2. Tadbirkorlik huquqi subyektlarini tugatish tartibi va asoslari
Respublikamizda bozor iqtisodiyoti munosabatlarining shakllanishi
davrida turli mulk shakllarining mavjudligi tadbirkorlik yuritishning ham
har xil ko‘rinishlarini vujudga keltirib, tadbirkorlik yurituvchi subyektlar
faoliyatiga alohida e’tibor berishni taqozo etmoqda. Ma’lumki,
tadbirkorlik yuritish subyektlarining samarasiz faoliyat yuritishi davlat va
jamiyat manfaatlariga sezilarli zarar keltiradi. Har qanday davlat va
jamiyat o‘z hududida faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlarining
yaxshi ishlashi tarafdoridir. Xususan, Birinchi Prezidentimiz I.A.
Karimov “eng avvalo, istiqbolsiz korxona va tashkilotlarni har qanday
yo‘l bilan bo‘lsada, qo‘llab-quvvatlashdek xato yo‘lga barham berish
zarurligini va bu yo‘l bozor talabiga mutlaqo yot va ziddir. Samarasiz
ishlaydigan korxonalar karzdorlik girdobiga faqat o‘zlari garq
bo‘libgina qolmay, boshqa korxonalarni ham ortidan tortib ketadi” deb
ta’kidlagan edi. To‘gri, bunday holat albatta achinarli, lekin undan qutilib
bo‘lmaydi. Bir so‘z bilan aytganda, yuridik shaxsni tugatish masalasi
haqiqatdan dolzarb mavzu bo‘lib bormoqda.
Ushbu vaziyatga mamlakatimizda to‘gri baho berilib, qonunda
belgilangan tartib asosida hal qilish uchun maxsus qonun me’yorlari va
chora tadbirlar ishlab chiqilgan. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik
kodeksining normalari yuridik shaxslarni tugatishning fuqarolikhuquqiy
tartibga solinishini to‘liq mujassamlashtirgan asosiy huquqiy hujjat
bo‘lsa, shu singari mustaqillikka erishganimizdan buyon qabul qilingan
qishloq tadbirkorlik korxonalari faoliyatini tartibga soluvchi qonunlarda
89
esa yuridik shaxsni tugatishda mazkur sohaning o‘ziga xos xususiyatlari
inobatga olinib huquq normalari belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik qonunchiligida yuridik
shaxslarni ikki xil usulda tugatilishi belgilangan.
Birinchisi ixtiyoriy usul bo‘lib, u muassislar (ishtirokchilari) yoki
ta’sis hujjatlari bilan tugatishga vakolat berilgan yuridik shaxs organining
qaroriga muvofiq;
•
yuridik shaxsning faoliyat yuritish muddatining tugashi;
•
uni tashkil etishdan ko‘zlangan maqsadga erishilganligi
munosabati bilan;
•
yuridik shaxsni tashkil etish chogida qonun hujjatlari
buzilishiga yo‘l qo‘yilganligi sababli, agar bu buzilishlarni bartaraf etib
bo‘lmasa, sud yuridik shaxsni ro‘yxatdan o‘tkazishni haqiqiy emas deb
topganda;
•
muassislar (ishtirokchilar) yoki yuridik shaxs organi
tomonidan tashkilotni tugatish uchun etarli bo‘lgan boshqa sabablarni tan
olishi bilan;
Ikkinchisi majburiy usulda sud qarori bo‘yicha:
•
faoliyatni tegishli ruxsatnomasiz (litsenziyasiz) amalga
oshirish;
•
qonun tomonidan ta’qiqlab qo‘yilgan faoliyatni amalga
oshirgan yoki qonun yoki huquqiy aktlarni bir necha marta va qo‘pol
ravishda buzish holatlarida;
•
Fuqarolik Kodeksida nazarda tutilgan boshqa hollarda sudning
qaroriga muvofiq ;
•Bozor munosabatlari mamlakat iqtisodiyotiga qanchalik chuqurroq
kirib kelishi o‘z faoliyatini samarasiz olib borayotgan yuridik shaxslarga
jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda. SHu sababli 6 oy mobaynida (savdo
vositachilik korxonasi esa uch oy mobaynida) bank hisobvaraqlari
bo‘yicha pul operatsiyalarini o‘tkazish bilan bog‘liq moliyatadbirkorlik
faoliyatini amalga oshirilmagan, (dehqon va fermer tadbirkorliklari
bundan mustasno) va (yoki) davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan
e’tiboran bir yil ichida ustav fondi ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan
90
miqdorda shakllantirilmagan taqdirda, ham uning tugatilishiga olib
kelishi haqidagi norma Fuqarolik kodeksida mustahkamlab qo‘yildi.
Yuridik shaxsni tugatish – murakkab va ko‘p vaqt talab qiluvchi ish
hisoblanadi. Shuning uchun yuridik shaxsni tugatish jarayoni bir necha
bosqichni o‘z ichiga oladi.
Yuridik shaxs uning muassislari (ishtirokchilari)ning yoki ta’sis
hujjatlari bilan tugatishga vakolat berilgan yuridik shaxs organining
qaroriga binoan tugatilishi mumkin. Odatda muassislar ham ishtirokchilar
ham o‘z ixtiyorlari bilan har qanday vaqtda tugatish to‘grisidagi qarorni
qabul qilishlari mumkin. Bu ularga berilgan huquqdir. Lekin shu bilan
birgalikda tugatish to‘grisidagi qaror qabul qilish ular uchun burchni ham
keltirib chiqaradi. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida sud
tartibida tugatish ikki asosda umumiy va maxsus asoslarda amalga
oshirilishi nazarda tutiladi. Umumiy asos barcha turdagi yuridik
shaxslarga, maxsus asos esa alohida turdagi yuridik shaxslar uchun
taalluqlidir. Umumiy asoslarga ko‘ra o‘z faoliyatini ruxsatnomasiz
(litsenziyasiz) amalga oshirayotgan yoki qonun tomonidan ta’qiqlangan
faoliyat bilan shugullanayotgan yuridik shaxslarga nisbatan yoki
Fuqarolik kodeksida nazarda tutilgan boshqa hollarda sudning qaroriga
muvofiq qo‘llaniladi.
Maxsus asosga ko‘ra tugatiladigan alohida turdagi yuridik shaxslar
qatoriga O‘zbekiston Respublikasi qonuniga binoan o‘z huquqiy
maqomini olib, maxsus xuquq layoqatiga ega bo‘lgan qishloq tadbirkorlik
korxonalari kiradi. Odatda, har bir qishloq tadbirkorlik korxonasining
huquqiy maqomini o‘ziga xos xususiyatlari inobatga olinadi. Masalan,
fermer xo‘jaligi: tadbirkorlik faoliyatini davom ettirish istagida bo‘lgan
bironta ham tadbirkorlik a’zosi yoki merosxo‘r qolmagan bo‘lsa; er
uchastkasini ijaraga olish huquqidan ixtiyoriy voz kechilganda; er
uchastkasining ijaraga berilgan muddati tugaganda va erdan foydalanish
huquqini tiklashning imkoniyati bo‘lmaganda; erdan belgilangan
maqsadda va oqilona foydalanilmaganda, olingan hosildorlik normativ
kadastr bahosidan muttasil (uch yil maboynida) past bo‘lganda; erlarning
ekologik holati yomonlashganda; er uchastkasi belgilangan tartibda olib
qo‘yilganda; fermer xo‘jaligi bankrot deb e’lon qilinganda; ijara haqi
91
belgilangan muddatlarda muttasil to‘lanmay kelinganda; fermer xo‘jaligi
er olgan paytdan e’tiboran bir yil mobaynida tadbirkorlik ishlab chiqarish
faoliyatiga kirishmagan bo‘lsa; fermer tadbirkorliklari faoliyatini tartibga
soluvchi qonun hujjatlari bir necha marta yoki bir marta, lekin qo‘pol
ravishda buzilganda; shartnoma shartlari buzilganligi munosabati bilan
erni ijaraga olish shartnomasi bekor qilingan hollarda tugatiladi.
O‘zbekiston Respublikasining “Fermer xo‘jaligi to‘grisida” gi qonunida
11 ta asosda fermer xo‘jaligining faoliyati to‘xtatilsa, dehqon xo‘jaligi
faoliyatini tugatish (faoliyatini to‘xtatish) asoslar 6 ta qilib ko‘rsatilgan.
“Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risidagi” O‘zbekiston Respublikasi
Qonunining 27-moddasiga binoan, dehqon xo‘jaligi quyidagi, ya’ni:
tadbirkorlik faoliyatini davom ettirish istagida bo‘lgan bironta ham
tadbirkorlik a’zosi yoki merosxo‘r qolmagan bo‘lsa; tomorqa er
uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqidan
ixtiyoriy voz kechilganda; tomorqa er uchastkasi qonunda belgilangan
tartibda olib qo‘yilganda; belgilangan soliqlar muttasil to‘lanmaganda;
agar qonun hujjatlarida boshqa muddat belgilangan bo‘lmasa, yangi
berilgan tomorqa er uchastkasidan bir yil mobaynida foydalanishga
kirishmagan taqdirda; dehqon tadbirkorliklari faoliyatini tartibga soluvchi
qonun hujjatlari bir necha marta yoki bir marta, lekin qo‘pol ravishda
buzilgan hollarda tugatiladi.
Dehqon xo‘jaligidagi faoliyat tadbirkorlik faoliyati jumlasiga kiradi
hamda dehqon xo‘jaligi a’zolarining istagiga ko‘ra yuridik shaxs tashkil
etgan holda va yuridik shaxs tashkil etmasdan amalga oshirilishini
inobatga olgan holda, agar yuridik shaxs tashkil etib, faoliyat olib
borayotgan bo‘lsa, uning faoliyati tugatiladi. Yuridik shaxs tashkil
etmasdan faoliyat yuritayotganda esa dehqon tadbirkorliklarining
faoliyati to ‘xtatiladi. Yuqorida to‘xtalib o‘tganimizdek, bozor sharoitida
yuridik shaxslarning faoliyatini to‘xtatish va tugatish shartlari va usullari
har xildir.
Tadbirkorlik faoliyatini subyekti sifatida mas’uliyati cheklangan va
qo‘shimcha ma’suliyatli jamiyatlar fuqarolik huquqiy maqomiga ega
bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining «Mas’uliyati cheklangan va
qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘grisida» gi Qonunda jamiyatni
92
tashkil etilishi, faoliyat olib borishi va tugatilishi to‘grisidagi qoidalar
belgilangan. Ushbu subyekt Qonun va jamiyat ustavi talablarini hisobga
olgan holda qonunlarda belgilangan tartibda ixtiyoriy ravishda tugatilishi
mumkin. Jamiyat qonun hujjatlarida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra
sudning qaroriga binoan ham tugatilishi mumkin. Jamiyatni tugatish
uning huquqlari va majburiyatlari huquqiy vorislik tartibida boshqa
shaxslarga o‘tmagan holda faoliyatining tugatilishiga sabab bo‘ladi.
Jamiyat ishtirokchilari umumiy yigilishining jamiyatni ixtiyoriy ravishda
tugatish hamda tugatish komissiyasini tayinlash to‘g‘risidagi qarori
ja¬miyat kuzatuv kengashining, ijro etuvchi organining yoki
ishtirokchisining taklifiga binoan qabul qilinadi. Ixtiyoriy ravishda
tugatilayotgan jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigilishi jamiyatni
tugatish va yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ bilan
kelishgan holda tugatish komissiyasini tayinlash to‘g‘risida qaror qabul
qiladi. Tugatish komissiyasi tayinlangan paytdan e’tibo¬ran jamiyat
ishlarini boshqarish bo‘yicha barcha vakolatlar unga o‘tadi. Tugatish
komissiyasi tugatilayotgan jamiyat nomidan sudda ishtirok etadi. Ustav
fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi bo‘lgan jamiyatni tugatishda
tugatish komissiyasining tarkibiga davlat mulkini boshqaruvchi
organning vakili kiritiladi. Mazkur talab bajarilmagan taqdirda, jamiyatni
davlat ro‘yxatidan o‘tkazgan organ tu¬gatish komissiyasi tayinlanishiga
rozilik berishga haqli emas.
Bozor munosabatlari sharoitida tadbirkorlik shirkatlari tadbirkorlik
faoliyati subyektlari tarkibida alohida o‘rin tutadi. Uning huquqiy
maqomi Fuqarolik kodeksi va «Xujalik shirkatlari to‘grisida»gi Qonun
bilan
tartibga
solinadi.
Qonunga
ko‘ra,
muassislarning
(ishtirokchilarning) ulushlariga (hissalariga) bo‘lingan ustav fondiga
(ustav kapitaliga) ega bo‘lgan tijorat tashkiloti tadbirkorlik shirkati
hisoblanadi, bunday shirkatda muassislar (ishtirokchilar) yoki ulardan
ayrimlari shirkat nomidan tadbirkorlik faoliyati yuritishda shaxsan
ishtirok etadilar. Shirkat qonunlarda nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra,
shuningdek shirkatda yagona ishtirokchi qolgan taqdirda tugatiladi.
Bunday ishtirokchi shirkatning yagona ishtirokchisiga aylangan paytdan
e’tiboran olti oy ichida yangi ishtirokchilarni qabul qilishga va shirkatni
93
saqlab qolishga, shirkat tomonidan amalga oshirilayotgan faoliyatni
moliyalashtirish to‘grisida hissa qo‘shuvchilar bilan shartnoma tuzishga
va kommandit shirkat tuzishga, shirkatni qayta tuzish yoki tugatishga
haqlidir.
Agar
shirkatning
ta’sis
shartnomasida
yoki
qolgan
ishtirokchilarning kelishuvida shirkat o‘z faoliyatini davom ettirishi
nazarda tutilgan bo‘lmasa, shirkat qayd etilgan Qonun 22-moddasining
birinchi qismida ko‘rsatilgan hollarda ham tugatiladi. Tadbirkorlik
shirkatlarining tashkiliy shakllaridan biri bo‘lib kommandit shirkat
hisoblanadi. Kommandit shirkat unda ishtirok etgan barcha hissa
qo‘shuvchilar shirkatdan chiqqan taqdirda, shuningdek «Xujalik
shirkatlari to‘grisida»gi Qonun 27-moddasida na¬zarda tutilgan to‘liq
shirkatni tugatish asoslari bo‘yicha tugatiladi. Barcha hissa qo‘shuvchilar
shirkatdan chiqqan taqdirda to‘liq sheriklar kommandit shirkatni tugatish
o‘rniga uni to‘liq shirkatga aylantirishga haqlidirlar. Kommandit shirkat
tugatilgan taqdirda, shu jumladan u bankrot bo‘lgan taqdirda, hissa
qo‘shuvchilar shirkatning kreditorlarning talablari qondirilganidan keyin
qoladigan molmulkidan hissalar olishda to‘liq sheriklar oldida imtiyozli
huquqqa egadirlar. Shirkatning shundan keyin qolgan molmulki to‘liq
sheriklar o‘rtasida, agar ta’sis shartnomasida yoki to‘liq sheriklar va hissa
qo‘shuvchilarning kelishuvida boshqacha qoida belgilangan bo‘lmasa,
ularning shirkat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlariga
mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Yuridik shaxsni tugatilishini oshkoralikda amalga oshirish tugatish
jarayoni huquqiy jihatdan aniq va kamchiliklarsiz yakunlashda muhim
ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston Respublikasi FKning 54-moddasiga
ko‘ra, yuridik shaxsni tugatish to‘grisidagi qaror qabul qilgan uning
muassislari va ishtirokchilari yoki vakolat berilgan organ bu haqda
yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organga yozma tartibda
xabar berishlari lozim. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ mana shu
xabarga asosan yuridik shaxs tugatilish jarayonida ekanligi haqidagi
ma’lumotlarni yagona davlat reestriga kiritadi. Ma’lumotlar kiritilgandan
so‘ng yuridik shaxsning firma nomiga albatta “tugatilishda” degan so‘z
qo‘shib qo‘yiladi.
94
Bundan tashqari, bu haqda soliq organlarini ham xabardor qilib
qo‘yish maqsadga muvofiqdir. Chunki, har qanday tadbirkorlik
yurituvchi subyekt tashkil etilgan paytda soliq to‘lovchi sifatida davlat
soliq organlarida ro‘yxatga olinadi. Soliq kodeksining 41-moddasida
yuridik shaxs tugatilgan taqdirda soliq organi soliq to‘lovchidan kamroq
bo‘lgan davr uchun hisobotlar, xabarnoma topshirish yo‘li bilan talab
qilishi mumkin bo‘lib, xabarnomada buning sababi va hisobotlar, taqdim
etilishi lozimligi ko‘rsatiladi. Yuridik shaxsni tugatish haqida belgilangan
tartibda qaror qabul qilingan taqdirda tugatish komissiyasi (tugatuvchi)
besh kunlik muddatda bu haqda soliq organini yozma ravishda xabardor
qiladi.
Yuridik shaxsni tugatish haqida qaror qabul qilingandan so‘ng soliq
to‘lovchi o‘n besh kun ichida soliq organiga hisobotlar, soliq bo‘yicha
hisob-kitoblarni taqdim etishi shart. Daromad (foyda) soligi bo‘yicha
hisobotlar, hisob-kitoblar qonun hujjatlarida belgilangan shakl va tartibda
taqdim etiladi. Shuningdek, korxona tugatilganda soliqqa tortish
masalalari ma’lum idoraviy yo‘riqnoma asosida hal etilishi mumkin. SHu
bilan birga yuridik shaxsni tugatilishi to‘grisida pensiya fondlari hamda
sugurta jamgarmalarini ogohlantirib, o‘zlarining hisob raqamlarini yopish
choralarini ko‘rishi lozim.
Tugatishda mazkur yuridik shaxs faoliyati to‘liq bekor qilinib, uning
ishi to‘xtatiladi va mol-mulki tugatiladi. Bunday holatda tugatish
komissiyasi tuziladi. Uning fikriga qisman qo‘shilgan holda aytish
mumkinki, hozirgi vaqtda tugatish tadbirlarini amalga oshirish maqsadida
tugatish komissiyasi tuzilishi yoki shunday harakatlarni bajaruvchi
tugatuvchi tayinlanishi o‘zining qonuniy asosiga ega. Bu hatti-xarakatlar
tugatish to‘grisidagi qaror qabul qilgan shaxslar tomonidan davlat
ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ bilan kelishilgan holda hal qilinadi. Davlat
korxonalarini tugatishda tugatish komissiyasi tarkibini iqtisodiy
nochorlik bo‘yicha boshqarma O‘zbekiston Respublikasi tegishli vazirlik
va idoralari vakillari, mahalliy ijroiya organlari mutaxassislari va
boshqalar tashkil qilishi mumkin. Shunday qilib, qoidaga ko‘ra,
amaliyotda tugatish komissiyasi tarkibiga muassislar (ishtirokchilar)
tugatilayotgan tashkilot ma’muriyati vakillari kiradi.
95
Shuningdek, ular tugatish komissiyasi yoki tugatuvchining asosiy
vazifalarini aniqlashtirish bilan bir vaqtda O‘zbekiston Respublikasi
Fuqarolik Kodeksiga muvofiq tugatish tartibini hamda muddatini belgilab
oladilar. Tugatish komissiyasi matbuot organlarida yuridik shaxsning
tugatilishi hamda uning kreditorlari tomonidan talablarni bayon etish
tartibi va muddati haqida xabar e’lon qiladi. Kodeksning 55-moddasiga
muvofiq bu muddat tugatish haqida xabar e’lon qilingan paytdan boshlab
“ikki oydan kam bo‘lishi mumkin emas”. Undan oldin qabul qilingan
qonun hujjatlarida esa bu muddat ikki oygacha deb ko‘rsatilar edi. Lekin
amaliyotda bir oy ko‘rsatilib e’lon qilinar edi. Hozir ham ba’zan
matbuotda bir oy ko‘rsatilib xabar qilinadi. SHu bilan kreditorlar
tomonidan o‘z talablarini bayon qilish uchun zarur bo‘lgan imkoniyat
cheklanadi. “Ikki oydan kam bo‘lishi mumkin emas” deb ko‘rsatilgan
Kodeksda o‘rnatilgan imperativ norma kreditorlarning huquqlarini
himoya qilish uchun tegishli kafolat yaratishga qaratilgan.
Tugatish komissiyasi tasdiqlangan kundan boshlab yuridik
shaxsning ishlarini boshqarish sohasidagi vakolatlari uning ixtiyoriga
o‘tadi. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, mazkur komissiya tugatuvchi
mustaqil huquq subyekti bo‘lib hisoblanmaydi. U faqat tugatish
jarayonida kreditorlar, qarzdorlar, davlat hokimiyati organlari va boshqa
shaxslar bilan munosabatga kirishib, tugatilayotgan yuridik shaxs
nomidan harakat qiladi.
Tugatish komissiyasi tugatilayotgan yuridik shaxs nomidan sudda
ishtirok etadi. Tugatish komissiyasi tugatilayotgan yuridik shaxs hisob
varaqlari ochilgan bankka tugatish komissiyasining ruxsatisiz hisobdan
foydalanmaslik to‘grisida ariza yuboradi. Mana shu arizaga ko‘ra bank
tugatilayotgan korxona hisobi bo‘yicha keyinchalik yuborilayogan ijro va
boshqa hujjatlarni qabul qilishni to‘xtatadi. Tugatish komissiyasi barcha
kreditorlarni aniqlash va debitorlik qarzlarini undirish, shuningdek
yuridik shaxs tugatilayotganligi haqida kreditorlarni yozma xabardor
qilish choralarini ko‘rish lozim. Debitorlik qarzlarini undirish maqsadida
qarzdorlarga talab qo‘yishlari zarur. Agar qarzlarni qaytarish rad qilinsa
tegishli da’vo bilan sudga murojaat etish kerak. O‘zbekiston Respublikasi
96
“Buxgalteriya hisobi to‘grisida”gi qonuning 21- moddasiga muvofiq
yuridik shaxs tugatilayotgan taqdirda moliyaviy hisobot tuziladi.
Agarda yuridik shaxs sud tartibida tugatilayotgan bo‘lsa, sud uning
muassislari va ishtirokchilari yoki vakolatli organga o‘z burchlarini to‘gri
bajarish mas’uliyatini yuklaydi. Ularning burchlari tugatishni sud
qarorida belgilangan muddatda va tartibda amalga oshirishi lozim xolos.
Lekin sud qarori to‘gri va lozim darajada bajarilmagan bo‘lsa, sud
tugatish komissiyasini tuzadi yoki tugatuvchini tayinlab, unga tugatishni
amalga oshirish vazifalarini yuklaydi. Masalan, etkazilgan zarar zarar
etkazishni davom ettirayotgan korxona, inshootdan foydalanish yoxud
boshqa ishlab chiqarish faoliyatining oqibati bo‘lsa, sud javobgarga
zararni qoplashdan tashqari tegishli faoliyatni to‘xtatib turish yoki
tugatish majburiyatini yuklashga haqli. (FKning 986-moddasi 2- qismi)
Bu chora tadbirlar tugatish jarayonining boshlangich, birinchi bosqichini
tashkil etadi.
Tugatish jarayonining avvalida tugatish komissiyasi (tugatuvchi)
yuridik shaxsning barcha kreditorlarini aniqlash ishlarini olib boradi.
Uning asosiy mazmunini kreditorlarning mavjud talablarini aniqlash va
ularni qondirish tashkil etadi. Buning uchun yuridik shaxsni tugatish
to‘grisida qaror qabul qilgan yuridik shaxs muassislari (ishtirokchilari)
yoki vakolatli organ bu haqda yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan
o‘tkazuvchi organga darhol yozma xabar berishi lozim. SHuningdek,
yuridik shaxs o‘zining tugatilayotganligi haqida matbuot organlari orqali
e’lon qilib, unda kreditorlari tomonidan talablarini bayon qilish tartibi va
muddatini belgilab qo‘yadi. Bu muddat tugatish haqida xabar e’lon
qilingan paytdan boshlab ikki oydan kam bo‘lishi mumkin emas.
Yuqorida aytib o‘tilgan ushbu tadbirlar ham avvalo kreditorlar
manfaatlarining himoyasiga qaratilgan. Chunki yuridik shaxs tugatilgach,
qolgan molmulk uning ta’sischilari va a’zolari o‘rtasida taqsimlanib,
ularning xususiy mulkiga aylanishi mumkin.
Kreditorlar talablarini qanoatlantirish tugatishning muhim bir
bosqichlaridan hisoblanadi. SHuning uchun, O‘zbekiston Respublikasi
Fuqarolik kodeksining 55-moddasida tugatish komissiyasini vazifasi
sifatida ikkinchi bosqichda kreditorlarni aniqlash va debitorlik qarzlarini
97
olish choralarini ko‘rish, shuningdek kreditorlarni yuridik shaxsning
tugatilishi haqida yozma xabardor qilishi kerakligi mustahkamlangan.
Amaliyotda qarzdorning majburiyatini bajarish muddati boshlanmagan
bo‘lsa, ular o‘rtasida muammo paydo bo‘lishi mumkin. Mazkur holatda
tugatiluvchi yuridik shaxs o‘zining tugatilayotganligini asos qilgan holda,
qarzdorlaridan o‘z majburiyatlarini bajarishlarini talab qilishga haqli
emas. Ular bu majburiyatni tugatish muddatini belgilash chogida hisobga
olishlari kerak edi. Mavjud vaziyatdan qutilishning birdanbir yo‘li
tugatiluvchi yuridik shaxs qarzdori bilan kelishuvga erishib, unga
nisbatan qo‘yiluvchi talabni boshqa shaxs hisobiga bajarishi haqida
kelishuvga erishish mumkin.
Kreditorlar tomonidan talablarni qo‘yish uchun belgilangan muddat
tamom bo‘lganidan keyin yuridik shaxsni tugatish to‘grisida qaror qabul
qilgan yuridik shaxs muassislari va ishtirokchilari hamda davlat
ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ bilan kelishilgan holda, tugatish
komissiyasi oraliq tugatish balansini tuzadi. Balansda tugatilayotgan
yuridik shaxs molmulkining tarkibi, kreditorlar qo‘ygan talablar ro‘yxati,
shuningdek ularni qo‘rib chiqish natijalari to‘grisidagi ma’lumotlar qayd
etiladi. Oraliq tugatish balansi yuridik shaxsni tugatish to‘grisida qaror
qabul qilgan yuridik shaxs muassislari (ishtirokchilari) yoki organ
tomonidan yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ bilan
kelishgan holda tasdiqlanadi. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ
balansning to‘griligini, asoslantirilganligini nazorat qilishi zarur. Agar
tugatilayotgan yuridik shaxs (muassasalardan tashqari) ixtiyoridagi pul
mablaglari kreditorlarning talablarini qondirish uchun etarli bo‘lmasa,
tugatish komissiyasi yuridik shaxsning mol mulkini kim oshdi savdosi
orqali sud qarorlarini ijro etish uchun belgilangan tartibda sotadi va
qarzlarini to‘lash uchun ishlatadi. Ya’ni qarzlarni to‘lash bo‘yicha
kreditorlar talablari endi mazkur yuridik shaxsning mol-mulkiga
qaratilishi mumkin. Bu tugatish jarayonining uchinchi bosqichiga xos
xususiyatdir.
Agarda oraliq balansini belgilash chogida tugatiluvchi korxonaning
molmulki etarli emasligi aniqlansa, bunday yuridik shaxs faqat bankrotlik
yo‘li bilan tugatiladi. Bankrotlik choratadbirlari majmuasi barcha tijorat
98
va notijorat tashkilotlari uchun tadbiq etilishi mumkin. Tugatish jarayoni
olib borilayotgan vaqtda ham, tugatish komissiyasi yoki tugatuvchi
tomonidan yuridik shaxsning nochorligi (bankrotligi) aniqlansa, unga
nisbatan bankrot bo‘lganlikka doir ish yuritishni qo‘zgatishga asos
bo‘ladi. Uning tugatilish jarayonida ekanligi ish yuritishni qo‘zgatishga
to‘sqinlik qila olmaydi. Bankrotlikka uchragan tadbirkorlik yurituvchi
subyektlarni
tugatish
tartibi
va
xususiyatlari
O‘zbekiston
Respublikasining yangi taxrirdagi To’lovga qobiliyatsizlik to’grisidagi
12.04.2022 yildagi O‘RQ-763-son qonuni bilan belgilanadi. Ushbu
Qonunning 3 moddasiga ko‘ra bankrot — sudning qaroriga asosan
to‘lovga qobiliyatsiz deb topilgan va o‘ziga nisbatan tugatishga doir ish
yuritish yoki mol-mulkini sotish tartib-taomili qo‘llaniladigan qarzdor;
Dostları ilə paylaş: |