Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti z. O. Kuvandikov



Yüklə 1,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/130
tarix17.05.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#115347
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   130
Tadbirkorlik biznes huquqi O\'quv qo\'llanma Z O Kuvandikov Samarqand

tadbirkorlikning milliy an’ana va urf-odatlarimizga to‘la mos keladigan 
yangi shakli – oilaviy biznesni rivojlantirish uchun keng shart-sharoitlar 
yaratildi.
Yakka tartibdagi tadbirkorlik va oilaviy tadbirkorlik faoliyatining 
negizi, mulkning shakllanish holatiga qarab, ular bir-biridan farq qiladi. 
Yakka tartibdagi tadbirkor mulk huquqi asosida faqat o‘ziga tegishli 
bo‘lgan mol-mulk negizida, shuningdek mol-mulkka egalik qilish va 
(yoki) undan foydalanishga yo‘l qo‘yadigan o‘zga ashyoviy huquq tufayli 
o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulk negizida faoliyat ko‘rsatsa, oilaviy 
tadbirkorlik mol-mulk negizida umumiy birgalikdagi mulk asosida 
amalga oshiriladi.
Bundan tashqari, oilaviy tadbirkorlikni yuridik shaxs tashkil 
etmagan holda olib borish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining “Yuridik shaxs tashkil etmasdan oilaviy tadbirkorlikni 


46 
hamda hunarmandchilik faoliyatini rivojlantirish va kengaytirish chora-
tadbirlari to‘risida” 29.07.2009 yil 216-sonli qarorida ham ko‘rsatilgan
29
.  
 
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining belgilari.  
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining quyidagi belgilari mavjud: 
davlat ro‘yxatidan o‘tganligi; muayyan faoliyat turlari bilan 
shuullanishlari uchun albatta ruxsatnoma (litsenziya)ga ega bo‘lishligi; 
o‘z mol-mulkiga ega bo‘lishligi; tadbirkorlik huquq va majburiyatlariga 
ega bo‘lishligi; o‘z mol-mulki doirasida mustaqil javobgarligi; o‘zlarining 
buzilgan huquqlarini va qonuniy manfaatlarini sud orqali himoya qilish 
imkoniyatiga ega ekanligi hisoblanadi.
2.Tadbirkorlik huquqi subyektlari faoliyatini tashkil qilish, davlat 
ro‘yxatidan o‘tkazish va tugatish. 
Tadbirkorlik huquqi subyektlari faoliyatining tashkil qilinishi va 
tugatilish tartib-taomillari O‘zRsi Konstitustiyasi, O‘zRning Tadbirkorlik 
faoliyati erkinligining kafolatlari to‘grisidagi qonuni, O‘zbekiston 
Respublikasi Fuqarolik kodksi, O‘zRning Mulkchilik to‘grisidagi qonuni 
va boshqa ushbu soxaga oid qonun hujjatlar asosida tashkil qilinadi. 
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartiblari 
O‘zRning tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘grisidagi 
qonuning 2 va 6-boblarida belgilangan tartiblar asosida amalga oshiriladi. 
Qonunning 13-moddasida, tadbirkorlik faoliyati subyektlarini davlat 
ro‘yxatidan o‘tkazish tegishli davlat organi tomonidan «bir darcha» 
prinstipi bo‘yicha va, qoida tariqasida, xabardor qilish asosida, 
qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar ariza beruvchini tadbirkorlik 
faoliyati subyekti sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni uni tashkil etish 
maqsadga muvofiq emas degan vajlar bilan rad etishga yoki unga 
qonunchilikda nazarda tutilmagan qo‘shimcha talablarni belgilashga 
haqli emas.
29
https://lex.uz/docs/-1502759


47 
Ariza beruvchini tadbirkorlik faoliyati subyekti sifatida davlat 
ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etganlik, shuningdek davlat ro‘yxatidan 
o‘tkazish muddatlarini buzganlik ustidan sudga shikoyat qilinishi 
mumkin. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning qarori, shuningdek mazkur 
organ mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) sud tomonidan 
qonunga xilof deb topilgan taqdirda, ular ariza beruvchiga ro‘yxatdan 
o‘tkazishni rad etganlik yoki ro‘yxatdan o‘tkazish muddatini buzganlik 
tufayli etkazilgan zararning o‘rnini qoplaydi va ma’naviy zarar uchun 
kompensastiya to‘laydi.
Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishning dastlabki qadami, bu 
qonun hujjatlarida belgilangan tartiblarda, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish 
asosida amalga oshirilishi hisoblanadi. Albatta tadbirkorlik subyektini 
davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, tadbirkorlikning eng asosiy talablaridan biri 
bo‘lib, bu jarayon uni mustaqil subyekt sifatida rasman tan olishlikni 
bildiradi. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, tadbirkorlik faoliyati 
subyektlarining huquqiy asoslari hamda ushbu soxaga oid ilmiy - huquqiy 
nazariyalar tadbirkorlik faoliyati subyektlarining huquqiy ongini va 
madaniyatini yanada oshirishga xizmat qilishi lozim. Jumladan, bu borada 
I. Karimov “Tadbirkorlar o‘rtasida huquqiy tushuntirish ishlari sust olib 

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin