
2.Yuridik shaxs tashkil etgan kichik va o‘rta tadbirkorlik.
3.Jismoniy shaxslarning yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi
tadbirkorlik faoliyati.
Bugungi kunda esa, tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishningoilaviy
shakli xam qonun asosida mustaxkamlandi.
Tadbirkorlik faoliyatini dexqon xo‘jaligi shaklida tashkil etish
asoslari, O‘zRning “Dehqon xo‘jaligi to‘grisida” gi yangi tahrirdagi
qonunida belgilangan. Unga asosan, dehqon xo‘jaligini tashkil etish
tartibi ixtiyoriylik asosida, xo‘jalik boshligining qishloq xo‘jaligi
kooperativi (shirkat xo‘jaligi) boshqaruviga yoxud boshqa qishloq
59
xo‘jalik
korxonalari,
muassasalari
va
tashkilotlarning
ish
boshqaruvchisiga hamda tuman hokimiga yozma murojaatiga asosan
tashkil etiladi.
Qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat xo‘jaligi) boshqaruvi dehqon
xo‘jaligini tashkil etish to‘grisidagi masalani umumiy majlis
muhokamasiga kiritadi. Boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari,
muassasalari va tashkilotlarida dehqon xo‘jaligini tashkil etish
to‘grisidagi qaror shu korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning yuqori
boshqaruv organi, ish beruvchisi (ma’muriyati) tomonidan qabul qilinadi.
Qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat xo‘jaligi) umumiy majlisining
yoki boshqa qishloq xo‘jalik korxonasi, muassasasi va tashkiloti yuqori
boshqaruv organining, ish beruvchisining (ma’muriyatning) qarori
asosida er uchastkalarini berish masalalarini ko‘rish bo‘yicha tuman
komissiyasining xulosasini inobatga olgan holda tuman hokimi dehqon
xo‘jaligini tashkil etish to‘grisidagi qarorini qabul qiladi. Tuman
hokimining dehqon xo‘jaligini tashkil etish to‘grisidagi qarori tumanning
moliya, bank, soliq va boshqa tuzilmalari uchun majburiy hujjat bo‘lib
hisoblanadi. Qishloq xo‘jaligi sohasida yakka tartibdagi tadbirkorlik
dehqon-fermer xo‘jaligi hamda xususiy korxona shaklida tashkil etiladi.
Dehqon xo‘jaligini yuridik shaxs tashkil qilmasdan yakka tadbirkor
sifatida yuqorida qayd qilganimizdek FKda hamda “Dehqon xo‘jaligi
to‘grisida” gi O‘zR qonunning 5-moddasiga muvofiq, dehqon xo‘jaligini
tashkil etish tartibi, dehqon xo‘jaligi ixtiyoriylik asosida tuziladi hamda u
davlat ro‘yxatiga olinganidan va unga belgilangan tartibda er uchastkasi
berilganidan keyin tashkil etilgan hisoblanadi. Shuningdek, dehqon
xo‘jaligi yuqorida qayd qilingan Nizomga muvofiq belgilangan tartibda
davlat ro‘yxatiga olingan paytdan e’tiboran tashkil etilgan hisoblanadi.
Fermer xo‘jaligini tashkil etish 2004 yil 26 avgustda qabul qilingan
“Fermer xo‘jaligi to‘grisida” gi O‘zR qonunining 5-moddasida
belgilangan tartibda fermer xo‘jaligini tashkil etish shartlariga muvofiq
tashkil etiladi. Fermer xo‘jaligi aksariyat hollarda ortiqcha mehnat
resurslari bo‘lmagan erlarda va hududlarda tashkil etiladi. Bugungi kunda
fermer xo‘jaligi tender tanlovi asosida tashkil etilmoqda. Fikrimizcha,
yuqorida qayd qilingan qonunning 5-moddasiga qo‘shimcha qilib uni
60
“Fermer xo‘jaligi tender asosida, aksariyat hollarda ortiqcha mehnat
resurslari bo‘lmagan erlarda va hududlarda tashkil etiladi” tahrirda berish
kerak deb hisoblaymiz. Bunga asos bugungi kunda fermer xo‘jaligi tanlov
asosida o‘tkazilishi ko‘plab qonun osti hujjatlarida belgilangan. Bunday
o‘zgartirish kiritish esa qonunlarni unifikastiyalashga olib keladi.
Huquqshunos olim I. Anortoev davlat organlari hamda o‘z-o‘zini
boshqarish organlarining joylarda fermerlar faoliyatiga aralashish
holatlari hali ham davom etmoqda. Bundan tashqari, qishloq xo‘jaligida
vujudga keladigan munosabatlarni tartibga soladigan huquqiy hujjatlar
juda ko‘p. Ularni aksariyat qismini qonunosti hujjatlari va vazirliklarning
me’yoriy hujjatlari tashkil etadi. Bu holat fermerlar tomonidan
hujjatlarning o‘rganilishini murakkablashtiradi, oqibatda fermer uchun
bajarilishi qiyin, ammo shart bo‘lgan vazifa yuzaga keladi. Ta’kidlash
lozimki, ayrim hollarda bu hujjatlarda o‘zaro mutanosiblikning yo‘qligi
ko‘zga tashlanadi. Shularni hisobga olib, fermerlikni rivojlantirishga
qaratilgan istiqbolli strategiyadan ogishmaslik, mavjud qonunchilikni
yanada izchil takomillashtira borish zarur. Buning uchun respublika
iqtisodiyotiga oid qonunchilikni, xususan fermer xo‘jaligi faoliyatiga
daxldor qonunlarni liberallashtirish lozim bo‘ladi degan asosli fikrlarni
ta’kidlaydilar. Ushbu qayd qilingan muammolarning asosiy yechimi
“Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘grisida” gi 2012 yil 2
mayidagi Qonuni asosida hal qilinishi lozim. Bundan tashqari tadbirkorlik
faoliyati sohasidagi qonun hujjatlarni yanada takomillashtirish maqsadida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy mulkni himoya qilish
va mulkdorlar huquqlarining kafolatlarini kuchaytirish, tadbirkorlik
tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarni tashkil qilish
tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘grisidagi”, shuningdek, “Tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy
resurslar
va
ishlab
chiqarish
infratuzilmasidan
foydalanish
imkoniyatlarini kengaytirish to‘grisida” 2019 yil 13 avgustdagi PF-5780-
son Farmoniga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston
Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Kichik biznes va
tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘grisida”
2019 yil 13 avgustdagi PQ-4417-son qaroriga muvofiq Vazirlar
61
Mahkamasi qarori qabul qilindi. Ushbu qarorda quyidagi hujjatlar
tasdiqlandi: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi
huzuridagi Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi
to‘grisidagi nizom hamda Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash
davlat jamgarmasi to‘grisidagi nizom.
G. Aliev yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati shakllarining bir-
biriga o‘xshash tomonlari bilan bir qatorda, o‘ziga xos xususiyatlari ham
mavjuddir. Bu xususiyatlar yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati
ob’ektlari va subyektlarini aniqlash, ushbu tadbirkorlik faoliyati
subyektlarining yakka tartibdagi tadbirkorlik mol-mulkiga egalik qilish,
undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqlarini tahlil qilish natijasida
aniqlash mumkinligini ta’kidlaydi.
Demak, tadbirkorlik faoliyatining asosiy negizida mulk va unga
nisbatan huquqlarni amalga oshirish tushuniladi. Shu o‘rinda uning o‘ziga
xos mazmunini ifodalashda uning mulkiy mustaqilligi, tadbirkorlik
faoliyati bilan bogliq munosabatlarda o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulk
bilan javobgar bo‘lishi hamda qonunda belgilangan tartibda
cheklanmagan miqdorda daromad yoki foyda olishligi ushbu faoliyatning
asosiy xususiyatlari mazmunini tashkil qiladi. Shuningdek, tadbirkorlik
faoliyatining samarali faoliyat yuritishi uchun eng avvalo ularning
faoliyat turiga qarab tashkiliy - iqtisodiy shakllarini belgilab olish muhim
hisoblanadi.
Yuqoridagilarga ko‘ra, tadbirkorlik faoliyatini xususiy mulk asosida
quyidagi shakllarda tashkil etish mumkin:
- er-xotinning umumiy mol-mulki negizida ular tomonidan amalga
oshiriladigan oilaviy tadbirkorlik; -
- oddiy shirkat;
- yuridik shaxs tashkil etmagan holda dehqon xo‘jaligi shakllarida
amalga oshirilishi;
- tadbirkorlik faoliyatining korporativ shaklida tashkil etish.
Tadbirkorlik faoliyatining turlari haqida I. Kan tadbirkorlik
faoliyatini davlat tomonidan va xususiy tadbirkorlik asosida tashkil
etiladigan turlarga ajratadi.
62
Shu o‘rinda Germaniya Federativ respublikasining mas’uliyati
cheklangan shirkatlar to‘grisidagi qonunida shirkat ta’sis shartnomasining
mazmuni quyidagicha belgilangan: firma nomi va shirkat joylashgan joy;
faoliyat predmeti; asosiy kapital miqdori; har bir ishtirokchining asosiy
kapitaldagi qo‘shgan hissasi.
Ushbu
ta’sis
shartnomasida
belgilangan
ma’lumotlar
qonunchiligimizda ya’ni O‘zRning “Mas’uliyati cheklangan hamda
qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘grisida”gi qonunning 12-
moddasida ta’sis shartnomasida emas, balki ushbu qonunning 13-
moddasida, ya’ni jamiyat ustav fondida belgilangan. Demak, fuqarolar
tadbirkorlik faoliyatining kichik biznes shaklini tuzish keng yo‘lga
qo‘yilishi talab qilinadi, bunga sabab ushbu tadbirkorlik tuzilmalari kam
mablag talab qilinadigan eng qulay shakllardan biri bo‘lib hisoblanadi.
O‘zRning “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari
to‘grisida” gi qonunning 13-moddasida, tadbirkorlik faoliyati
subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tegishli davlat organi
tomonidan “bir darcha” prinstipi bo‘yicha va, qoida tariqasida, xabardor
qilish asosida, qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar ariza beruvchini tadbirkorlik
faoliyati subyekti sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni uni tashkil etish
maqsadga muvofiq emas degan vajlar bilan rad etishga yoki unga
qonunchilikda nazarda tutilmagan qo‘shimcha talablarni belgilashga
haqli emas.
Ariza beruvchini tadbirkorlik faoliyati subyekti sifatida davlat
ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etganlik, shuningdek davlat ro‘yxatidan
o‘tkazish muddatlarini buzganlik ustidan sudga shikoyat qilinishi
mumkin. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning qarori, shuningdek mazkur
organ mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) sud tomonidan
qonunga xilof deb topilgan taqdirda, ular ariza beruvchiga ro‘yxatdan
o‘tkazishni rad etganlik yoki ro‘yxatdan o‘tkazish muddatini buzganlik
tufayli etkazilgan zararning o‘rnini qoplaydi va ma’naviy zarar uchun
kompensastiya to‘laydi.
M.Abdusalomov, Sh. Ro‘zinazarovlarning fikricha, fuqarolik
huquqi nazariyasida yuridik shaxslarni tashkil etish usullari bo‘yicha
63
yagona bir fikr yo‘qligini e’tirof etib, ularni yuridik shaxslarni tashkiliy-
huquqiy asoslariga qarab quyidagi uch usulga ajratadi; - buyruq tartibida
(davlat va ma’muriy-hududiy tuzilmalarning yuridik shaxslari) tashkil
etish; - oddiy ta’sis etish tartibida (xususiy korxonalar, xususiy
tadbirkorlar) vujudga keltirish; - o‘zaro kelishuv tartibida(aksionerlik
jamiyatlari, ma’suliyati cheklangan va qo‘shimcha ma’suliyatli
jamiyatlar, qo‘shma korxonalar va x.z) tuzgan ma’qul.
Buyruq tartibida ya’ni farmoyish berish orqali davlat va munistipal
korxonalar ta’sis etiladi. Bunda korxona mulk egasining yoki shunga
vakolatli bo‘lgan organning qarori bilan mulkdor o‘ziga tegishli bo‘lgan
mulkini operativ boshqaruv, xo‘jalik yuritish yoki akstiyadorlik jamiyati
shakllarida ta’sis etishi mumkin.
Oddiy ta’sis etish bu fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatini amalga
oshirish istagi bilan tadbirkorlik faoliyatining biror bir turini tanlab yakka
tartibda yoki xususiy korxona shaklida tadbirkorlik faoliyatini amalga
oshirmoqchi bo‘lgan shaxs tushuniladi. O‘zaro kelishuv tartibida
mulkdorlarning o‘z mulklarini birlashtirish orqali tadbirkorlik
tuzilmalarida ishtirokchi yoki sherikchilik asosida taraflarning kelishuvi
va xohish irodasi bilan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish maqsadida
tuzilgan yuridik shaxsni tushunish mumkin.
O‘zRFKning 49-moddasi 5-qismida, qo‘shib olish shaklida qayta
tashkil etish holatlarini istisno qilganda, yangitdan vujudga kelgan yuridik
shaxslar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab yuridik shaxs
qayta tashkil etilgan hisoblanishi belgilangan.
Demak, qonun-hujjatlarda belgilangan tartibda ayrim tadbirkorlik
subyektlarining masalan, fermer xo‘jaligi raisining vafot etishi
munosabati bilan yoki o‘z ixtiyoriga ko‘ra fermer xo‘jaligini qo‘shib
yuborish holatlarida ularning faoliyatini qaytadan ro‘yxatdan o‘tkazish
shart emas. Chunki, yuridik shaxs boshqa yuridik shaxsga qo‘shilganida,
bu yuridik shaxsga qo‘shilgan yuridik shaxsning huquq va burchlari
topshirish hujjatiga muvofiq unga o‘tadi.
Huquqshunos olim I. Romankova tadbirkorlik faoliyatini
rivojlantirishga asosiy sabab, iqtisodiy qonunlar va qonuniyatlar
hisoblansa, ular mazmunini tovar pul munosabatlari tashkil etish,
64
ikkinchidan esa ularning huquqiy rivojlanishiga yaratilayotgan shart-
sharoitlar tashkil qiladi. Xususiy tadbirkorlik faoliyati o‘zining haqiqiy
o‘rnini xo‘jalik yuritish tizimida mulkka nisbatan munosabatning
o‘zgarishi bilan vujudga keladi. A. Brizgalin esa korxonani tashkil
etishning umumiy uch asosiy tashkiliy-huquqiy shaklini ta’kidlaydi:
-yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan korxona, bunga
fuqarolarning yakka tadbirkorlik faoliyatini va dehqon xo‘jaligini kiritadi;
-tijorat tashkilotlari bunga, yuridik shaxslar, yakka tartibda, oilaviy
xususiy korxonalar, shirkatlar (to‘liq, aralash, mas’uliyati
cheklangan, qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar va x.z) kiradi;
-ishlab-chiqarish kooperativlari, ijara va jamoa korxonalari,
akstiyadorlik jamiyatlari (ochiq va yopiq turdagi), jamoat tashkilotlari,
korxonaning xo‘jalik birlashmalari (konsternlar, assostiastiyalar va x.z)
davlat, mahalliy va (sho‘’ba) korxonalaridan iborat bo‘lishligi qayd
qilinadi.
Prof.O. Oqyulov tadbirkorlik faoliyati erkinligi, fuqaro yoki tijorat
yuridik shaxsga qonunda taqiqlanmagan har qanday faoliyat sohasi
bo‘lsa, tadbirkorlikni amalga oshirish imkonini beradi - deb ta’kidlaydi.
Xulosa qilganda, ushbu tashkiliy-huquqiy shakllarning mazmunida
o‘ziga xos xususiyatlar mavjud bo‘lib, bular tadbirkorlik faoliyatining
dastlabki jarayonini oydinlashtiradi. Ushbu jarayon o‘ziga xos murakkab
jarayondan iborat bo‘lib, birinchidan, tadbirkorlik subyektlarini tashkil
etish bilan bogliq munosabatlar bo‘lsa, ikkinchidan tadbirkorlikning
xo‘jalik faoliyatini amalga oshirishi bilan bogliq munosabatlarini belgilab
olish hisoblanadi.
Respublikamizda barcha tadbirkorlik faoliyati sube’ktlarining
asosiy huquqiy kafolati sifatida Konstitutsiyamizning 53-moddasini
keltirish mumkin. Xususan, “Bozor munosabatlarini rivojlantirishga
qaratilgan O‘zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi
mulk tashkil etadi. Davlat iste’molchilarning huquqi ustunligini hisobga
olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini barcha
mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan bab-barobar
muhofaza etilishini kafolatlaydi”.
65
Shuningdek, tadbirkorlik subyektlari xususiy mulkining boshqa
mulk shakllari bilan bir qatorda davlat himoyasida bo‘lishi, mulkdor
mulkiga o‘z xohishicha egalik qilishi, undan foydalanishi va uni tasarruf
etishi, er, erosti boyliklari, suv, o‘simlik, hayvonot dunyosi va boshqa
tabiiy zaxiralarning umummilliy boylik bo‘lishi kabi normalar
Konstitutsiyaning 53-moddasining ikkinchi qismida belgilangan.
Dostları ilə paylaş: |