Sud sanastiyasi tartib-taomilini joriy etish haqida sudga murojaat
etish to‘grisidagi iltimosnoma bilan kreditorlarning yigilishiga murojaat
qilgan shaxslar mazkur iltimosnomani va unga ilova qilinadigan
hujjatlarni kreditorlarga bu hujjatlar bilan tanishish imkoniyatini berish
maqsadida kreditorlarning yigilishi o‘tkaziladigan sanaga kamida ikki
hafta qolganida muvaqqat boshqaruvchiga taqdim etishi shart.
Qarzdor muassislarining (ishtirokchilarining) yoki qarzdor mol-
mulki egasining sud sanastiyasi tartib-taomilini joriy etish haqidagi
iltimosnomasiga sud sanastiyasining rejasi, qarzni to‘lash jadvali,
qarzdorning
muassislari
(ishtirokchilari)
umumiy
yigilishining
bayonnomasi ilova qilinishi kerak. Mazkur umumiy yigilishning
bayonnomasida sud sanastiyasi tartib-taomilini joriy etish uchun ovoz
bergan muassislar (ishtirokchilar) ro‘yxati hamda bu shaxslar tomonidan
qarzni to‘lash jadvalining bajarilishini ta’minlashga oid hujjatlar
ko‘rsatilishi kerak.
Uchinchi shaxsning (shaxslarning) sud sanastiyasi tartib-taomilini
joriy etish to‘grisidagi iltimosnomasiga qarzni to‘lash jadvali va
qarzdorning qarzni to‘lash jadvalini bajarishi uchinchi shaxs (shaxslar)
tomonidan ta’minlanishiga oid hujjatlar ilova qilinishi kerak.
Sud sanastiyasi tartib-taomilini joriy etish haqida sudga murojaat
qilish to‘grisida kreditorlarning yigilishiga ushbu moddaning birinchi
qismida nazarda tutilgan shaxslar iltimosnoma bilan murojaat etgan
taqdirda qarzdorning qarzni to‘lash jadvalini bajarishi bu shaxslarning har
biri tomonidan ta’minlanishi ular o‘rtasidagi bitimga binoan belgilanadi.
Qarzdor tomonidan majburiyatlarni qarzni to‘lash jadvaliga
muvofiq bajarishni ta’minlash - qarzdor tomonidan majburiyatlarni qarzni
to‘lash jadvaliga muvofiq bajarish qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda
ta’minlanishi mumkin.
124
Qarzdorning qarzni to‘lash jadvalini bajarish bo‘yicha
majburiyatlari sud sanastiyasi tartib-taomilini joriy etish haqida sud ajrim
chiqargan paytdan e’tiboran ta’minlangan deb hisoblanadi.
Majburiyatlarni bajarish ta’minoti berilganligi to‘grisidagi bitim,
agar qonunda boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, yozma shaklda
tuziladi. Kreditorlar tarafidan mazkur bitimni kreditorlar yigilishining
yoki kreditorlar qo‘mitasining vakili, sudning tashabbusi bilan sud
sanastiyasi tartib-taomili joriy etilgan taqdirda esa sanastiya qiluvchi
boshqaruvchi, boshqa tarafdan — qarzdorning majburiyatlarni qarzni
to‘lash jadvaliga muvofiq bajarishi ta’minotini bergan shaxslar (bundan
buyon matnda majburiyatlarni bajarish ta’minotini bergan shaxslar deb
yuritiladi) imzolaydi.
Majburiyatlarni bajarishning berilgan ta’minoti miqdori qarzdor
majburiyatlarining sud sanastiyasi tartib-taomilini joriy etish haqidagi
masala yuzasidan kreditorlarning yigilishi o‘tkazilishi oldidan oxirgi
hisobot sanasidagi holatga ko‘ra balansda aks ettirilgan va kreditorlarning
talablari reestriga kiritilgan talablar asosida tuzilgan qarzni to‘lash
jadvalidagi miqdoridan kamida yigirma foiz ortiq bo‘lishi kerak.
Qarzdorga mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida
tegishli bo‘lgan mol-mulk, shu jumladan mulkiy huquqlar qarzdorning
qarzni to‘lash jadvalini bajarish ta’minotining predmeti bo‘lishi mumkin
emas.
Qarzni to‘lash jadvaliga o‘zgartishlar kiritilganligi, shuningdek
qarzdorga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlikning yangi tartib-taomili joriy
etilganligi majburiyatlarni bajarishning berilgan ta’minotini tugatish
uchun asos bo‘lmaydi.
Sud sanastiyasi tartib-taomilini joriy etish tartibi - sud sanastiyasi
tartib-taomili sud tomonidan kreditorlar yigilishining qarori asosida joriy
etiladi, bundan ushbu Qonun 92-moddasining uchinchi qismida nazarda
tutilgan hollar mustasno.
Sudning sud sanastiyasi tartib-taomilini joriy etish to‘grisidagi
ajrimida sud sanastiyasi tartib-taomilining muddati ko‘rsatilishi, unda sud
tomonidan tasdiqlangan qarzni to‘lash jadvali, majburiyatlarni bajarish
ta’minotini bergan shaxslar haqidagi, bunday ta’minotning miqdori va
125
shakllari to‘grisidagi sanastiya qiluvchi boshqaruvchini tayinlash hamda
unga to‘lanadigan haq miqdori haqidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak.
Sudning sud sanastiyasi tartib-taomilini joriy etish to‘grisidagi
ajrimi ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin. Mazkur
ajrim ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) uning ijrosini to‘xtatib
qo‘ymaydi.
Sud sanastiyasi tartib-taomili ko‘pi bilan yigirma to‘rt oy muddatga
joriy etiladi. Sud sanastiyasi tartib-taomilini joriy etish oqibatlari - sud
sanastiyasi tartib-taomili o‘tkazilayotganda qarzdorning boshqaruv
organlari o‘z vakolatlarini ushbu bobda belgilangan cheklovlar bilan
amalga oshiradi.
Sud sanastiyasi tartib-taomili joriy etilgan paytda:
kreditorlarning talablarini ta’minlash bo‘yicha ilgari qabul
qilingan choralar bekor qilinadi;
qarzdorning mol-mulkini xatlash va qarzdorga nisbatan uning
o‘ziga tegishli mol-mulkni tasarruf etish borasidagi vakolatlarini
boshqacha tarzda cheklovlar faqat to‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomili
doirasida joriy etiladi;
to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi ish jarayonida yuzaga
keladigan barcha turdagi joriy soliq to‘lovlarini (bundan ish haqi va unga
tenglashtirilgan to‘lovlar bo‘yicha soliqlar mustasno) to‘lash to‘xtatib
turiladi va sud sanastiyasi tartib-taomili jarayonining muddati
yakunlangach to‘lanadi.
Bunday holda sud sanastiya qiluvchi boshqaruvchining hisobotini
tasdiqlagan va qarzdorga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi
ishni tugatish haqida ajrim chiqargan sanadan e’tiboran mazkur soliq
qarzlari olti oy ichida teng miqdorda bo‘lib-bo‘lib to‘lanadi; sud
sanastiyasi tartib-taomili paytida yuzaga kelgan pul majburiyatlarini va
(yoki) soliqlar hamda yigimlar bo‘yicha majburiyatlarini bajarmaganlik
yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun neustoyka (jarima, penya) va
boshqa iqtisodiy (moliyaviy) sankstiyalar, shuningdek to‘lanishi lozim
bo‘ladigan foizlar qo‘llanilmaydi.
Qarzni to‘lash jadvaliga muvofiq qanoatlantirilishi lozim bo‘lgan
pul majburiyatlari yoki soliqlar hamda yigimlar bo‘yicha kreditorning
126
talablari summasiga, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining
327-moddasida nazarda tutilgan tartibda va miqdorda foizlar hisoblanadi.
Bu foizlar sud sanastiyasini joriy etish haqida sud ajrim chiqargan paytdan
e’tiboran va kreditorning talabini qanoatlantirish paytigacha, agar bunday
qanoatlantirish ro‘y bermasa, — unda qarzdorni bankrot deb topish va
tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘grisida qaror qabul qilish
paytigacha kreditorning talablari summasiga qo‘shib yozilishi lozim.
Kreditorlar yigilishining, majburiyatlarni bajarish ta’minotini
bergan shaxslarning yoki sanastiya qiluvchi boshqaruvchining
qarzdorning rahbari sud sanastiyasi rejasini bajarmaganligi yoxud lozim
darajada bajarmaganligi haqidagi yoki qarzdorning rahbari qarzdorning,
kreditorlarning, majburiyatlarni bajarish ta’minotini bergan shaxslarning
huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzadigan harakatlar (harakatsizlik)
sodir etganligi to‘grisidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan
iltimosnomasiga binoan sud qarzdorning rahbarini o‘z vazifasini
bajarishdan chetlashtirishga haqlidir. Bunday hollarda sud qarzdorning
rahbari vazifasini bajarishni sanastiya qiluvchi boshqaruvchining
zimmasiga yuklatishga haqli. Sud qarzdorning rahbarini o‘z vazifasini
bajarishdan chetlashtirish haqida ajrim chiqaradi, bu ajrim ustidan
shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin.
Qarzdorning muassislari (ishtirokchilari) yoki qarzdor mol-
mulkining egasi kreditorlar yigilishining yoxud kreditorlar qo‘mitasining
roziligisiz qarzdorni qayta tashkil etish (qo‘shib yuborish, qo‘shib olish,
bo‘lish, ajratib chiqarish, o‘zgartirish) va tugatish to‘grisida qaror qabul
qilishga, qarzdor esa quyidagi bitimlarni tuzishga haqli emas: ko‘chmas
mol-mulkni ijaraga, garovga berish, mazkur mol-mulkni xo‘jalik
jamiyatlari hamda mas’uliyati cheklangan va qo‘shimcha mas’uliyatli
jamiyatlarning ustav fondiga (ustav kapitaliga) ulush sifatida qo‘shish
yoki bunday mol-mulkni boshqacha usulda tasarruf etish bilan bogliq
bitimlar; yirik bitimlar; zayomlar (kreditlar) olish va berish, kafillik
berish, talab qilish huquqlaridan o‘zganing foydasiga voz kechish, qarzni
boshqa shaxsga o‘tkazish, shuningdek qarzdorning mol-mulkini ishonchli
boshqarish shartnomasini tuzish bilan bogliq bitimlar; sanastiya qiluvchi
127
boshqaruvchi yoki kreditorlar muayyan bitimlarning tuzilishidan
qonunchilikda belgilangan tartibda manfaatdor bo‘ladigan bitimlar.
Sudning sud sanastiyasi tartib-taomilini joriy etish haqidagi ajrimi
qarzdor to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi ish qo‘zgatilguniga qadar
tuzgan shartnomalarni bajarishni to‘xtatish yoki ularni bajarishni rad etish
uchun asos bo‘la olmaydi. Qarzdorga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik
to‘grisidagi ish qo‘zgatilguniga qadar tuzilgan, qarzdorning faoliyatini
davom ettirish uchun muhim hisoblangan shartnomalarning bajarilishi
qarzdor yoki sanastiya qiluvchi boshqaruvchi tomonidan davom ettiriladi.
Bunday holda qarzdor tomonidan tuzilgan shartnomalarning
bajarilishini qarzdorga nisbatan sud sanastiyasi tartib-taomili joriy
etilganligi munosabati bilan to‘xtatish yoki ularni bajarishni rad etish
bo‘yicha taraflarning kelishuvlari haqiqiy emas deb hisoblanadi, bundan
ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno.
Sanastiya qiluvchi boshqaruvchi va kreditorlar qarzdorning
bitimlarini qonunchilikda belgilangan tartibda haqiqiy emas deb topishni
talab qilish huquqiga ega. Sanastiya qiluvchi boshqaruvchi va kreditorlar
to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisida ish qo‘zgatilganidan keyin
yoki
qarzdorga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisida ish qo‘zgatish
haqida ariza berilishidan oldingi yigirma to‘rt oy ichida tuzilgan hamda
butunlay yoki qisman bajarilmagan shartnomalarni bekor qilishni
quyidagi holatlardan biri mavjud bo‘lgan taqdirda talab qilish huquqiga
ega: shartnomalarni bajarish qarzdorga zarar etkazsa va (yoki) qiyosiy
holatlarda tuziladigan xuddi shunday shartnomalarga nisbatan
qarzdorning, kreditorlarning, qarzdor majburiyatlarining bajarilishini
ta’minlovchi shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzsa;
shartnoma bir yildan ortiq muddatga tuzilgan yoxud qarzdor uchun faqat
uzoq istiqbolda ijobiy natijalar olishga mo‘ljallangan bo‘lsa; shartnoma
bir kreditorning talablarini boshqa kreditorlar talablariga nisbatan
afzalroq qanoatlantirishga olib kelsa.
To‘liq yoki qisman bajarilmagan shartnomalar bo‘yicha
shartnomalarni bekor qilish haqidagi talab qarzdorning to‘lov qobiliyatini
tiklashga monelik qiladigan boshqa holatlarda ham bildirilishi mumkin.
128
Sanastiya
qiluvchi
boshqaruvchi
-
sanastiya
qiluvchi
boshqaruvchilikka nomzod kreditorlarning yigilishi yoki majburiyatlarni
bajarish ta’minotini bergan shaxslar tomonidan sudga taqdim etiladi.
Sanastiya qiluvchi boshqaruvchi sud sanastiyasi tartib-taomili joriy
etilgan paytdan e’tiboran va sud sanastiyasi tartib-taomili tugaguniga yoki
muddatidan ilgari tugatilguniga qadar faoliyat yuritadi.
Sanastiya qiluvchi boshqaruvchi o‘z arizasiga ko‘ra yoki kreditorlar
yigilishining yoxud majburiyatlarni bajarish ta’minotini bergan
shaxslarning iltimosnomasiga binoan, shuningdek ushbu Qonunda
nazarda tutilgan boshqa hollarda sud tomonidan ozod qilinishi mumkin.
Sudning sanastiya qiluvchi boshqaruvchini o‘z vazifasidan ayni bir
paytda yangi sanastiya qiluvchi boshqaruvchini tayinlagan holda ozod
qilish to‘grisidagi ajrimi ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi)
mumkin. Mazkur ajrim ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi)
uning ijrosini to‘xtatib qo‘ymaydi.
Sud sanastiyasi tartib-taomili paytida qarzdorning to‘lov qobiliyati
tiklanishi munosabati bilan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi ish
yuritishning tugatilishi sanastiya qiluvchi boshqaruvchining huquq va
majburiyatlari tugashiga sabab bo‘ladi. Agar tashqi boshqaruv tartib-
taomilini joriy etish haqida sud tomonidan ajrim chiqarilgan yoki
qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash
to‘grisida qaror qabul qilingan bo‘lsa, shuningdek boshqa shaxs tashqi
boshqaruvchi yoki tugatuvchi boshqaruvchi etib tayinlangan bo‘lsa,
sanastiya qiluvchi boshqaruvchi ishlar tashqi boshqaruvchiga yoki
tugatuvchi boshqaruvchiga o‘tkaziladigan paytga qadar o‘z vazifalarini
bajarishni davom ettirib turadi.
Sanastiya qiluvchi boshqaruvchining huquqlari - sanastiya qiluvchi
boshqaruvchi quyidagilarga haqli: qarzdorning rahbaridan qarzdorning
joriy faoliyati, sud sanastiyasi rejasida nazarda tutilgan tadbirlarning
amalga oshirilishi hamda qarzni to‘lash jadvalining bajarilishi jarayoni
haqida axborot talab qilishga; qarzdorning rahbaridan kreditorlarning
talablarini qanoatlantirish uchun pul mablaglari o‘z vaqtida va to‘liq
o‘tkazilishini talab qilishga; qarzdor mol-mulk inventarizastiyasini
o‘tkazgan taqdirda unda ishtirok etishga; kreditorlarning joriy talablari
129
qarzdor tomonidan o‘z vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni amalga
oshirishga; ushbu Qonun 96-moddasining beshinchi qismida nazarda
tutilgan hollarda qarzdorning bitimlari va qarorlarini kelishib olishga
hamda mazkur bitimlar va qarorlar haqida kreditorlarga axborot taqdim
etishga; ushbu Qonunning 63, 64 va 65-moddalarida belgilangan tartibda
qarzdorning bitimlarini haqiqiy emas deb topish to‘grisida sudga ariza
berishga; qarzdorning kreditorlar talablarini tan olishga yoki bunday
talablarni aniqlangan deb topish uchun asoslarni tasdiqlashga doir
harakatlari yoxud qarzdorning kreditorlar talablarini ko‘rib chiqish
borasidagi harakatsizligi ustidan ushbu Qonunning 60 va 87-moddalarida
belgilangan hollarda hamda tartibda sudga shikoyat berishga; ushbu
Qonun 96-moddasining to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan hollarda
qarzdorning rahbarini o‘z vazifasini bajarishdan chetlashtirish haqidagi
iltimosnoma bilan sudga murojaat qilishga; qarzdor rahbaridan,
ta’sischilaridan (ishtirokchilaridan) va (yoki) davlat organlaridan
qarzdorga taalluqli bo‘lgan axborotni va hujjatlarni so‘rab olishga; o‘z
vakolatlarini amalga oshirishni ta’minlash uchun davlat xizmatlaridan,
shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi
Davlat xizmatlari agentligi orqali ko‘rsatiladigan xizmatlardan oldindan
to‘lovlarni amalga oshirmasdan foydalanishga; qarzdorning mol-mulki
but saqlanishini ta’minlash yuzasidan qo‘shimcha choralar ko‘rish
to‘grisidagi, shu jumladan mol-mulkni saqlash uchun uchinchi shaxslarga
o‘tkazish, shuningdek bunday choralarni bekor qilish haqidagi
iltimosnoma bilan sudga murojaat qilishga shuningdek, sanastiya qiluvchi
boshqaruvchi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega
bo‘lishi mumkin.
Sanastiya qiluvchi boshqaruvchining majburiyatlari - sanastiya
qiluvchi boshqaruvchi: kreditorlarning talablari reestrini yuritishi; ushbu
Qonunning 12-moddasida nazarda tutilgan hollarda kreditorlarning
yigilishini chaqirishi; qarzdor tomonidan taqdim etilayotgan sud
sanastiyasi rejasi va qarzni to‘lash jadvali bajarilishi jarayoni to‘grisidagi
hisobotlarni ko‘rib chiqishi hamda kreditorlarning yigilishiga tegishli
xulosalarni taqdim etishi; kreditorning talabiga ko‘ra qarzdorning
moliyaviy ahvoli va (yoki) o‘z faoliyati haqidagi axborotni o‘n kunlik
130
muddatda taqdim etishi; sud sanastiyasi rejasi amalga oshirilishining
borishi to‘grisida kreditorlaryigilishiga va (yoki) kreditorlar qo‘mitasiga,
shuningdek, agar qarzdorning ustav fondida (ustav kapitalida) davlat
ulushi bo‘lsa, vakolatli davlat organiga axborot taqdim etishi shart shu
bilan
birga
sanastiya
qiluvchi
boshqaruvchining
zimmasida
qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
Sud sanastiyasi rejasi va qarzni to‘lash jadvali - sud sanastiyasi
rejasi qarzdorning rahbari, qarzdor muassislari (ishtirokchilari) yoki
qarzdor molmulkining egasi tomonidan tayyorlanadi. Sud sanastiyasi
rejasida quyidagilar nazarda tutilishi kerak: qarzdorning to‘lov
qobiliyatini tiklash chora-tadbirlari, mazkur chora-tadbirlarni amalga
oshirish shartlari va tartibi, ularni amalga oshirish xarajatlari hamda
qarzdorning boshqa xarajatlari; qarzni to‘lash jadvali; sud sanastiyasi
rejasini tasdiqlashga qarshi ovoz bergan kreditorning yoki ushbu rejani
tasdiqlash uchun ovoz berish huquqiga ega bo‘lmagan kreditorning
qarzdor tugatilgan taqdirda olishi mumkin bo‘lgan kafolatli tovonning
miqdori va to‘lash muddati va qarzdorning to‘lov qobiliyatini tiklash
davri.
Sud sanastiyasi rejasida qarzdorning to‘lov qobiliyatini tiklash
yuzasidan ushbu Qonunning 125-moddasida nazarda tutilgan chora-
tadbirlar bo‘lishi mumkin. Bularga birinchidan, sud sanastiyasi rejasini
amalga oshirish muddati sudning sud sanastiyasi tartib-taomilini joriy
etish to‘grisidagi ajrimida nazarda tutilgan muddatdan oshishi mumkin
emasligi, ikkinchidan, sud sanastiyasi rejasida qarzni to‘lash jadvaliga
muvofiq kreditorlarning talablarini qanoatlantirish uchun zarur bo‘lgan
mablaglarni sud sanastiyasi jarayonida qarzdor tomonidan olish usullari
nazarda tutilishi kerak va sud sanastiyasi rejasi kreditorlarning yigilishi
tomonidan tasdiqlanishi kerak xamda uchinchidan, sud sanastiyasi
rejasini tasdiqlash haqidagi masala ko‘rib chiqilayotganda ovoz berishda
birinchi va ikkinchi guruh kreditorlari ishtirok etishlari kerak.
Kreditorlar yigilishining sud sanastiyasi rejasini tasdiqlash
to‘grisidagi qarori, agar birinchi va ikkinchi guruhlarning har biridagi
kreditorlarning ko‘pchiligi uni yoqlab ovoz bersa, qabul qilingan deb
hisoblanadi. Bunda ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan va sud sanastiyasi
131
rejasini tasdiqlashga qarshi ovoz bergan kreditor hamda ushbu rejani
tasdiqlash uchun ovoz berish huquqiga ega bo‘lmagan kreditor, qarzdor
tugatilgan taqdirda eng kamida olishi mumkin bo‘lgan kafolatli to‘lovga
teng tovon olish huquqiga ega.
Agar birinchi va ikkinchi guruhlarning har biridagi kreditorlar sud
sanastiyasi rejasini tasdiqlash haqida qaror qabul qilmasa, shuningdek
ovoz berish chogida guruhlardan biridagi kreditorlarning zarur
miqdordagi ovozi to‘planmasa, qarzdorni bankrot deb topish va
tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘grisidagi iltimosnoma bilan
sudga murojaat qilish haqida qaror qabul qilinadi.
Sud sanastiyasi rejasida qarzdorning ustav fondini (ustav kapitalini)
kamaytirish, ushbu Qonunning 130-moddasiga muvofiq qarzdorning
qo‘shimcha emissiyaviy akstiyalarini chiqarish va joylashtirish, ustav
fondiga (ustav kapitaliga) qo‘shimcha ulush
kiritish
hamda
kreditorlarning talablarini akstiyalarga ayirboshlash nazarda tutilishi
mumkin.
Sud sanastiyasi rejasida qarzdorning korxonasi (biznesi) yoki
qarzdor mol-mulkining bir qismi ushbu Qonunning 126 va 127-
moddalarida nazarda tutilgan tartibda sotilishi nazarda tutilishi mumkin.
Sud sanastiyasi rejasini tasdiqlashga qarshi ovoz bergan kreditorlar o‘z
huquqlarini himoya qilish maqsadida ekspertlarni: sud sanastiyasi rejasini
tasdiqlashga qarshi ovoz bergan kreditor hamda ushbu rejani tasdiqlash
uchun ovoz berish huquqiga ega bo‘lmagan kreditor, qarzdor tugatilgan
taqdirda, eng kamida olishi mumkin bo‘lgan kafolatli to‘lovga teng tovon
olish huquqiga ega bo‘lishini; sud sanastiyasi rejasining muvaffaqiyatli
bajarilish imkoniyati mavjudligini; kreditorlarning boshqa kreditorlarga
nisbatan qarzdorning mol-mulki bilan ta’minlangan ustunlik huquqini
tekshirish uchun jalb etishi mumkin.
Agar qarzdor sud sanastiyasi rejasi uchun mol-mulki to‘grisida
noto‘gri yoki chalgituvchi ma’lumotlarni taqdim etgan yoxud o‘z
faoliyatiga va (yoki) ishga taalluqli bo‘lgan axborotni yashirgan bo‘lsa,
kreditorlar yigilishi sud sanastiyasi rejasini bekor qilish va sud sanastiyasi
tartib-taomilini muddatidan ilgari tugatish hamda sudga tashqi boshqaruv
tartib-taomilini joriy etish yoki qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga
132
doir ish yuritishni boshlash haqida iltimosnoma kiritish to‘grisida qaror
qabul qilishi mumkin.
Sud kreditorlar yigilishining iltimosnomasi asosida sud sanastiyasi
tartib-taomilini muddatidan ilgari tugatish hamda tegishincha tashqi
boshqaruvni joriy etish haqida ajrim chiqaradi yoki qarzdorni bankrot deb
topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘grisida qaror qabul
qiladi. Qarzdorning boshqaruv organi va sanastiya qiluvchi boshqaruvchi
sud sanastiyasining tasdiqlangan rejasi amalga oshirilishi uchun
mas’uldir.
Kreditorlar yigilishi va (yoki) kreditorlar qo‘mitasi sanastiya
rejasining bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi. Kreditor
sanastiya qiluvchi boshqaruvchidan sud sanastiyasi rejasining bajarilishi
bilan bogliq bo‘lgan har qanday ma’lumotni so‘rab olishga haqlidir. Sud
sanastiyasi rejasida qarzdorni qarzlardan to‘liq yoki qisman ozod qilish
yoxud ularni o‘zgartirish nazarda tutilishi mumkin. Qarzdorni qarzlardan
to‘liq yoki qisman ozod qilish yoxud ularni o‘zgartirish barcha
kreditorlarning roziligi bilan amalga oshiriladi.
Agar biror-bir kreditor qarzdorning qarzlardan to‘liq yoki qisman
ozod etilishiga yoki ularning o‘zgartirilishiga qarshi bo‘lsa, qolgan
kreditorlar unga talabni kreditorlarning talablari reestriga muvofiq sotib
olish bo‘yicha taklif berishga haqli.
Qarzdorning qarzlardan to‘liq yoki qisman ozod qilinishiga yoki
ularning o‘zgartirilishiga qarshi bo‘lgan kreditor qolgan kreditorlar
tomonidan taklif etilgan shartlarni qabul qilishi shart. Qarzni to‘lash
jadvali, agar ushbu Qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa,
barcha kreditorlar oldidagi qarzning to‘lanishini nazarda tutishi kerak.
Qarzni to‘lash jadvali sud tomonidan tasdiqlanishi lozim.
Qarzdorning sud sanastiyasi tartib-taomili jarayonida yuzaga kelgan
joriy to‘lovlar bo‘yicha kreditorlarning talablarini qanoatlantirish ushbu
Qonunning 149, 150 va 185-moddalarida belgilangan tartibda amalga
oshiriladi.
Qarzdor qarzni to‘lash jadvalini muddatidan ilgari bajarishga
haqlidir. Sud sanastiyasi rejasiga va qarzni to‘lash jadvaliga o‘zgartishlar
kiritish qarzdor sud sanastiyasi rejasini va (yoki) qarzni to‘lash jadvalini
133
bajarmagan taqdirda (qarz belgilangan muddatlarda va (yoki) belgilangan
hajmlarda to‘lanmaganda), u qarzni to‘lash jadvaliga kiritish
mo‘ljallanayotgan o‘zgartishlarni ma’qullash to‘grisidagi iltimosnoma
bilan kreditorlarga talablarni bajarish sanasi boshlangan vaqtdan e’tiboran
ikki hafta muddat ichida murojaat qilishga haqli. Iltimosnomaning
ko‘chirma nusxasi sanastiya qiluvchi boshqaruvchiga yuboriladi.
Sanastiya qiluvchi boshqaruvchi iltimosnoma olingan paytdan e’tiboran
ikki haftadan kechiktirmay ushbu iltimosnoma asosida kreditorlarning
yigilishini chaqiradi.
Agar kreditorlar sud sanastiyasi rejasini va qarzni to‘lash jadvalini
to‘liq yoki qisman bajarishning imkoni mavjud emasligini aniqlasa yoxud
ularni faqat o‘zgartishlar kiritish orqali amalga oshirish imkoni mavjud
deb hisoblasa, sud sanastiyasi rejasiga va qarzni to‘lash jadvaliga sud
o‘zgartish kiritishi mumkin.
Kreditorlar yigilishining sud sanastiyasi rejasiga va (yoki) qarzni
to‘lash jadvaliga o‘zgartishlar kiritish haqidagi qarori ushbu Qonunning
100-moddasida belgilangan tartibda qabul qilinadi.
Agar qarzni to‘lash jadvaliga o‘zgartishlar kiritish to‘grisida qaror
qabul qilinsa, kreditorlarning yigilishi qarzni to‘lash jadvalidagi
o‘zgartishlarni tasdiqlash haqidagi iltimosnoma bilan sudga murojaat
qilish to‘grisida qaror qabul qiladi.
To‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisida ish qo‘zgatilganligi haqida o‘z
vaqtida xabardor qilinmagan va qarzni to‘lash jadvali sud tomonidan
tasdiqlanganidan keyin ishga qo‘shilgan kreditorning talablari yoki ushbu
kreditorning qaysi talablari bo‘yicha majburiyatlarni bajarish muddati
kuzatuv tartib-taomili jarayonida boshlangan bo‘lsa, o‘sha talablari
sudning ajrimiga ko‘ra qarzni uzish jadvaliga kiritiladi.
Sud faqat kreditorlarning talablari reestriga kiritilgan talablarga
nisbatan qarzni to‘lash jadvaliga o‘zgartishlar kiritish to‘grisida ajrim
chiqarishga haqli.
Sud sanastiyasi tartib-taomilining muddatidan ilgari tamomlanishi
Kreditorlarning qarzni to‘lash jadvalida nazarda tutilgan barcha talablari
sud sanastiyasi tartib-taomilining sud tomonidan belgilangan muddati
o‘tishidan oldin qarzdor tomonidan qanoatlantirilgan taqdirda,
134
qarzdorning rahbari sud sanastiyasi tartib-taomili muddatidan ilgari
tamomlanganligi haqida sudga ushbu Qonunning 104-moddasida nazarda
tutilgan tartibda hisobot taqdim etadi. Qarzdor rahbarining sud sanastiyasi
tartib-taomili muddatidan ilgari tamomlanganligi to‘grisidagi hisoboti,
sanastiya qiluvchi boshqaruvchining qarzdor rahbarining hisobotiga doir
xulosasi va kreditorlarning shikoyatlari sud tomonidan majlisda ko‘rib
chiqiladi.
Sanastiya qiluvchi boshqaruvchining talablari qarzni to‘lash
jadvaliga kiritilgan barcha kreditorlarni qarzdor rahbarining sud
sanastiyasi tartib-taomili muddatidan ilgari tamomlanganligi haqidagi
hisobotini ko‘rib chiquvchi sud majlisining sanasi, vaqti va joyi to‘grisida
xabardor qilishi shart.
Qarzdor rahbarining sud sanastiyasi tartib-taomili muddatidan ilgari
tamomlanganligi to‘grisidagi hisobotini, shuningdek kreditorlarning
shikoyatlarini ko‘rib chiqish yakunlari asosida sud:
agar to‘lanmagan qarz mavjud emasligi aniqlansa,
kreditorlarning shikoyatlari esa asossiz deb topilsa, qarzdor rahbarining
hisobotini tasdiqlaydi va to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi ishni
yuritishni to‘xtatadi;
agar to‘lanmagan qarz mavjudligi aniqlansa va kreditorlarning
shikoyatlari asosli deb topilsa, qarzdor rahbarining hisobotini tasdiqlashni
rad etadi.
Qarzdor rahbarining hisobotini tasdiqlash va to‘lovga qobiliyatsizlik
to‘grisidagi ishni yuritishni tugatish haqida yoki mazkur hisobotni
tasdiqlashni rad etish to‘grisida sud ajrim chiqaradi, bu ajrim ustidan
shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin.
Sud sanastiyasi tartib-taomilini muddatidan ilgari tugatish Sud
sanastiyasi tartib-taomilini muddatidan ilgari tugatish uchun quyidagilar
asos bo‘ladi: kreditorlar talablarini qanoatlantirishning qarzni to‘lash
jadvalida belgilangan muddatlari sud sanastiyasi tartib-taomili jarayonida
qarzdor tomonidan bir necha marta yoki bir marta jiddiy ravishda (bir
oydan ortiq muddatga) buzilganligi; qarzdor qarzni to‘lash jadvalini
bajarishga qodir emasligidan dalolat beruvchi holatlarning mavjudligi.
135
Sanastiya qiluvchi boshqaruvchi sud sanastiyasi
tartib-
taomilini muddatidan ilgari tugatish to‘grisidagi iltimosnoma bilan sudga
murojaat qilish haqidagi masalani ko‘rib chiqish uchun kreditorlarning
yigilishini ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan asoslar yuzaga
kelgan paytdan e’tiboran ikki hafta ichida o‘z tashabbusiga ko‘ra yoki
kreditorlar qo‘mitasining qarori asosida chaqirishi shart.
Qarzdorning rahbari kreditorlarning yigilishiga qarzni to‘lash
jadvali va sud sanastiyasi rejasi bajarilishining yakunlari haqida hisobot
taqdim etishi shart. Hisobotga qarzdorning oxirgi hisobot sanasidagi
holatga ko‘ra buxgalteriya balansi, qarzdorning daromadlari (foydasi) va
zararlari to‘grisidagi hisobot, qanoatlantirilgan talablar miqdori
ko‘rsatilgan holda kreditorlarning talablari reestri va kreditorlarning
talablari qanoatlantirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinishi
kerak. Sanastiya qiluvchi boshqaruvchi kreditorlarning yigilishiga
qarzdor rahbarining hisoboti bilan bir vaqtda qarzdor rahbarining hisoboti
yuzasidan o‘z xulosasini taqdim etadi.
Kreditorlarning yigilishi qarzdor rahbarining hisobotini, shuningdek
sanastiya qiluvchi boshqaruvchining mazkur hisobot bo‘yicha xulosasini
ko‘rib chiqish yakunlariga ko‘ra tashqi boshqaruv tartib-taomilini joriy
etish to‘grisida yoki qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish
yuritishni boshlash haqidagi iltimosnoma bilan sudga murojaat etish
to‘grisida qaror qabul qilishga haqli. Kreditorlar yigilishining
iltimosnomasiga kreditorlar yigilishi bayonnomasining ko‘chirma
nusxasi, shuningdek kreditorlar yigilishi tomonidan qabul qilingan
qarorga qarshi ovoz bergan yoki ushbu masala yuzasidan ovoz berishda
ishtirok etmagan kreditorlarning shikoyatlari ilova qilinadi.
Sud tashqi boshqaruv tartib-taomilini joriy etish haqida kreditorlar
yigilishining iltimosnomasi asosida ajrim chiqaradi yoki qarzdorni
bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘grisida
qaror qabul qiladi.
Sud sanastiyasi tartib-taomilining tamomlanishi - sud sanastiyasi
tartibtaomilining belgilangan muddati tugashiga kamida o‘n besh kun
qolganida qarzdorning rahbari o‘tkazilgan sud sanastiyasi tartib-
taomilining natijalari haqida sudga hisobot taqdim etishi shart. Mazkur
136
hisobotga qarzdorning oxirgi sanadagi holatga ko‘ra buxgalteriya balansi,
qarzdorning moliyaviy natijalari to‘grisidagi hisobot, qanoatlantirilgan
talablar miqdori va mazkur qanoatlantirishni tasdiqlovchi hujjatlar,
shuningdek sanastiya qiluvchi boshqaruvchining qarzdor rahbarining
hisobotiga doir xulosasi, qanoatlantirilgan talablar miqdori ko‘rsatilgan
holda kreditorlarning talablari reestri, talablari qanoatlantirilmagan
kreditorlarning shikoyatlari ilova qilinishi kerak. Qarzdor rahbarining sud
sanastiyasi tartibtaomilini o‘tkazish natijalari haqidagi hisoboti va
kreditorlarning shikoyatlari sud tomonidan majlisda ko‘rib chiqiladi.
Sanastiya qiluvchi boshqaruvchi qarzni to‘lash jadvaliga talablari
kiritilgan barcha kreditorlarni qarzdor rahbarining sud sanastiyasi tartib-
taomilini o‘tkazish natijalari haqidagi hisobotini ko‘rib chiquvchi sud
majlisining sanasi, vaqti va joyi to‘grisida xabardor qilishi shart.
Qarzdor rahbarining sud sanastiyasi tartib-taomilini o‘tkazish
natijalari haqidagi hisobotini, shuningdek kreditorlarning shikoyatlarini
ko‘rib chiqish yakunlariga ko‘ra sud: agar to‘lanmagan qarzi mavjud
emasligi aniqlansa, kreditorlarning shikoyatlari esa asossiz deb topilsa,
qarzdor rahbarining hisobotini tasdiqlaydi va to‘lovga qobiliyatsizlik
to‘grisidagi ishni yuritishni to‘xtatish haqida ajrim chiqaradi; agar
to‘lanmagan qarz mavjudligi aniqlansa va kreditorlarning shikoyatlari
asosli deb topilsa, qarzdor rahbarining hisobotini tasdiqlashni rad etadi.
Sud qarzdor rahbarining hisobotini tasdiqlashni rad etgan taqdirda
tashqi boshqaruv tartib-taomilini joriy etish haqida ajrim yoki qarzdorni
bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘grisida
qaror chiqaradi.
Majburiyatlarning ta’minot bergan shaxslar tomonidan bajarilishi -
kreditorlarning ta’minot bergan shaxslardan majburiyatlar bajarilishini
talab qilish huquqi sud sanastiyasi tartib-taomilini tugatish yoki
tamomlash to‘grisida sud ajrim chiqargan paytdan e’tiboran yuzaga
keladi. Majburiyatlarni bajarish ta’minotini bergan shaxslarga nisbatan
talablar kreditorlar yigilishining (kreditorlar qo‘mitasining) vakili yoki
sanastiya qiluvchi boshqaruvchi tomonidan taqdim etiladi.
Majburiyatlarni bajarish ta’minotini bergan shaxslarning
majburiyatlarni bajarishi natijasida olingan pul mablaglari kreditorlar
137
bilan hisob-kitob qilish uchun qarzdorning hisobvaragiga o‘tkaziladi.
Kreditorlar bilan hisob-kitoblar qarzdor tomonidan amalga oshiriladi.
Sanastiya qiluvchi
boshqaruvchi
kreditorlar
talablarining
qanoatlantirilganligi dalillari taqdim etilgan paytdan e’tiboran
kreditorlarning talablari reestriga tegishli yozuvni kiritadi.
Ta’minotdan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarish yakunlari
to‘grisidagi hisobot - kreditorlar bilan hisob-kitoblar tamomlangach yoki
sud tomonidan kreditorlarning talablarini qanoatlantirish uchun
belgilangan muddat o‘tgach, sanastiya qiluvchi boshqaruvchi qarzdorning
majburiyatlarini shaxslar tomonidan ta’minot berilgan holda bajarish
yakunlari to‘grisida sudga hisobot taqdim etishi shart. Sanastiya qiluvchi
boshqaruvchining hisoboti va kreditorlarning shikoyatlari sud tomonidan
majlisda ko‘rib chiqiladi. Hisobotga qo‘yiladigan talablar, shuningdek uni
taqdim etish va ko‘rib chiqish tartibi To‘lovga qobiliyatsizlik to’grisidagi
Qonunning 132 va 133-moddalarida belgilanadi.
Sanastiya qiluvchi boshqaruvchining hisobotini,
kreditorlarning
shikoyatlarini ko‘rib chiqish yakunlariga ko‘ra sud: agar to‘lanmagan
qarz mavjudligi aniqlansa, kreditorlarning shikoyatlari esa asossiz deb
topilsa, sanastiya qiluvchi boshqaruvchining hisobotini tasdiqlaydi va
to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi ish yuritishni tugatish to‘grisida ajrim
chiqaradi; agar qoplanmagan qarz borligi aniqlangan va kreditorlarning
shikoyatlari asosli deb topilgan bo‘lsa, sanastiya qiluvchi
boshqaruvchining hisobotini tasdiqlashni rad etadi hamda tashqi
boshqaruv tartib-taomilini joriy etish haqida ajrim chiqaradi yoxud
qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash
to‘grisida qaror qabul qiladi.
Ta’minot bergan shaxslarning majburiyatlarni bajarmasligi
oqibatlari - majburiyatlarni bajarish ta’minotini bergan shaxslar
tomonidan
shu
ta’minotdan
kelib
chiqadigan
majburiyatlar
kreditorlarning talablarini qanoatlantirish uchun sud belgilagan muddatda
bajarilmagan hamda tashqi boshqaruv tartib-taomilini joriy etish uchun
asoslar mavjud bo‘lmagan taqdirda, sud qarzdorni bankrot deb topish va
tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘grisida qaror qabul qiladi.
138
Majburiyatlarni bajarish ta’minotini bergan shaxslar tomonidan shu
ta’minotdan kelib
chiqadigan
majburiyatlar
kreditorlarning
talablarini qanoatlantirish uchun ushbu moddaning birinchi qismida
belgilangan muddatda bajarilmaganligi qonunchilikka muvofiq ushbu
shaxslarning qarzdorning kreditorlar oldidagi majburiyatlari yuzasidan
solidar yoki subsidiar javobgarligiga sabab bo‘ladi.
Bunday holda to‘lovga qobiliyatsizlikning keyingi tartib-taomili
jarayonida sud boshqaruvchisi sudga ta’minotni bergan shaxslarga
nisbatan da’vo bilan murojaat qilishga haqli.
Dostları ilə paylaş: |