Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti z. O. Kuvandikov


-§. Yakka tartibdagi tadbirkor bankrotligining xususiyatlari



Yüklə 1,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/130
tarix17.05.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#115347
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   130
Tadbirkorlik biznes huquqi O\'quv qo\'llanma Z O Kuvandikov Samarqand

 
5-§. Yakka tartibdagi tadbirkor bankrotligining xususiyatlari
Yuqoridagi qonunning 227-moddasi yakka tartibdagi tadbirkorning 
to‘lovga qobiliyatsizligi belgilangan. Qonunga ko‘ra, agar ushbu bobda 
boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, yakka tartibdagi 
tadbirkorning to‘lovga qobiliyatsizligi bilan bogliq munosabatlarga 
nisbatan mazkur Qonunning 1, 2, 4 va 5-boblari qoidalari qo‘llaniladi.
Ushbu bobning qoidalari avvalgi tadbirkorlik faoliyatidan kelib 
chiqadigan majburiyatlar munosabati bilan yakka tartibdagi tadbirkor 


179 
maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxslarning to‘lovga qobiliyatsizligi 
munosabatlariga nisbatan ham qo‘llaniladi. Qarzdor yakka tartibdagi 
tadbirkorning to‘lovga qobiliyatsizligi alomatlari va uni to‘lovga 
qobiliyatsiz deb topish to‘grisidagi ariza - agar tegishli majburiyatlar va 
(yoki) to‘lov majburiyatlari yuzaga kelgan kundan e’tiboran uch oy ichida 
qarzdor yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan bajarilmasa hamda qarzdor 
yakka tartibdagi tadbirkorga nisbatan talablar bazaviy hisoblash 
miqdorining kamida ikki yuz baravarini tashkil etsa, qarzdor yakka 
tartibdagi tadbirkorning pul majburiyatlari bo‘yicha kreditorlar talablarini 
qanoatlantirish va (yoki) soliqlar hamda yigimlar bo‘yicha o‘z 
majburiyatlarini bajarish imkoniyati yo‘qligi qarzdor yakka tartibdagi 
tadbirkorning to‘lovga qobiliyatsiz ekanligining alomatlari bo‘ladi.
Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorni to‘lovga qobiliyatsiz deb 
toppish to‘grisidagi ariza sudga qarzdor yakka tartibdagi tadbirkor, 
kreditor, shuningdek davlat soliq xizmati organlari va boshqa vakolatli 
organlar tomonidan berilishi mumkin, bundan hayotga yoki sogliqqa 
etkazilgan zararning o‘rnini qoplash, alimentlarni undirish haqidagi 
talablar, shuningdek shaxsiy xususiyatga ega boshqa talablar bildiradigan 
kreditorlar mustasno.
Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorni to‘lovga qobiliyatsiz deb 
topish tartib-taomili amalga oshirilayotganda kreditorlar hayotiga yoki 
sogligiga etkazilgan zararning o‘rnini qoplash, alimentlarni undirish 
to‘grisidagi talablar, shuningdek shaxsiy xususiyatga ega boshqa talablar 
yuzasidan o‘z talablarini taqdim etishga haqli. Mazkur kreditorlarning 
talablari, 
agar 
ular 
to‘lovga 
qobiliyatsizlik 
tartibtaomili 
qo‘llanilayotganda taqdim etilmagan bo‘lsa, qarzdor yakka tartibdagi 
tadbirkorning to‘lovga qobiliyatsizligi to‘grisidagi ishni yuritish 
tamomlanganidan keyin ham o‘z kuchini saqlab qoladi. Qarzlarni to‘lash 
rejasi - qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning to‘lovga qobiliyatsiz deb 
topish haqidagi arizasiga qarzlarni to‘lash rejasi ilova qilinishi mumkin 
bo‘lib, rejaning ko‘chirma nusxasi kreditorlarga va to‘lovga 
qobiliyatsizlik to‘grisidagi ishda ishtirok etayotgan boshqa shaxslarga 
yuboriladi. Kreditorlarning e’tirozlari bo‘lmagan taqdirda, sud qarzlarni 
to‘lash rejasini tasdiqlashi mumkin, bu esa to‘lovga qobiliyatsizlik 


180 
to‘grisidagi ishni yuritishni ko‘pi bilan ikki oy muddatga to‘xtatib turish 
uchun asos bo‘ladi.
Qarzlarni to‘lash rejasi: qarzni to‘lash manbalarini; rejani amalga 
oshirish muddatini; qarzdorga yoki uning oila a’zolariga iste’mol uchun 
har oyda qoldiriladigan summalar miqdorlarini; kreditorlarning talablarini 
qanoatlantirish uchun har oyda yuborish nazarda tutilgan summalar 
miqdorlarini o‘z ichiga olgan bo‘lishi kerak.
Sud to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi ishda ishtirok etayotgan 
shaxslarning asoslantirilgan iltimosnomasiga ko‘ra ushbu moddaning 
ikkinchi qismida ko‘rsatilgan muddatda qarzlarni to‘lash rejasini 
o‘zgartirishga, shu jumladan uni amalga oshirish muddatini, qarzdorga 
yoki uning oila a’zolariga iste’mol uchun har oyda qoldiriladigan 
summalar miqdorlarini ko‘paytirishga yoki kamaytirishga haqli.
Agar qarzdor yakka tartibdagi tadbirkor qarzlarni to‘lash rejasini 
bajarganligi natijasida kreditorlarning talablari to‘liq hajmda 
qanoatlantirilgan bo‘lsa, to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi ishni 
yuritish tugatilishi lozim. Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning tugatish 
massasiga kiritilmaydigan mol-mulklari, qarzdor yakka tartibdagi 
tadbirkorning undiruvni qaratish mumkin bo‘lmagan mol-mulklari 
tugatish massasiga kiritilmaydi.
Sud qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning hamda to‘lovga 
qobiliyatsizlik to‘grisidagi ishda ishtirok etayotgan boshqa shaxslarning 
asoslantirilgan iltimosnomasiga ko‘ra qarzdor yakka tartibdagi 
tadbirkorning undiruvni qaratish mumkin bo‘lmagan nolikvid bo‘lgan 
mol-mulkini 
yoxud 
realizastiya 
qilinishidan 
olingan 
daromad 
kreditorlarning talablarini qanoatlantirishga jiddiy ta’sir etmaydigan mol-
mulkini tugatish massasidan chiqarishga haqli.
Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning ushbu modda ikkinchi 
qismining qoidalariga muvofiq tugatish massasidan chiqariladigan mol-
mulkining umumiy qiymati bazaviy hisoblash miqdorining ellik 
baravaridan ortiq bo‘lmasligi kerak. Bunday mol-mulkning ro‘yxati sud 
tomonidan tasdiqlanib, bu haqda ajrim chiqariladi, ajrim ustidan shikoyat 
berilishi (protest keltirilishi) mumkin. Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkor 
bitimlarining haqiqiy emasligi, qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorni 


181 
to‘lovga qobiliyatsiz deb topish to‘grisidagi ariza sudga berilganidan 
keyin qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning o‘z molmulkini boshqa 
shaxsga o‘tkazish yoki manfaatdor shaxslarga boshqacha usulda berish 
bilan bogliq bitimlari o‘z-o‘zidan haqiqiy bo‘lmaydi.
Kreditorning talabiga ko‘ra sud o‘z-o‘zidan haqiqiy bo‘lmaydigan 
bitim haqiqiy emasligining oqibatlarini qarzdor yakka tartibdagi 
tadbirkorning bitim predmeti bo‘lgan mol-mulkini qarzdor yakka 
tartibdagi tadbirkorning mol-mulki tarkibiga qaytarish tariqasida yoki 
undiruvni manfaatdor shaxslarda turgan tegishli mol-mulkka qaratish 
tariqasida qo‘llaydi.
Sud tomonidan qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning to‘lovga 
qobiliyatsizligi to‘grisidagi ishni ko‘rib chiqish, sud qarzdor yakka 
tartibdagi tadbirkorni to‘lovga qobiliyatsiz deb topish to‘grisidagi arizani 
qabul qilish bilan bir vaqtda uning mol-mulkini xatlaydi, bundan 
qonunchilikka muvofiq undiruvni qaratish mumkin bo‘lmagan mol-mulk 
mustasno. Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning pul majburiyatlari 
bajarilishining asoslangan kafilligi yoki kafolatlangan boshqa ta’minoti 
uchinchi shaxslar tomonidan taqdim etilgan taqdirda, sud mazkur 
qarzdorning iltimosnomasiga ko‘ra uning mol-mulkini (molmulkining bir 
qismini) xatlovdan chiqarishi mumkin. Sud qarzdor yakka tartibdagi 
tadbirkor kreditorlar bilan hisob-kitob qilishi yoki kelishuv bitimiga 
erishilishi uchun to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi ishni ko‘rib 
chiqishni qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning arizasiga ko‘ra ko‘pi 
bilan bir oyga kechiktirishi mumkin.
Yakka tartibdagi tadbirkor bo‘lgan fuqaroga nisbatan meros 
ochilganligi to‘grisida ma’lumotlar mavjud bo‘lgan taqdirda, sud yakka 
tartibdagi tadbirkorning to‘lovga qobiliyatsizligi to‘grisidagi ishni 
yuritishni meros taqdiri haqidagi masala hal etilguniga qadar to‘xtatib 
turishga haqli. Agar qarzdor yakka tartibdagi tadbirkor ushbu moddaning 
ikkinchi qismida belgilangan muddatda kreditorlarning talablari 
qanoatlantirilganligi dalillarini taqdim etmagan va belgilangan muddatda 
kelishuv bitimi tuzilmagan bo‘lsa, sud qarzdor yakka tartibdagi 
tadbirkorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash 
haqida qaror qabul qiladi.


182 
Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorni bankrot deb topish oqibatlari, 
sud tomonidan qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorni bankrot deb topish va 
tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘grisidagi qaror qabul qilingan 
paytdan e’tiboran: qarzdorning pul majburiyatlarini bajarish muddatlari 
boshlangan deb hisoblanadi;
qarzdorning barcha majburiyatlari bo‘yicha neustoykalar (jarima, 
penya), foizlar hisoblash va boshqa iqtisodiy (moliyaviy) sankstiyalar 
bekor qilinadi;
qarzdordan barcha ijro hujjatlari bo‘yicha undiruv bekor qilinadi, 
bundan alimentlar undirish haqidagi talablarga oid, shuningdek hayotiga 
yoki sogligiga etkazilgan zararning o‘rnini qoplash to‘grisidagi talablarga 
oid ijro hujjatlari mustasno.
Sud qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorni bankrot deb topish va 
tugatishga doir ish yuritishni boshlash haqidagi qarorni barcha ma’lum 
bo‘lgan kreditorlarga kreditorlar tomonidan talablar taqdim etiladigan 
muddatni ko‘rsatgan holda yuboradi, bu muddat bir oydan oshmasligi 
kerak. Sudning ushbu qarorini yuborish qarzdor yakka tartibdagi 
tadbirkor hisobidan amalga oshiriladi.
Sud tomonidan qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorni bankrot deb 
topish to‘grisidagi qaror qabul qilingan paytdan e’tiboran ushbu 
tadbirkorning yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan 
o‘tganligi o‘z kuchini yo‘qotadi, shuningdek faoliyatning ayrim turlarini 
amalga oshirish uchun unga berilgan listenziyalarning amal qilishi 
tugatiladi.
Sud qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorni to‘lovga qobiliyatsiz deb 
topish haqidagi qarorning ko‘chirma nusxasini ushbu shaxsni yakka 
tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatga olgan organga va listenziyalovchi 
organga yuboradi.
Ushbu moddaning uchinchi va to‘rtinchi qismlarida nazarda tutilgan 
qoidalar yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan qarzdor jismoniy 
shaxsni bankrot deb topish chogida qo‘llanilmaydi. Sudning bankrot deb 
topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘grisidagi qarorini 
bajarish, sudning qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorni bankrot deb topish 
va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘grisidagi qarori hamda 


183 
undiruvni qarzdorning mol-mulkiga qaratish haqidagi ijro varaqasi 
qarzdorning mol-mulki sotilishini amalga oshirish uchun davlat 
ijrochisiga yuboriladi.
Ushbu Qonunga muvofiq tugatish massasiga kiritilmaydigan mol-
mulkdan tashqari quyidagilar sotilishi lozim: qarzdor yakka tartibdagi 
tadbirkorning barcha mol-mulki; yakka tartibdagi tadbirkor maqomini 
yo‘qotgan qarzdor jismoniyshaxsning o‘zining avvalgi tadbirkorlik 
faoliyati natijasida olingan mol-mulki.
Bunda jismoniy shaxs mol-mulkining uning avvalgi tadbirkorlik 
faoliyatida olingan mol-mulk jumlasiga taalluqliligi yoki avvalgi 
tadbirkorlik faoliyati bilan bogliq emasligi sud tomonidan belgilanadi. 
Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning ko‘chmas mulkini yoki qimmatli 
ko‘char mol-mulkini doimiy boshqarish zarur bo‘lganda sud mazkur 
maqsadlar uchun tugatish boshqaruvchisini tayinlaydi va unga 
to‘lanadigan haq miqdorini belgilaydi. Bu holda qarzdor yakka tartibdagi 
tadbirkorning mol-mulki tugatish boshqaruvchisi tomonidan sotiladi. 
Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning bank hisobvaragidagi va bank 
plastik kartalaridagi pul mablaglarining qoldigi, mol-mulkni sotishdan 
tushgan pul mablaglari, shuningdek naqd pul mablaglari qarzdor yakka 
tartibdagi tadbirkorni bankrot deb topish to‘grisida qaror qabul qilgan 
sudning depozit hisobvaragiga kiritiladi. Kreditorlarning talablarini 
ko‘rib chiqish - sud kreditorlar tomonidan bildirilgan talablarni ushbu 
Qonun 233-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan muddatda 
ko‘rib chiqadi. Ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra sud kreditorlarning 
talablarini qanoatlantirish tartibi va miqdori haqida ajrim chiqaradi.
Kreditorlarning talablarini qanoatlantirish tartibi - kreditorlarning 
talablarini qanoatlantirishdan oldin sudning depozit hisobvaragiga 
kiritilgan pul mablaglari hisobidan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi 
ishni ko‘rib chiqish va sudning qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorni 
to‘lovga qobiliyatsiz deb topish haqidagi qarorini bajarish bilan bogliq 
xarajatlarning o‘rni qoplanadi, fuqarolarning hayotiga yoki sogligiga 
etkazilgan zararlarni qoplash haqidagi talablari qonunchilikka muvofiq 
qanoatlantiriladi.


184 
Kreditorlarning talablari quyidagi navbatda qanoatlantiriladi: 
birinchi navbatda — alimentlar undirish haqidagi talablar, shuningdek, 
mehnatga haq to‘lashga oid va mualliflik shartnomalari bo‘yicha haq 
to‘lashga oid hisob-kitoblarni nazarda tutadigan talablar; ikkinchi 
navbatda soliqlar va yigimlar bo‘yicha talablar, kreditorlarning garov 
bilan ta’minlangan talablarining garovga qo‘yilgan molmulkni (garov 
narsasini) sotishdan tushgan summa etarli bo‘lmaganligi oqibatida 
qoplanmay qolgan qarzga oid qismi va kreditorlarning garov bilan 
ta’minlanmagan talablari; uchinchi navbatda — boshqa kreditorlar bilan 
hisob-kitoblar amalga oshiriladi. Har bir navbat talablari oldingi 
navbatdagi talablarto‘liq qanoatlantirilganidan keyin qanoatlantiriladi. 
Agar sudning depozit hisobvaragida mablaglar etarli bo‘lmasa, bu 
mablaglar tegishli navbatdagi kreditorlar o‘rtasida ular talablarining 
summasiga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorni majburiyatlardan ozod etish, 
qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorni tugatishga doir
ish yuritish tartib-
taomili tamomlanganda qarzdor to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi ishni 
yuritish jarayonida kreditorlarning talablarini kelgusida bajarishdan ozod 
etiladi, bundan quyidagilar mustasno: kreditorlarning hayotiga yoki 
sogligiga etkazilgan zararning o‘rnini qoplash to‘grisidagi talablari; 
alimentlarni undirish haqidagi talablar, shuningdek shaxsiy xususiyatga 
ega boshqa talablar; sudning qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorni bankrot 
deb topish to‘grisidagi qarorini ijro etish tartibida qanoatlantirilmagan 
yoki qisman qanoatlantirilgan talablar; qarzdor yakka tartibdagi 
tadbirkorni bankrot deb topish tartib-taomili amalga oshirilganda 
bildirilmagan talablar; qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning to‘lovga 
qobiliyatsizligi to‘grisidagi ishni yuritish jarayonida bildirilmagan boshqa 
talablar. Bajarilishdan ozod etilmagan talablar o‘z kuchini saqlab qoladi 
va qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning to‘lovga 
qobiliyatsizligi 
tartib-taomili amomlanganidan keyin tegishincha to‘liq hajmda yoki 
ularning qanoatlantirilmagan qismi hajmida taqdim etilishi mumkin.

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin