Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti z. O. Kuvandikov



Yüklə 1,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/130
tarix17.05.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#115347
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   130
Tadbirkorlik biznes huquqi O\'quv qo\'llanma Z O Kuvandikov Samarqand

 
Nazorat savollari: 
1. Tadbirkorlik subyektini qayta tashkil etish usullarini sanab o‘ting.
2. Tadbirkorlik subyektini qayta tashkil etish tartibi nimalardan 
iborat?
3. Tadbirkorlik subyektini tugatish asoslariga nimalar kiradi?
4. Tadbirkorlik subyekti qachondan boshlab tugatilgan hisoblanadi? 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


101 
4 BOB. TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINING BANKROTLIGI 
 
1. 
Bankrotlik tushunchasi va uning normativ huquqiy asoslari.
2. 
Sudgacha sanatsiya qilish, kuzatuv va sud sanatsiyasi.
3. 
Tashqi boshqaruv.
4. 
Bankrotlik to`g`risidagi ishni sudda ko`rishga tayyorlash, uni 
hal etish.
5. 
Qarzdor yuridik shaxslar ayrim toifalarining bankrotligi 
xususiyatlari.
6. 
Yakka tartibdagi tadbirkor bankrotligining xususiyatlari.
7. 
Bankrotlikning soddalashtirilgan taomillari.
Mavzuni mustaxkamlash uchun savollar  
Bobni o‘zlashtirish uchun testlar  

1. Bankrotlik tushunchasi va uning normativ huquqiy asoslari 
Bankrotlik, (ital. — singan kursi), sinish — fuqaro, korxona, firma 
yoki bankning mablagʻi yetishmasligidan oʻz majburiyatlari boʻyicha 
qarzlarni toʻlashga qurbi yetmasligi; qarzdorning majburiyatlari mol-
mulkidan oshib ketganligi sababli tovar (ishlar, xizmatlar) ga haq toʻlash 
yuzasidan kreditorlarning talablarini qondirishga qodir emasligi, 
shuningdek byudjetga va boshqa fondlarga majburiy toʻlovlarni 
taʼminlashga qodir emasligi tushuniladi. B., odatda, korxonaning 
yopilishiga olib keladi. Chunki qarz (kredit) beruvchining talabini 
qondirish uchun mol-mulkini sotishdan oʻzga chorasi qolmaydi. Iqtisodiy 
inqirozlar davrida kasodga uchragan korxonalarning soni keskin oshib 
ketadi, uning oqibatida ishsizlik kuchayadi. Sobiq Ittifoq xalq xoʻjaligida 
B. tushunchasi NEPdan keyin isteʼmoldan chiqib ketgan edi, 1987y.dan 
eʼtiboran korxonaning toʻlov qobiliyati yoʻqligi tushunchasi amaliyotga 
kiritildi. B. amalda korxonaning byudjet, bank va mol yetkazib 
beruvchilar oldida oʻz majburiyatlarini bajarishga ojizligini bildiradi. 
Bankrot deb eʼlon qilingan korxonalarga nisbatan qator sanatsiya 
tadbirlari oʻtkaziladi, unga har tomonlama yordam koʻrsatiladi 
(soliqlardan ozod etiladi, qarzlarni toʻlash kechiktiriladi). Bozor 
iqtisodiyoti sharoitida B.ga uchragan korxonalar boshqa korxonalarga 


102 
sotiladi yoki qoʻshib yuboriladi, korxona jamoa aʼzolariga ijaraga beriladi 
va boshqa Korxonalar sudlar, xoʻjalik sudlari qarori bilan bankrot deb 
eʼlon qilinadi. Oʻzbekiston Respublikasida kreditorlarning daʼvolarini 
qondirish maqsadida xoʻjalik yuritish subʼyektlari boʻlmish yuridik va 
jismoniy shaxslarni bankrot boʻlgan deb eʼtirof etish shartlari va tartibi 
OʻzRning 1994-yil 5-mayda qabul qilingan "Bankrotlik toʻgʻrisida" 
Qonunida belgilab berilgan (bu qonun oʻz faoliyatini davlat byudjeti 
mablagʻlari hisobidan amalga oshiradigan korxona, tashkilotlarga 
nisbatan tadbiq etilmaydi). Vladimir Shevsov, Abdurahim Ortiqov.
Professor I.G. Kukukinaning fikricha, toʻlovga layoqatsizlik - bu 
“...tashkilotning qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda qarz 
majburiyatlarini bajara olmaydigan va mustaqil ravishda toʻlov 
qobiliyatini tiklay olmaydigan moliyaviy ahvoli. Agar tashkilot teskari 
ta'sirga ega bo‘lsa, unda qaytarib bo‘lmaydigan to‘lovga layoqatsizlik 
yuzaga keladi". V. G. Zolotogorovning taʼkidlashicha, “... toʻlovga 
layoqatsizlik (bankrotlik) - bu qarzning toʻlovga layoqatsizligi, yuridik 
yoki jismoniy shaxsning mablagʻlar yetishmasligi sababli oʻz qarz 
majburiyatlarini toʻlashdan bosh tortishi. Bu kreditorlarning talablarini 
qoplash uchun mol-mulkni sotish bilan birga faoliyatning yopilishiga yoki 
majburiy tugatishga olib keladi”. Eng aniq ta'rifni professor N. A. 
Breslavtseva bergan. U “...bankrotlik - bu kreditorlar va qarzdor o‘rtasida 
yuzaga kelgan ziddiyatni hal qilishning tsivilizatsiyalangan shakli bo‘lib, 
ma'lum darajada ikkalasining manfaatlariga rioya qilishga imkon beradi, 
chunki bankrotlik protsedurasi tugagandan so‘ng, sobiq qarzdor. 
majburiyatlardan ozod qilinadi va yana tadbirkorlik qilish imkoniyatiga 
ega bo‘ladi va kreditor o‘z navbatida sarflangan mablaglarning bir 
qismini oladi»
30
.
Yuridik va jismoniy shaxslarning, shuningdek yakka tartibdagi 
tadbirkorlarning to‘lovga qobiliyatsizligi sohasidagi munosabatlarni 
tartibga solish, O‘zbekiston Respublikasining 2022 yil 12-apreldagi yangi 
taxrirdagi “To‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisida” gi O‘RQ–763-son Qonuni 
30
Solovieva, A. A. Yuridik shaxslarning to'lovga layoqatsizligi (bankrotligi) tushunchasi va belgilari / A. 
A. Solovieva. - Matn: to'g'ridan-to'g'ri // Yosh olim. - 2018. - No 50 (236). — S. 282-284. — URL:
https://moluch.ru/archive/236/54844/ (kirish sanasi: 30.08.2022).


103 
asosida, va O`zbekiston Respublikasi iqtisodiy prosessual kodeksi 
talablari asosida amalga oshiriladi. Ushbu Qonun 14 bob va 249 
moddadan iborat. Qonunning oxirgi bobi – 2023 yil 1 yanvardan kuchga 
kiradi. Ushbu qonunning 3-moddasida
31
bankrot deb, sudning qaroriga 
asosan to‘lovga qobiliyatsiz deb topilgan va o‘ziga nisbatan tugatishga 
doir ish yuritish yoki mol-mulkini sotish tartib-taomili qo‘llaniladigan 
qarzdor tushunchasi berilgan.
Qonun yuridik va jismoniy shaxslarning, shuningdek yakka 
tartibdagi 
tadbirkorlarning to‘lovga qobiliyatsizligi sohasidagi 
munosabatlarni tartibga soladi. Uning normalari davlat muassasalariga va 
boshqa notijorat tashkilotlariga nisbatan tatbiq etilmaydi, bundan 
matlubot kooperativi yoki ijtimoiy fond shaklidagi faoliyatni amalga 
oshirayotgan yuridik shaxslar mustasno.
Ushbu qonun quyidagi tushunchalarni o‘z ichiga oladi: bankrot, 
to‘lovga qobiliyatsizlik, qasddan to‘lovga qobiliyatsizlikka olib kelish, 
soxta to‘lovga qobiliyatsizlik, kelishuv bitimi, kreditorlar, bir turdagi 
kreditorlar va boshqalar.
Qonun bilan to‘lovga qobiliyatsizlik alomatlari hamda to‘lovga 
qobiliyatsizlik to‘grisidagi ishni ko‘rib chiqadigan organ belgilangan. 
Bunday ish sud tomonidan sudga murojaat etish huquqiga ega bo‘lgan 
shaxsning (organning) arizasi asosida qarzdor yuridik shaxs davlat 
ro‘yxatidan o‘tgan joydagi, shuningdek qarzdor jismoniy shaxs va (yoki) 
yakka tartibdagi tadbirkorning yashash joyidagi sud tomonidan Iqtisodiy 
prostessual kodeksda nazarda tutilgan qoidalar bo‘yicha ko‘rib chiqiladi.
Yuqoridagi qonunning normalari quyidagilarni belgilaydi:
 
to‘lovga 
qobiliyatsizlik 
to‘grisidagi 
ishni 
yuritish 
ishtirokchilarining, kreditorlar yigilishining, jamoat birlashmalarining, 
sud boshqaruvchilarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi;
 
to‘lovga 
qobiliyatsizlik 
tartib-taomillari; 
to‘lovga 
qobiliyatsizlik to‘grisidagi ishlarni sudda ko‘rib chiqish tartibi; to‘lovga 
qobiliyatsizlik to‘grisidagi ishda qarzdor rahbarining va boshqa 
31
“To’lovga qobiliyatsizlik to’grisida” O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 12.04.2022 yildagi
O‘RQ-763-son


104 
shaxslarning javobgarligi; kelishuv bitimini tuzish tartibi; qarzdor yuridik 
shaxslarning ayrim toifalari to‘lovga qobiliyatsizligining o‘ziga xos 
xususiyatlari;
 
jismoniy shaxsning to‘lovga qobiliyatsizligi.
Mazkur qonunning 7-moddasiga ko‘ra, qarzdor pul majburiyatlarini 
bajarmaganligi munosabati bilan unga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik 
to‘grisida ish qo‘zgatish haqidagi ariza bilan sudga murojaat etish 
huquqiga qarzdorning o‘zi va kreditor ega.
Qarzdor va kreditor to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisida ish qo‘zgatish 
haqidagi arizada qarzdorning to‘lov qobiliyatini tiklashga yoxud 
tugatishga doir ish yuritish tartib-taomillarini qo‘llash zarurligini 
ko‘rsatishi mumkin.
Qarzdor soliqlar va yigimlar bo‘yicha majburiyatlarini 
bajarmaganligi munosabati bilan unga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik 
to‘grisida ish qo‘zgatish haqidagi ariza bilan sudga murojaat etish 
huquqiga qarzdorning o‘zi, davlat soliq xizmati organlari, shuningdek 
ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi bo‘lgan yoki pul 
majburiyatlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi oldida qarzi bo‘lgan 
yuridik shaxslarga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi ishlar 
bo‘yicha vakolatli davlat organi va uning hududiy boshqarmalari ega 
bo‘ladi.
Qarzdor bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari ushbu qonunning 8-
moddasiga asosan sudga murojaat qilishga xamda mazkur qonunning 5-
moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan alomatlar mavjud bo‘lganda 
qarzdor to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisida ish qo‘zgatish haqidagi ariza 
bilan sudga murojaat etishga haqliligi belgilangan. Agar ushbu Qonunda 
boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, qarzdor yuridik shaxs o‘z 
muassislarining (ishtirokchilarining) yoki molmulki egasining qarori 
yoxud mol-mulkining egasi tomonidan vakil qilingan organning qarori 
asosida qarzdorga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisida ish 
qo‘zgatish haqidagi ariza bilan sudga murojaat etadi.
Bankrotlik holatiga tushgan tadbirkorlik subyektlari o‘zlarining 
to‘lovga qobiliyatsizlik ekanini qonuniy asoslash maqsadida O‘zbekiston 
Respublikasining itisodiy sudiga murojaat qilishga haqlidir.


105 
Iqtisodiy prostessual kodeksga asosan iqtisodiy sudlar buyruq 
tartibidagi, da’vo ishini yuritishga oid va alohida toifadagi ishlarni ko‘rib 
chiqish tartibini belgilaydi. Iqtisodiy sudlar agarda
O‘zbekiston 
Respublikasining xalqaro shartnomasida yoki O‘zbekiston Respublikasi 
qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan 
bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalarini qo‘llashga haqlidirlar (1-modda 

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin